|
Nazorat savollari va topshiriqlar
|
bet | 28/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiNazorat savollari va topshiriqlar.
Atmosfera nima va uning planetamiz hayotida qanday ahamiyatga ega?
Atmosferaning vertikal tuzulishi qanday va nimalarga asoslanib sferalarga ajratilgan?
Quyosh radiatsiyasi nima va u qanday omillar ta’sirida o‘zgaradi?
Yer yuzasida issiqlikning bir xil taqsimlanmasiliga nimalar sabab?
Nima sababdan Yer sharida issiqlik mintaqalariga ajratilgan?
Shamol qanday sabablarga ko‘ra vujudga keladi?
Qanday sabablarga ko‘ra yomg‘ir, qor, do‘l vujudga keladi?
Ob-havoning maxalliy belgilarni sanab bering?
Mustaqil ish topshiriqlari
O‘zbekiston iqlmini izohlab bering?
Yashab turgan joyingizning iqlimini izohlang?
8-Mavzu: Hujayraning oziqlanishi rivojlanishi va ko`payishi
REJA
Tirik organizmning paydo bo‘lishi
Yerda hayotning paydo bo‘lishi
Olimlarning yerda hayotning paydo bo‘lishi xaqidagi fikrlari
Inson kundalik turmush tarzida barcha tirik organizmlar tug‘ilish yordamida hayotda paydo bo‘ladilar. Ko‘rib turibmizki, odamdan odam, qo‘ydan qo‘zichoq paydo bo‘ladi, jo‘jalar tuhimdan chiqadi, baliqlar uvuldiriqlaridan baliqchaga aylanadi, o‘simliklar to‘liq pishib yetilgan urug‘laridan yoxud novdalari yoki barglaridan paydo bo‘ladi. Bu jarayon uzluksiz takrorlanadi. Huddi hayot abadiy shunday tarzda davom etayotgandek. O‘ylab ko‘ring, bizning dunyomiz–ona zaminimiz qachon, qayerdan paydo bo‘lgan? Unda hayot kechirayotgan tirik organizmlar unga qayerdan kelgan? Dastlabki hayot tarzi qay tariqa bo‘lgan, u nimaga o‘xshagan? Bu savollarni biz qator qilib kimga berayapmiz? o‘z-o‘zimizga-da. Ularni o‘zimizga ham har kuni beraolmaymiz. Axir vaqtimiz yo‘q-ku?
Qachonki o‘zimizdan qochib, olis tog‘ yoki dala-dasht, ona tabiat qo‘yniga borib qolsak, ko‘m-ko‘k o‘tlar ustiga yotib olib, osmonga tikilib, kun botishi-yu tong otishiga qo‘shilib ketgan dunyoning qachon paydo bo‘lgani haqida hayol suramiz.
Hozirgi zamon olimlari oldida turgan eng murakkab masala u bizni o‘ylantirgan masala-yerda hayotning paydo bo‘lishini tahlil qilib berishdir. Uning qiyinligi shundaki bugungi fan rivojlanish jarayonidagi muammolarni emperik yo‘l bilan, aniq tajriba yo‘li bilan o‘rganadi va muayyan xulosaga keladi, ammo yerda hayotning paydo bo‘lganini, bundan 5-6 milliard yillar oldin qanday holatda ekanligini aniq aytishga qiynaladi. Qiyinligi shundaki, hayotning paydo bo‘lganligini aniqlash uchun biron-bir ilmiy tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi. Aslida «Biz qayerdan keldik, qanday paydo bo‘ldik?» degan savolga, «Yangi tosh asri – neolit davridan, bor-yo‘g‘i 7-8 ming yildan boshlab yashayapmiz» degan javob beriladi. Shuni aytish joizki, odamlar neolit davridan boshlab g‘orlardan chiqib, o‘zlariga ochiq joylardan uy-joy qurishga o‘rgandilar.
Buyuk insonimiz keyingi 5-6 ming yillar davomida dunyo haqida turli afsonalar to‘qishga, mavhum, tabiiy va ilohiy kuchlar borligiga ishonib keldi. Inson har qanday holatda tug‘ilish va o‘lishning birdek mavjudligini biladi, u o‘z turmush tarzi uchun ish qurollari yasaydi, yerni ishlatadi, hayvonlarni saqlaydi va ularning mahsulotlarini yashash uchun sarflaydi. Aslida hamma narsaning «yerni va osmonni, havo va suvni, o‘simlik va hayvonni asoschisi kim?», «Nega yorug‘ kun va qorong‘i tun qaytariladi?», Odam qayerdan keldi? U qanday paydo bo‘ldi?, – degan savollarga yana javob izlaysiz.
