|
Hayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti
|
bet | 35/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiHayvonlarning xilma-xilligi va yashash muhiti. Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar uchun esa odam, hayvon va o'simlik organizmi yashash muhiti bo'ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan: suv hayvonlarining gavdasi suyri shaklda. oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo'ladi. Yashash muhiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug'lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.Hayvonlarning gavda oichami har xil bo'ladi (1-rasm). Ular qatorida og'irligi 150 tonnaga yetadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko'rinadigan, uzunligi millimetrning o'ndan bir, hatto yuzdan bir ulushiga teng keladigan turlari ham bor.
Hayvonlarning solishtirma o'lchami
1-gigant kalmar; 2 - ko"k kit; 3 - akula: 4 - kapcha ilon; 5 - afrika fili; 6 - jirafa; 7 - taroqli timsoh: 8 - burgut; 9 - afrika tuyacjushi.
Hayvonlarning ahamiyati. Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko'pchilik hayvonlar yashil o'simliklar bilan oziqlanadi. Ular o'txo'r hayvonlar deyiladi. Boshqa hayvonlarni yeydigan hayvonlar yirtqich; odam, boshqa hayvon va o'simlik to'qimalarida yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.O'txo'r hayvonlar o'simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o'simlik uchun zarur boigan mineral moddalar to'planadi; tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi va chiqindilari hamda organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko'p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi. Ular yer yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.Uy hayvonlari faqat go'sht va sut beribgina qolmasdan, sanoat uchun mo'yna, ipak va boshqa mahsulotlar ham beradi. Arilar, kapalaklar o'simliklarni changlatib. ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo'r va yirtqich hayvonlar: qushlar, ko'rshapalaklar, baqalar va boshqalar o'rmon va qishloq xo'jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.
|
| |