T/r
|
Chora-tadbirlar nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Bajarish muddati
|
Mas’ullar
|
1.
|
Talabalar o‘rtasida “Yil talabasi” tanlovini joriy etish va uning har yili o‘tkazib borilishini yo‘lga qo‘yish.
|
1. “Yil talabasi” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.
2. “Yil talabasi” tanlovining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
3. Tanlovni oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazib borish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr
har yili
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
|
2.
|
Sog‘lom oila qurish, sog‘lom farzandni dunyoga keltirish, sog‘lom turmush tarzini yuritish (to‘g‘ri ovqatlanish, gigiyena, tibbiy madaniyat, sport bilan shug‘ullanish va boshqalar) asoslarini talaba va o‘quvchi qizlar o‘rtasida manzilli targ‘ib etish maqsadida yakka tartibda tushuntirish ishlari, ochiq muloqot, sayyor qabul va davra suhbatlarini tashkil etish.
|
1. Tadbirlarni o‘tkazib borish bo‘yicha ishchi guruhni tuzish.
2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar rejasini ishlab chiqish.
3. Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr
muntazam
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Kasb-hunar ta’limi markazi,
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro jamoat fondi
|
3.
|
Talaba va o‘quvchi qizlarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirkor, hunarmand ayollar ishtirokida o‘quv-treninglar tashkil etish.
|
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish.
2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘quv-treninglar rejasini ishlab chiqish.
3. O‘quv-treninglarni yuqori saviyada o‘tkazish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr
muntazam
|
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank
|
4.
|
Talaba va o‘quvchi qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish hamda ularning boqimandalik kayfiyatiga berilishining oldini olishga qaratilgan ko‘rsatuv va eshittirishlarni tashkil etish.
|
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.
2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rsatuvlar media-rejasini ishlab chiqish.
3. Ko‘rsatuvlarni yuqori saviyada tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
muntazam
|
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,
“Nuroniy” jamg‘armasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
|
5.
|
“Buyuklarni tarbiyalagan onajonlar” ruknida atoqli olimlar, taniqli arboblarning oilasi, avvalo, ularni tarbiyalagan onalar haqida turkum maqolalar va ko‘rsatuvlar tashkil etish. “Farzandlar tarbiyasida kitobning o‘rni” mavzusiga oid maqolalarni muntazam ravishda tayyorlash va chop etib borish.
|
1. Hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzish.
2. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ish rejasini ishlab chiqish.
3. Maqolalarni tayyorlash va chop etib borish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
muntazam
|
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi
|
6.
|
Talabalarning ijtimoiy-psixologik holatini yanada yaxshilash maqsadida har bir oliy ta’lim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etib, ta’lim muassasasi rahbariga mazkur guruh a’zolarini har oyda belgilangan tartib asosida moddiy rag‘batlantirib borish vakolatini berish.
|
1. Belgilangan tartibda har bir oliy ta’lim muassasasida mutaxassislardan iborat Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhini tashkil etish.
2. Sotsiologik va pedagogik-psixologik xizmat guruhi faoliyatini monitoring qilib borish.
|
2018-yil
sentyabr
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
7.
|
Talaba va o‘quvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish, ularga bo‘lgan yuksak e’tibor sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida davra suhbatlarini tashkil etish.
|
1. Talaba va o‘quvchi qizlarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadigan ijodiy guruh tuzish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmonining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlash.
3. Reja-jadval asosida tadbirlarni tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
noyabr
muntazam
|
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
|
8.
|
Talabalar turar joylarida ta’lim muassasasining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarga ega bo‘lgan hunarmandchilik va ilm-fanga doir to‘garaklar hamda o‘quv kurslari tashkil etish.
|
1. Har bir talabalar turar joyidagi to‘garak yoki o‘quv kursi uchun mos bo‘lgan joylarni aniqlab, ro‘yxatini shakllantirish.
2. Talabalar turar joylarida hunarmandchilik va ilm-fanga doir to‘garaklar hamda o‘quv kurslarini tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
noyabr
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
9.
|
Ta’lim muassasalarida “Prezident asarlari bilimdoni”, “Tafakkur sinovlari”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Yosh kitobxonlar”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” kabi respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ularni oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.
|
1. Oliy ta’lim muassasalarining yillik xarajatlar smetasiga o‘tkazilayotgan tanlovlar hamda sport musobaqalarini oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bandini kiritish.
2. Tanlovlar hamda sport musobaqalarining har bir oliy ta’lim muassasasida yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash.