Dunyoning paydo bo‘lishi haqida eng birinchi fikrlar diniy bo‘lib, barcha halqlar o‘z dinlaridan qat'i nazar dunyoni xudo yaratgan, jonsiz narsalarga xudo jon ato qilgan, degan tushunchaga kelgan. Oddiy odamlar o‘ylab, fikrlab o‘tirmasdan turli xil afsonalarga ishonib qo‘yaqoladi, ilmiy jihatdan talqin qilish o‘ta murakkab, isbot talab qiladigan jarayon. Islom dini ham, nasroniy, juhudlar hatto, buddistlar ham yerda hayotning paydo bo‘lishiga o‘zlaricha izohlar berganlar.
Milet maktabining qadimgi grek faylasuflari (eramizgacha VIII–VI asrlar) yerda hayot, suvdan yoki har xil ho‘l va chiriyotgan narsalardan paydo bo‘lgan, bunda Vavilon madaniyatining ta’siri bo‘lgan, deyiladi. Fales (eramizgacha bo‘lgan 624–547-yillar) turli afsonalarga qarshi chiqib hayot paydo bo‘lishi haqida, materialistik nuqtayi-nazaridan xulosa qildi. Fales va uning izdoshlarining fikricha, mavjud tirik organizmlar suvdan paydo bo‘lgan ular ilohiy kuchning ta’sirisiz vujudga kelgan; hayot materiya xossalari asosida mavjuddir. A.I.Oparin Milet maktabi olimlarining faylasufona xulosasini alohida qayd qilib, shunday deydi: «Bu fikrlar yerda hayotning paydo bo‘lishidagi barcha ta’limotlarning asosidir, keyinchalik uni alohida kengaytirish, rivojlantirish mumkindir». Biologik evolyutsiya Ch.Darvin tomonidan asoslandi.
Tirik organizmlarning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishi haqida eng yorqin materialistik fikrlarini Demokrit (e.o. 460-370 y.y.) va Epikur (e.o. 341–270-y.y.)lar aytib o‘tdilar. Bu faylasuflar fikricha, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi tabiiy kuchlarning mahsulidir, hech qanday «ilohiy kuchning» ta’siri yo‘q.
Eng buyuk faylasuf Aristotel (e.o. 384–322-y.y.) xudoga ishongan va hamma narsa xudodan deb bilganiga qaramasdan, organizmlar tirik organizmlardan paydo bo‘ladi, ammo ular ba’zan o‘lik materiyadan ham paydo bo‘ladi, deb tushuntiradi. Uning qayd etishicha, materiya eng passiv boshlanish bo‘lib ikki xil ko‘rinishga ega. Birinchidan, u shakl modda bo‘lib, u o‘z-o‘zicha aniq songa va biron bir xususiyatga ega emas. Bu materiyaning birinchi ko‘rinishidir. Ikkinchi ko‘rinishi yoki kengroq qilib aytsak, narsa nimadan iborat bo‘lsa, u shundan paydo bo‘ladi. Aristotelning qarashlariga ko‘ra, materiyaga hayot ichki tomondan beriladi. Olimning hayot-hayotidan paydo bo‘lishi haqidagi g‘oyasi keyingi 2000-yil davomida tan olinib kelindi.
XVII asr o‘rtalarida taskaniyalik vrach Franchesko-Redi (1626–1628) o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish borasidagi birinchi tajribalarni olib bordi. 1668-yilda u birinchi bo‘lib, go‘shtda yoki baliqda o‘z-o‘zidan oq qurtlar paydo bo‘lmasligini isbotladi. Buning uchun go‘sht solingan idishning og‘zini birdan yopib qo‘ydi. Idishga chivin tushishiga yo‘l qo‘ymadi, natijada go‘sht chirib ketsa ham qurt hosil bo‘lmadi. Bugungi kunda Redining bu tajribasi juda oddiy bo‘lib ko‘rinadi. Ammo o‘z davrida u tirik organizmlarning paydo bo‘lishi, ilmiy isbotlangan birinchi tasavvur edi.
Olim bu boradagi ilmiy tadqiqotida ikkita kolba olib, ularning ichiga tirik mikroorganizmlar soladi. Kolbalar og‘ziga shisha naylar solib, birining og‘zini mahkam bekitadi, tashqarida havo kirishiga imkon bo‘lishi uchun ikkinchisining og‘zini ochib qo‘yadi. Kolbalar tagidan o‘t yoqadi. Natijada ulardagi tirik organizmlar nobud bo‘ladi. Olim shu tariqa har xil chirigan suyuqlik yoki estraktlar tirik hayotning ko‘rinishi emas, achish va bijg‘ish tirik mikroorganizmlarning hayot ko‘rinishi, deb isbotlaydi. U, mikroblar juda murakkab tuzilgan organizmlardir. Ular o‘zlaridan o‘ziga o‘xshash narsalar hosil qila oladi yoki bu, tirik organizmdan tirikning paydo bo‘lishidir, degan xulosaga keladi. Olimning tajribalari asrlar davomida ishonib kelinayotgan o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish ichki sabab natijasi ekanligi haqidagi xulosani barbod qildi. Xullas, Paster o‘z tajribalarida hayot-hayotdan yoki tirik-tirikdan paydo bo‘ladi deb xulosa qildi.
