|
O'simliklarning zarar-kunanda hasharotlari
|
bet | 41/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiO'simliklarning zarar-kunanda hasharotlari. Ayrim hasharotlar soni juda ko'payib ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Zararkunanda hasharotlar ro'yxatiga hasha-rotlarning 700 dan ortiq turi kiritilgan. Donli ekinlarga osiyo chigirtkasi va xasva, sabzavot va poliz ekinlariga shiralar, mevalarga olma qurti (rasm), g'o'zaga g'o'za tunlami, kar-toshkaga kolorado qo'ng'izi (rasm) katta ziyon keltiradi. Omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga mita qo'ng'izi katta zarar yetkazadi. Mita va uning lichinkasi donlarning ichki qismini yeb bitiradi. Xonadonlarda xona kuyasi kapalagining qurti jun va jundan to'qilgan kiyim-kechaklarni buzadi.
Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar. Bitlar va burgalar (56-rasm) turkumiga mansub barcha hasharotlar, ko'pchilik chivinlar, ayrim pashshalar, to'shak qandalalari odam va hayvonlar qonini so'rib, bezovta qiladi. Qon so'ruvchi hasharotlar. shuningdek. pashshalar bir qancha kasalliklarni tarqatadi.
Bidar terlama, kalamush burgasi o'lat. bezgak chivini bezgak kasalligini odamlarga yuqtiradi. Uy pashshalari oziq-ovqat va idish-tovoqlar orqali ichburug', sarg'ayma va sil kabi kasalliklarni tarqatadi.
Parazit va kasal tarqatuvchi hasharotlar: A - burga: 1 - voyaga yetgan davri: 2 - g'umbagi: 3 - qurti: V - bit: 1 - voyaga yetgan davri: 2 - sirkasi: D - oddiy chivin: E - bezgak chivini.
Zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik kurash. Biologik kurash zararkunandalarga qarshi ularning kushandalaridan foydalanishdan iborat. Zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda yirtqich xonqizi qo'ng'izi, tillako'z, yaydoqchilardan trixogramma, gabrobrakon. inkarziya, hasharotxo'r hayvonlar (qushlar. sutemizuvchilar, baqalar)dan foydalaniladi. Buning uchun biologik fabrikalarda yirtqich va parazit hasharotlar sun'iy ko'paytirilib, dalalarga tarqatiladi. Biologik kurashning yana bir usuli ekin ekiladigan maydonlarda qulay sharoit yaratish bilan foydali hayvonlarni jalb qilish va ular sonini ko'paytirishdan iborat. Bu usul zaharli kimyoviy moddalarni qo'llashni cheklash, almashlab ekishni joriy etish va foydali hayvonlarni himoya qilish orqali amalga oshiriladi.
|
| |