New – yangi model yaratish;
Open – modelni fayldam yuklash;
Save – modelni faylga saqlash;
Print – modelni printerdan chop qilish;
Activity Wizard – modelni soddalashtirish bo’yicha ko’rsatma yaratish;
Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash;
Paste – buferdagi ma’lumotni model oynasiga qo’yish;
Undo – modelga kiritilgan oxirgi o’zgartirishni bekor qilish;
Redo – Undo yordamida bekor qilingan o’zgartirishni tiklash;
Zoom In – tasvirni kattalashtirish;
Zoom Reset – tasvirning boshlang’ich o’lchamini tiklash;
Zoom Out – tasvirni kichraytirish;
Drawing Palette – modelning chizilgan elementlariga rang berish;
Custom Devices Dialog – qurilma modelining foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi dasdturni chaqirish;
Yuqori uskunalar panelining ikkinchi qatoridan quyidagi qurilmalar joy
olgan:
Logical/Physical – ishchi maydon rejimini o’zgartirish;
Tarmoq topologiyasini yaratish;
Oxirgi bog’lamalarni qo’shish;
Oxirgi bog’lamalarni tarmoq qurilmalari bilan bog’lash;
Boglamalarda IP-adreslar va tarmoq maskasini sozlash;
Real vaqt rejimida tarmoq ishini tekshirish.
Cisco Packet Tracer dsaturini ishga tushiramiz. Dastur ishga tushgandan so’ng simulyatorning bosh oynasi ochiladi (3.1-rasm).
Tarmoq topologiyasini yaratish.
Yangi tarmoqning topologiyasini yaratamiz, kerakli qurilmani va bog’lanishni tanlaymiz.
qurilmalaridan foydalanamiz: konsentrator (hub), kommutator (switch), oxirgi qurilma (kompyuterlar).
Network Component Box tarmoq qurish mumkin bo’lgan barcha taqdim etilgan qurilmalardan tashkil topgan (3.2-rasm).
3.2-rasm. Qurilmalar va bog’lanishlar turlari.
Topologiyani qurish, bog’lamalarni qo’shish.
Tanlangan oxirgi qurilmaga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish (3.3-rasm).
3.3-rasm. Oxirgi qurilmalar turlari.
Tanlangan oxirgi qurilmaga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosish, bizning ishimiz uchun bu PC (3.4-rasm).
3.4-rasm. Oxirgi qurilmani tanlash.
Kursorni simulyatorning ishchi oynasi bo’ylab siljiting. Kursor “+” belgisi ko’rinishida bo’lishi shart. Shichqonchani ishchi maydonning istalgan joyiga bosing va siz tomondan tanlangan qurilma nusxalanadi. Ushbu protsedurani 3 marta bajaring va ishchi maydonda 4 ta PC bo’ladi (3.5-rasm).
3.5-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Bog’lamalarga konsentrator va kommutatorni ulash.
Konsentratorlar (Hubs) guruhini tanlang, bu guruhdan birinchi modelni tanlang (Hub-PT). konsentratorni PC0 va PC1 orasiga joylashtiring (3.6-rasm).
Konsentrator vazifasi yetarlicha oddiy: u bir portiga qabul qilgan paketni boshqa barcha portlarida takrorlaydi.
3.6-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Dastlab ulanish turini tanlagan holda, PC0 ni Hub0 bilan ulaymiz. Ushbu holat uchun to’g’ri ulanishli mis o’rama juft kabeli to’g’ri keladi (3.7-rasm).
3.7-rasm. To’g’ri ulanishli bog’lanishni tanlash.
PC0ni Hub bilan ulash uchun quyidagi amallarni bajaring (3.8-rasm):
PC0 ustiga sichqoncha bilan bir marta bosing;
FastEthernet interfoesini tanlang;
Kursorni Hub0 ustiga ko’chiring;
Hub0 ustiga bir marta bosing va potr 0 ni tanlang;
Ikki qurilma bog’lanishidagi yashil indikatorga e’tiboringizni qarating, bu har ikkala qurilma ish haolatiga tayyor ekanligini bildiradi.
3.8-rasm. PC0 ni Hub0 ga ulash.
Yuqoridagi harakatlarni PC1 va Hub0 ni ulash uchun konsentratordan port 1 ni tanlagan holda takrorlang (3.9-rasm). Amalda port raqami ahamiyatga emas, ammo portlarni ketma-ket egallash qulay hisoblanadi.
3.9-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Endi ishchi maydonga kommutatorni joylashtiramiz, masalan, 2950-24 modelini (3.10-rasm). 2950 seriyasidagi kommutatorlar oilasi tavsifini Cisco Systems kompaniyasi saytidan topish mumkin. [1].
Kommutatorlar – bu OSI modelining kanal sathida ishlaydigan va bir nechta bog’lamalarni yoki tarmoqning bir nechta segmentlarini bittaga birlashtiruvchi qurilmadir. Kommutator konsentratordan farqli ravishda paketni ichki jadval – kommutatsiya jadvali asosida trafikni u borishi mo’ljallangan portga yuboradi, paketni barcha portlarida takrorlamaydi.
3.10-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
PC2 ni Switch0 bilan to’g’ri ulanishli mis o’rama juft kabelini tanlagan holda ulaymiz.
Ulash uchun quyidagi amallarni bajaring (3.11-rasm):
PC2 ustiga sichqoncha bilan bir marta bosing;
FastEthernet interfoesini tanlang;
Kursorni Switch0 ustiga ko’chiring;
Switch0 ustiga bir marta bosing va FastEthernet0/1 ni tanlang;
Diqqat qiling, tarmoq to’g’ri ishlashi uchun har ikkala tarmoq qurilmalari tayyor bo’lishi shart, buni yashil indikatorlar bildirb turadi. Konsentratordan farqli ravishda kommutator bilan bog’lanish bir qancha vaqt olishi mumkin.
3.11-rasm. PC2 ni Switch0 bilan ulash.
PC3 ni Switch0 bilan ulash uchun yuqorida tavsiflangan amallarni kommutatordan FastEthernet0/2 portini tanlagan holda takrorlang (3.12-rasm).
Agar kursorni yashil indikator ustiga o’tkazsak, biz ushbu ulasnish qaysi portda amalga oshirilayotganligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi (3.13-rasm).
3.13-rasm. Ishchi maydon ko’rinishi.
Xostlarda IP-adres va tarmoq osti maskalarini sozlash.
Xostlar orasida xabarlar almashishimiz uchun, dastlab qurilmalarda IP- adreslar va tarmoq osti maskasini sozlashimiz lozim bo’ladi.
PC0 ga sichqoncha yordamida bir marta bosing. Oxirgi bog’lama xususiyatlari oynasining Physical bo’limi ochiladi (3.14-rasm).
3.14-rasm. Oxirgi qurilma (kompyuter)ning Physical bo’limi.
|