3. O‘tkazilgan tadbirlar natijasini monitoring qilish.
|
har yili
alohida reja asosida
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
|
10.
|
Ta’lim muassasalari o‘rtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish, musobaqalar o‘tkaziladigan sport turlarini kengaytirish, ta’lim muassasalari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazib borilishini yo‘lga qo‘yish.
|
1. Ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan sport musobaqalari turlarini qayta ko‘rib chiqish.
2. Ta’lim muassasalari o‘rtasida respublika miqyosida tashkil etilayotgan sport musobaqalari sonini yanada oshirish va musobaqa o‘tkaziladigan sport turlarini kengaytirish choralarini belgilash.
3. Ta’lim muassasalari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari rejasini ishlab chiqish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
11.
|
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridagi to‘garaklarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish va barcha to‘garaklarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida to‘garak rahbarlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish.
|
1. To‘garak rahbarlariga ish haqi miqdorining 25 foizigacha bo‘lgan miqdorda ustama haq belgilash bo‘yicha namunaviy tartib ishlab chiqish.
2. Talaba va o‘quvchilarni o‘z qiziqishidan kelib chiqqan holda to‘garaklarga keng qamrab olinishini ta’minlash.
3. Talabalar tomonidan to‘garaklar davomida yaratilgan mahsulotlar realizatsiyasini va ko‘rgazmalarini yo‘lga qo‘yish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
12.
|
Talabalar turar joyidagi tarbiyachi-pedagoglarning pedagogik mahorati va yoshlar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar bo‘yicha malakasini oshirish choralarini ko‘rish hamda ular uchun sayyor seminar-treninglar o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish.
|
1. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish yuzasidan taklif ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.
2. Tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish va ular uchun seminar-treninglar o‘tkazib borish bo‘yicha taklif ishlab chiqish.
3. Ishlab chiqilgan taklif asosida tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish mexanizmini joriy qilish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
2018-yil
noyabr
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi,
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
13.
|
Talabalarda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida guruhlar, fakultetlar va ta’lim muassasalararo (onlayn, videokonferensiya tarzida) adabiy uchrashuvlar, she’riyat kechalari, adabiy o‘qishlar, navoiyxonlik, boburxonlik kabi tadbirlarni tashkil etish.
|
1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish.
2. Tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etib borish.
3. O‘tkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish.
|
2018-yil
sentyabr
reja asosida
har chorakda
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
14.
|
Har bir ta’lim muassasasida notiqlik mahoratiga ega bo‘lgan talaba (yoki o‘quvchi)lardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar klubi”ni hamda “IQ-SNOU” nomli teletanlovni tashkil etish.
|
1. Klubning namunaviy nizomini ishlab chiqish.
2. Klublarning ta’lim muassasalararo safarlarini uyushtirish.
|
2018-yil
sentyabr
reja asosida
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
15.
|
Talaba va o‘quvchilarni yangi axborotlar bilan muntazam ta’minlab borish maqsadida talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan xona va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish.
|
1. Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan xona va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) xonaga ega bo‘lmagan talabalar turar joylari ro‘yxatini shakllantirish.
2. Talabalar turar joylaridagi Axborot-resurs markazida mavjud kitoblar bilan ta’minlangan xona va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan (ma’lumotlar bazasiga ulangan) xonani tashkil etish.
3. Xonalardan foydalanish bo‘yicha doimiy nazorat olib borish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
16.
|
Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida tizimli ravishda diniy ulamolar bilan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish.
|
1. Tadbirlarning manzilli rejasini ishlab chiqish.
2. Tadbirlarni o‘z vaqtida tashkil etib borish.
3. O‘tkazilayotgan tadbirlarning monitoringini yuritish.
|
2018-yil
sentyabr
reja asosida
muntazam
|
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Din ishlari qo‘mitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
17.
|
Mutaxassislarni jalb etgan holda, talaba (o‘quvchi)lar o‘rtasida badiiy jamoalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi hamda yaqin hududlardagi mahallalarda badiiy-ijodiy chiqishlarini tashkil etib borish.
|
1. Badiiy jamoalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
2. Badiiy jamoalarning badiiy-ijodiy chiqishi bo‘yicha manzilli reja ishlab chiqish.
3. O‘tkazilayotgan badiiy-ijodiy chiqishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
2018-yil davomida
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar
|
18.
|
Talaba va o‘quvchilar ishtirokida respublika ommaviy axborot vositalarida talabalar va o‘quvchilarning chiqishlari bo‘yicha tanlovlar e’lon qilish.
|
1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish.
