|
Evolutsiyaning embriologik dalillari
|
bet | 38/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiEvolutsiyaning embriologik dalillari. Hayvonlarning embriologik rivojla-nishini o'rganadigan embriologiya (yunoncha «embrio» - «murtak») fani dalillari ham ularning o'zaro qarindoshligini isbotlaydi. Chunki hamma hayvonlarning rivojlanishi bitta tuxum hujayradan boshlanadi. Har xil sistematik guruhlarga mansub hayvonlar embrional rivojlanishining dastlabki davrlari o'xsash bo'iadi.
Masalan, xordalilar tipiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrioni rivojlanishining dastlabki davrlarida baliqlar singari halqum devorida jabra yoriqlari bo'iadi. Embrion, ya'ni murtakning tuzilishi rivojlanish davomida tobora mukammallashib boradi; uning sodda tuzilgan organizmlar uchun xos bo'lgan organlari yo'qola borib. o'z guruhiga xos bo'lgan organlar paydo bo'la boradi. Masalan, itbaliq dastlab baliqqa juda o'xshash bo'iadi (jabrasi, dum suzgichi, yon chizig'i. ikki kamerali yuragi, qon aylanish sistemasining bitta doiradan iboratligi). Shunday qilib, hayvonlar individual rivojlanishi davomida o'z turining kelib chiqishidagi asosiy davrlarmi takrorlaydi. Hayvonot dunyosining uzoq tarixiy davr davomida o'zgarib. uning xilma-xilligining ortib borishi evolutsiya deyiladi. Hayvonlar evolutsiyasiga paleontologiya. solishtirma anatomiya, embriologiya va boshqa fanlar ma'lumotlari dalil bo'iadi. Paleontologiya fani qadimgi davrlarda yer yuzida hozirgiga o'xshamagan, birmuncha sodda tuzilgan hayvonlar yashaganligini aniqladi. Solishtirma anatomiya hayvonlarning turli sistematik guruhlari tuzilishidagi o'xshashliklarga asoslanib ular o'rtasida qarindoshlik borligini ko'rsatadi. Embriologiya hamma hayvonlarning rivojlanishi bitta hujayradan boshlanishidan va barcha xordalilarning embnonal rivojlanishi o'rtasida umumiylik borligidan dalolat beradi.
Jalb qiluvchi savollar
«Hayvonlar hayoti» mavzusidagi darslar bo'yicha predmetli darslar tashkil qilish.
Metodik uslublar.
O'quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo'naltirish yo'llari.
O'quvchilarning darslik matnlari va tasvirlari tahlili ustida ishlashi.
Sinfdan tashqari tadbirlar rejasini tuzish.
Ta'lim jarayonida o'quvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash.
O'quvchilarda Geografiya tasavvurlarini shakllantirish.
Geografiya maydonchasi va uning o'quv jarayonidagi ahamiyati.
O'qituvchining darsga tayyorlanishi.
Geografiyaka doir o'yinlar, turlari.
Mustaqil ish
Geografiya ta'limida bilimlarni puxta o'zlashtirish tamoyili.
Dasturlashtirilgan ta'limni qo'llash.
|
| |