|
Ochiq joyda ko‘p yillik gullarni vegetativ
|
bet | 32/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiOchiq joyda ko‘p yillik gullarni vegetativko‘paytirish. Manzarali gullar bilan qoplangan gulzorlar kishini o‘ziga maftun etadi, ruhini tetiklashtirib, zavqini oshiradi. Havoni toza saqlashda, tashqi muhitni sog‘lomlashtirishda gul- larning ahamiyati yanada kattadir. Shuning uchun Respublikamizda va chet mamlakatlarda gullarning xilma-xil navlarini ko‘paytirishda ko‘p ishlar olib borilmoqda.O‘zbekistonda va boshqa juda ko‘p mamlakatlarda har yili «Gullar bayrami» va eng chiroyli guldastalar tayyorlash ko‘rik tanlovlari o‘tkaziladi. Bunday bayramlarda gulchilik xo‘jaliklari, havaskor gulchilar qatnashadilar. Gullar savdoga ham chiqariladi. Odatda, ochiq joyda gul o‘stirish uchun har xil guruhga kiruvchi gullar tanlab olinadi. Bahor va yoz oylarining birinchi yarmida ko‘p yillik va ikki yillik, yozning o‘rtalarida esa bir yillik gullar gullab, gulzorga chiroy beradi. Ko‘p yillik gullar bir yillik va ikki yillik gullar singari ortiqcha parvarishni talab qilmaydi.
Gulzor. Gulzor uchun ajratilgan yer maydoni kuzda 27— 30 sm chuqurlikda shudgor qilinib, go‘ng solinadi. Bahorda esa qaytadan chopib tekislanadi, zarur bo‘lsa egat olinadi. Xiyobonlar, dam olish maskanlari, shahar ichi va atrofda tashkil qilinadigan gulzorlar oddiy yoki manzarali bo‘lishi mumkin. Oddiy gulzorlarning yo‘laklari turli tomonga yo‘nalgan bo‘lib, doira shaklidagi pushtalarga ega bo‘ladi. Gulzor tashkil qilishda gullarning rangi, bo‘yi va boshqa xususiyatlari. hisobga olinadi.
Ko‘p yillik gullar. Bir necha yil yashaydi. Ayrimlari piyozboshi, tugunagi, ildizpoyasidan va yana urug‘idan ham ko‘paytiriladi. Atirgul, kartoshkagul, gulsapsar, lola, ilongul va boshqa yana bir qancha gullar ko‘p yillikdir. Ulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Atirgul. Atirgul gulchilikda qadimdan foydalanilgan o‘sim-liklardan biri. Atirgulning 10 mingdan ortiq turi mavjud. Oddiy atirgul buta bo‘lib, juda ham o‘z-garuvchandir. Uning tuplari uncha zich emas, yoysimon shoxchalarga ega, bo‘yi 150—300 sm. Barglari murakkab patsimon, yaltiroq. Gullari yakka yoki 3—4 tadan; to‘p bo‘ladi. Gultojbarglari oq, och pushtiranglarda. U mayoyidan boshlab gullaydi. Atirgullar payvandlash yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Oddiy atirgul, eng yaxshi payvandtag xisoblanadi. Undan qimmatli atirgul navlari yetishtiriladi. Gulchilikda na’matak va atirgullarni chatishtirish hamda payvandlash yo‘li bilan atirgulning bir necha yangi navlari yetishtirilgan. O‘zbekistonda ko‘p ekiladigan atirgul navlaridan «Oq atirgul», «Qizil atirgul»,. «Superstal», «Prezident», «Mersedes» va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
|
| |