• Joja ochadigan va jish bolaochadigan qushlar.
  • Nasliga gamxorlik qilish.
  • Qushlarning kelib chiqishi
  • Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi




    Download 1,32 Mb.
    bet43/76
    Sana21.06.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #264992
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
    Bog'liq
    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Tuxumning tuzilishi. Qushlarning tuxumi yirik bo'iadi tuxum markazida suyuq sariqlik bor, sariqlikni suyuq oqsil o'rab turadi Sariqlik ikkitomondagi kanopcha yordamida tuxum po'chog'iga osilib turadi. Murtak sariqlik sirtida joylashgan. Qush tuxum bosib yotganida tuxumlari bir me'yorda isishi uchun ularni oyog'i bilan dam-badam aylantirib turadi. Tuxum aylanganida sariqlik ham aylanganidan, murtak doimo sariqlik ustida, ya'ni qush tanasi yaqinida turadi.
    Jo'ja ochadigan va jish bolaochadigan qushlar. Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g"oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko'zi ochiq bo'iadi;jo'jalar ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ularjo'ja ochadigan qushlar deyiladi.
    Kaptar. qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining ko'zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalong'och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo'iadi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi.
    Nasliga g'amxo'rlik qilish. Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum bosish, jo'jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug'ilganida dushmaniga tashlanib, jo'jalarinj himoya qiladi'. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug'urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'ochisi xavf tug'ilganida tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi; jo'jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo'rg'a tuvaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo'ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo'jalarini chaqirib oladi
    Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush - arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jag'lari. tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo'lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o'xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga qaragan bo'lishi uning daraxtda yashaganligini ko'rsatadi. Lekin arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo'lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o'xshash toj suyagi rivojlangan. Qushlarning ko'payishi juft hosil qilish, uya qurish, tuxum bosish, bola ochish va bola boqish davrlarini o'z ichiga oladi. Qushlar yirik va qalin po'choqli tuxum qo'yadi. Tuxumni ko'pincha urg'ochisi, ba'zan urg'ochisi va erkagi navbatlashib bosadi. Tuxumdan chiqqan jo'jalarining tuzilishiga binoan qushlar jo'ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlarga bo'linadi. Jish bola ochadigan qushlar murakkab uya quradi. bolalarini boqadi.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




    Download 1,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi

    Download 1,32 Mb.