|
Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasi
|
bet | 37/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiPaleontologiya dalillar yordamida evolutsion o'zgarishlar sababini ham tushuntirib berishi mumkin. Otlar evolutsiyasi bunga misol bo'la oladi. Hozirgi otlar bundan 60-70 mln yil oldin yashagan, yirikligi tulkidek keladigan besh barmoqli yirtqich hayvonlardan kelib chiqqan. Iqlimning quruqlashuvi, o'rmonlarning qisqarib, cho'llarning kengayishi ta'sirida ular yangi sharoitga moslashib borgan: tanasi yiriklashgan, barmoqlari soni kamaygan.
Bosh suyagi va tishlari o'zgarib, o'txo'r hayvonlarga xos belgilar rivojlangan. Oyoqlarning uzayishi, tuyoqlarning rivojlanishi va tananing rivojlanishi oziq qidirib topish va dushmanlaridan qochib qutilishga yaxshi imkon beradi.
Evolutshaning sulishtirma anatomik dalillari. Hayvonlarning o'zaro qarindoshligini ular tuzilishini taqqoslash orqali ham aniqlash mumkin. Masalan. qushlar oyoqlaridagi tangachalarning shakli va tuzilishi kaltakesaklarnikiga, suvda ham quruqlikda yashovchilar itbalig'ining tuzilishi baliqlarga o'xshaydi. Quruqlikda yashovchi barcha umurtqali hayvonlar skeleti va ichki tuzilishida juda ko'p o'xshashliklar mavjud.
Solishtirma anatomik tekshirishlar natijasida hozirgi tuban va yuksak tuzilgan hayvonlar orasida ham «oraliq formalar» mavjud ekanligi aniqlandi. Masalan, panjaqanotli baliqlarni baliqlar bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar o'rtasidagi oraliq formalar deyish mumkin. O'rdakburun tuxum qo'yishi va kloakasining bo'lishi bilan sudralib yuruvchilarga, bolasini sut bilan boqishi va junining bo'lishi bilan sutemizuvchilarga o'xshaydi. Hozirgi davrda yashab kelayotgan oraliq formalar va qadimdan saqlanib qolgan hayvonlar «tirik qazilmalar» deyiladi.
Umurtqali hayvonlar, masalan, kit, delfin, yerqazar, ko'rshapalak, timsoh, qushlar oldingi oyog'i suyaklarini odam qo'li suyaklari bilan solishtirib ko'rilganida, vazifasidan qat'i nazar, ular tuzilishining o'zaro o'xshashligini ko'rsatish mumkin Bu hoi umurtqalilar oldingi oyoqlari kelib chiqishidagi umumiylikni ko'rsatadi.
Hayvonlar o'rtasidagi qarindoshlikka ayrim hayvonlarda saqlanib qolgan, lekin ishlamaydigan organlarning bo'lishi ham guvohlik beradi. Masalan, kitlar tanasida oyoqlar rudimenti bo'lishi ular ajdodlarining quruqlikda yashaganligiga guvohlik beradi. Kitlar dum suzgichlari yordamida suzadi. Shuning uchun evolutsiya davomida ularning orqa oyoqlari yo'qolib ketgan.
|
| |