|
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
|
bet | 39/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi11-Mavzu: Hayvonot olam
Bir hujayralilarning kelib chiqishi. Dastlabki tirik organizmlar bundan 3 - 3,5 mlrd yil oldin dengizlarda paydo bo'lgan. Ular eng sodda tuzilgan hujayrasiz organizmlar bo'lib. dengiz suvida erigan organik moddalarni tana yuzasi orqali shimib oziqlangan. Asta-sekin murakkablashib borishi natijasida ular sodda tuzilgan bir hujayrali organizmlarga aylangan. Keyinchalik ulardan ayrimlari tanasida yashil pigmentning paydo bo'lishi bilan barcha tirik organizmlar hayvonot va o'simliklar dunyosiga ajralgan. Shu yo'l bilan eng qadimgi bir hujayralilardan hozirgi bir hujayralilar kelib chiqqan.
Tuban ko'p hujayralilarning kelib chiqishi. Barcha ko'p hujayralilarning rivojlanishi bitta urug'langan tuxum hujayradan boshlanadi. Bu hoi ko'p hujayralilarning bir hujayralilar bilan qarindosh ekanligini ko'rsatadi. Dastlabki ko'p hujayralilar volvoksga o'xshash bo'lgan; lekin tayyor oziq bilan oziqlanadigan koloniya bo'lib yashovchi hayvonlardan kelib chiqqan. Dastlabki ko'p hujayralilar tanasi ikki qavat hujayralardan iborat bo'lgan. Keyinchalik hujayralar hat xil vazifalami bajarishga moslasha borishi bilan ularning tuzilishida ham farq paydo bo'lgan. Tashqi qavat hujayralari harakatlanish va oziqni ushlashga, ichki qavat esa oziqni hazm qilishga ixtisoslashgan. Ana shu yo'l bilan bo'shliqicfililar paydo bo'lgan. Darhaqiqat. bo'shliqichlilar entodermasida xivchinli hujayralarning bo'lishi ularning koloniya bo'lib yashovchi xivchinlilardan kelib chiqqanligiga dalil bo'ladi.
Yuksak ko'p hujayralilarning kelib chiqishi. Hayvonot dunyosining bundan keyingi taraqqiyoti uch qavatli hayvonlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Dastlabki uch qavatli hayvonlar hozirgi sodda tuzilgan kiprikli chuvalchanglarga o'xshash bo'lgan. Evolutsiya davomida hujayralar tobora ixtisoslasha borishi natijasida to'qimalar kelib chiqqan. Muskul to'qimasi paydo bo'lishi harakatlanishning murakkablashuviga, nerv to'qimasi sezgi organlari va reflekslarning rivojlanishiga olib kelgan.
Hayvonot dunyosining rivojlanishi: I - xivchinlilar: 2 - soxta oyoqlilar; 3 - bo'shliqichlilar. 4 - yassi chuvalchanglar: 5 - pavpaslasichlilar: 6 - to'garak chuvalchanglar: 7 - halqali chuvalchanglar: 8 - molluskalar. 9 - bo'g'imoyoqlilar:10 - ignatcrililar; 11 - ichak bilan nafas oluvchilar: 12 - qobiqlilar: 13-bosh qutisizlar; 14 -jag'sizlar; 15-tog'ayli baliqlar; 16-suyakli baliqlar: 17-suvda hamda quruqlikda yashochilar; 18- sudralib yuruvchilar; 19-qushlar: 20 sutemizmchilar.
|
| |