|
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
|
bet | 46/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiCho'l qushlari. Ochiq dasht va cho'llarda pana joy topish qiyin. Bu joylarda yashaydigan qushlar yerdan oziq qidiradi; yerga tuxum qo'yib, bola ochadi. Cho'l qushlarining oyoqlari va bo'yni uzun va baquvvat, patlari yer rangida bo'iadi. Bu hoi ularga dushmanlaridan oson qochib qutilishiga va ularni uzoqdan payqashga yordam beradi. Cho'l qushlari kulrang tusda, oyoqlari va bo'ym uzun hamda baquvvat bo'iadi, oziqni tuproq yuzasidan topishga moslashgan. Ular dushmanlarini uzoqdan payqaydi. Cho'llarda tuvaloqlar va tuyaqushlar ko'proq uchraydi. Cho'l qushlari tuxumlarini tuproqdagi chuqurlarga qo'yadi
Tuvaloqlar turkumi. Tuvaloqlar - yirik, tez yuguradigan qushlar, O'zbekistonda uchraydi-gan yo'rg'a tuvaloqning patlari yer rangida bo'lganidan uzoqdan ko'zga tashlanmaydi. U yovvoyi o'simliklar bargi. novdasi, urug'-lari, yer osti tuganaklari, har xil hasharotlar, kaltakesaklar va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi; juft bo'lib yashaydi. Urg'ochisi tuproq ustidagi chuqurchaga bir nechta tuxum qo'yib bosib yotadi. Yo'rg'a tuvaloq (rasm) noyob qush sifatida O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Tuyaqushsimonlar turkumi. Tuyaqushlar - engyirik qushlar bo'lib, qanotlari uchishga moslashmagan; patlari yelpig'ich hosil qilmaydi; toj suyagi ham bo'lmaydi. Shuning uchun ular uchmaydi, ammo kuchli va uzun oyoqlari yordamida tez yuguradi. Oyoqlari ikki barmoqli. Tovoni qalin teri bilan qoplanganidan issiq qumda ham oyoqlari qizib ketmaydi. Tuyaqushlar yovvoyi o'simliklar urug'i, yirik hasharotlar bilan oziqlanadi. Afrika tuyaqushining bo'yi 3 m ga, vazni 100 kg ga boradi. U soatiga 60-70 km tezlikda yugura oladi. Tuyaqushlar Afrika dashtlarida kichik gala bo'lib yashaydi. Erkak tuyaqush tumshug'i bilan yerni kovlab uya yasaydi. Urg'ochisi uyaga 4-9 ta tuxum qo'yadi. Tuxumlarining vazni 1,5 kg ga yetadi. Tuxumlarni kunduzi urg'ochisi, kechasi erkagi bosib yotadi. Urg'ochisining patlari qo'ng'ir-kulrang tusda bo'lganidan cho'l manzarasida uzoqdan ko'zga tashlanmaydi. Erkak tuyaqushning patlari qora bo'lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlar bor. Tuyaqushlardan Afrikada Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada nandu, Avstraliyada emu tarqalgan. Tuyaqushlar go'shti va tuxumi uchun maxsus fermalarda ko'paytiriladi.
|
| |