• «Qalmoqqir» va «Yoshlik-1» oltin-mis konlari birlashtiriladi
  • «Yoshlik I» konida ikkita karyer tashkil etildi




    Download 4,35 Mb.
    bet4/5
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,35 Mb.
    #228774
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    хисобот

    «Yoshlik I» konida ikkita karyer tashkil etildi

    Yoshlik I» konini o‘zlashtirish» investitsion loyihasini amalga oshirish uchun yangi kon transport uskunalarining kelishi, shuningdek, «Yoshlik I» konida kon kapital qazib olish, kon ochish ishlari hajmining oshishi munosabati bilan hamda kon ishlarini sifatli boshqarishni ta'minlash uchun konda ikkita kar'er tashkil etildi.
    «Shimoliy-g‘arbiy Baliqti» va «Barakali» kar'erlari «Olmaliq KMK» AJning boshqaruv raisi A. Xursanovning 2021-yil 13-avgustdagi 001020-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etildi.
    Hozirda «Yoshlik I» konining 830-595 gorizontlarida kapital qazib olish va ustki qatlamni ochish ishlari olib borilib, konni o‘zlashtirish boshlangandan buyon 106,7 mln. m kubdan ortiq tashish ishlari bajarildi.
    Kon amalga oshirilayotgan ishlarga 2 dona EKG-10, 15 dona EKG-15M, 6 dona EKG-20 va 1 dona EKG-20KM 25 m3li ekskavatorlar, burg‘ulash ishlarini olib borish uchun 18 dona SBSh-250 burg‘ulash uskunalari, tog‘ jinslarini tashish uchun 29 dona BelAZ 75307 va 54 dona BelAZ 75131 rusumli avtosamosvallari jalb etilgan.

    «Qalmoqqir» va «Yoshlik-1» oltin-mis konlari birlashtiriladi



    2020-yilda Qalmoqqir konidan rejalashtirilgan deyarli 29 million metr kub tog‘ jinslari qazib olingan bo‘lsa, 2021-yilga kelib ushbu reja ko‘rsatkichi 30 million metr kub qilib belgilangandi. «Yoshlik-1» konini o‘zlashtirish ishlari ham jadallik bilan olib borilmoqda.
    Xabaringiz bor bu ikki konni birlashtirib dunyodagi eng katta ochiq konga aylantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi. Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, ushbu birlashtirish loyihasi 2028 yilgacha ko‘zda tutilgan.
    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunda Olmaliq loyihasi («Qalmoqqir» va «Yoshlik-1») dunyoda oltin miqdori bo‘yicha 1-o‘rin, ruda tarkibidagi oltin bo‘yicha 2-o‘rin, ruda hajmi bo‘yicha 3-o‘rin (19,5mlrd tonna) ma’dandagi mis miqdori bo‘yicha 6-o‘rinni egallamoqda.

    Download 4,35 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 4,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Yoshlik I» konida ikkita karyer tashkil etildi

    Download 4,35 Mb.