2. Tanlovlar dasturini ishlab chiqish.
3. O‘tkazilayotgan tanlovlarning monitoringini yuritish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
2018-yil davomida
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirlik va idoralar
|
19.
|
Talabalarning ma’naviyat, tarix, san’at sohasida hamda milliy qadriyatlar va an’analar, madaniy merosimiz to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish, ularni tarixiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash choralarini yanada kuchaytirish hamda natijadorligini ta’minlash.
|
1. Mazkur masala bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
2. Dastur asosida tadbirlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.
3. “Vatanim — mening baxtim” shiori ostida boy tarixiy-ma’naviy merosimiz, urf-odat va an’analarimizni targ‘ib etish.
|
2018-yil
noyabr
reja asosida
2018/2019 o‘quv yili davomida
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, oliy ta’lim muassasalari rektorlari
|
20.
|
“O‘quv dargohimizni yuksak ma’naviyat va ma’rifat maskaniga aylantiramiz” mavzusida ijtimoiy aksiyalar tashkil etish.
|
1. Ijtimoiy aksiyalar o‘tkazishning namunaviy dasturini ishlab chiqish.
2. Har bir ta’lim muassasasida dastur asosida ijtimoiy aksiyalar o‘tkazish.
3. Ijtimoiy aksiyalar yakuni bo‘yicha respublika forumini o‘tkazish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr — noyabr
2018-yil
noyabr
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
21.
|
Oliy ta’lim muassasalarining Talabalar teatr studiyasi va “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalarining hududdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘ylab maxsus reja-jadval asosidagi ijodiy safarlarini tashkil etish.
|
1. Ijodiy safarlarning reja-jadvalini ishlab chiqish.
2. Har bir ta’lim muassasasida reja-jadval asosida ijodiy safarlar uyushtirish.
3. O‘tkazilayotgan ijodiy safarlar monitoringini olib borish.
|
2018-yil
sentyabr
reja-jadval asosida
muntazam
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
|
22.
|
Talaba va o‘quvchi qizlar o‘rtasida “Qiz bola — bo‘lg‘usi oila bekasi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish.
|
1. Mazkur masala bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
2. Dastur asosida mutaxassis targ‘ibotchilar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Har bir ta’lim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
2018-yil
sentyabr — dekabr
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
23.
|
“Talaba yoshlar ma’naviy-axloqiy ongini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish.
|
1. Konferensiyani o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhni tashkil etish.
2. Konferensiyani e’lon qilish va uning axborot xatini tarqatish.
3. Konferensiya maqolalarini yig‘ib olish.
4. Konferensiyani o‘tkazish.
5. Konferensiya materiallari asosida xulosa takliflari tayyorlash.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
2018-yil
sentyabr — oktyabr
2018-yil
noyabr
2018-yil
noyabr
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
tasarrufida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va m�’rifat markazi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
24.
|
Talabalar va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir ishlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun e’lon qilingan grant tanlovlari natijasiga ko‘ra ilmiy grantlar ajratish choralarini ko‘rish.
|
1. Ilmiy grantlar mavzularini aniqlash bo‘yicha ekspert komissiyasini tuzish.
2. Ilmiy grantlar mavzularini e’lon qilish.
3. Grantlarda e’lon qilingan mavzular bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish choralarini ko‘rish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
oktyabr
belgilangan muddatlarda
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
25.
|
Taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-o‘qituvchilarning onlayn tarzdagi videodarslarini tashkil etish tizimini joriy qilish.
|
1. Mazkur masala bo‘yicha reja-jadval ishlab chiqish.
2. Reja-jadval asosida akademik va professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirish va dars jadvalini ishlab chiqish.
3. Har bir yo‘nalish bo‘yicha akademik va professor-o‘qituvchilarning onlayn videodarslarini o‘tkazib borish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar
|
26.
|
Ta’lim muassasalarida “Oila — ma’naviyat qo‘rg‘oni”, “Shukronalik — ulug‘ ne’mat”, “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” mavzularida mutaxassislar ishtirokidagi uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.
|
1. Mazkur masala bo‘yicha dastur ishlab chiqish.
2. Dastur asosida mutaxassis targ‘ibotchilar ro‘yxatini shakllantirish.
3. Har bir ta’lim muassasasida uchrashuv, davra suhbati va seminar-treninglar tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr
2018-yil
avgust — dekabr
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi
|
27
|
Talabalar va o‘quvchilarda shukronalik hissini yanada kuchaytirishga qaratilgan “Ezgu ishlarga daxldorlik — ulug‘ fazilat”, “Loqaydlik — jamiyat kushandasi” mavzusida ilmiy-ijodiy tanlovlar tashkil etish.
|
1. Tanlovlar nizomini ishlab chiqish.
2. Nizom asosida tanlovlarni yuqori saviyada tashkil etish.
|
2018-yil
sentyabr
2018-yil
sentyabr — dekabr
|
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi
|