Paster tajribalaridan keyin hayotning paydo bo‘lishi haqidagi ilmiy tushunchalar yo‘qqa chiqib ketayozdi. Ko‘pgina zamondoshlari uning tajribalarini, ya’ni hayot tirik bo‘lmagan materiyadan kelib chiqmagan degan fikrini diniy asoslashga harakat qildilar. Ular hayot ilgari bo‘lmagan, ammo materiya yoki energiya abadiy mavjud bo‘lgan, deydilar.
Geografiya ilmidagi bu og‘ir damlarda, buyuk olimlar T.Geksli, Dj Tindal va boshqalar XIX asrning ikkinchi yarmida hayot dastavval suvda, aniqrog‘i okeanlarda noorganik moddalarga tabiiy jarayonning ta’siri natijasida paydo bo‘lgan degan xulosa bilan chiqdilar.
XIX asrning ikkinchi yarimlarida fan va texnikaning rivojlana boshlashi natijasida hayot bizga kosmosdan kelgan, degan tushuncha ham ilmiy asosni targ‘ib qilaboshladi. Aslida, hayot kosmosdan kelganligi haqidagi dastlabki tushunchalar eramizgacha bo‘lgan grek faylasufi Anaksagor tomonidan ham aytib o‘tilgan edi. XIX asr o‘rtalarida Geografiyada, hayot kosmosdan kelgan, degan tushuncha qayta ko‘tarildi. Hayot boshqa planetalardan kosmik jismlar orqali bizga yetib kelgan, kosmik jismlar yerga hayot urug‘larini ekib ketishgan, degan fikrlar paydo bo‘ldi.
Hali-haligacha biron bir olim Koinotda hayot birgina yerda mavjud, degan fikrga kelaolmaydi. Ayrimlar Koinotda faqat yerda hayot bor, deb biladilar. hozirgacha kosmos ancha o‘rganilganiga qaramasdan, hamon yerdan boshqa joyda hayot mavjudligiga ishonib bo‘lmaydi-da! Chunki boshqa planeta odamlari yoki sivilizatsiyasi haqida ilmiy isbotlangan biron bir ma’lumot yo‘q. Kosmik kemalar, meteoritlar esa o‘zlari bilan tirik organizmlarni haligacha olib kelmadilar.
Hozirgi davrda kosmosda hayot borligini qat’iy himoya qiladigan taniqli olimlardan biri angliyalik olim, Nobel mukofoti sovrindori Frensis Krik hisoblanadi. U amerikalik izlanuvchi Lesli Orgel bilan «Boshqarish mumkin bo‘lgan panspermiya» ta’limoti haqida maqolalar e’lon qildi. Olimlarning fikricha, hozirgi mavjud hayot yerga boshqa sivilizatsiyadan kelib qolgan. Agarda yerdagi insonlar hayotni boshqa planetalarga olib o‘tish mumkin bo‘lsa, nega yerning o‘zidagi hayot boshqa planetadan kelgan, uzatilgan emas, balki bizgacha 4 mlrd yil oldin yerga hayot kelib qolgan bo‘lishi mumkin. Shu xulosalar oqimida amerikalik fantast yozuchi shunday deb yozadi: «Biz Marsga bordik, endi inson Marsga hayot olib bordi, u yerda biz-insonlar hayoti mavjud». Aslida Marsda hayot borligi noma’lum, balki insonlar mikroorganizmlarni olib borib, u yerda hayot barpo qilish va sekin-asta kislorod hosil qilishga erishish ustida bosh qotiradilar.
Xo‘sh hayotning ko‘chib yurishi haqida qanday mulohaza olib borishimiz mumkin?
Yerga tashqaridan keladigan kosmik kema bortida juda turli xil mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bizning galaktikamiz radiusi 105 yorug‘lik yiliga teng bo‘lsa, Krik va Orgel ta’rifidagi kosmik kema 0,001 yorug‘lik tezligi bilan harakat qiladi, bu vaqtda ular butun Galaktikaga hayot ekib chiqishlari mumkin edi-da. Faqat bir narsa aniqki, kosmik apparat himoyasida mikroorganizmlar harorat 0 daraja bo‘lgani uchun million yillar davomida saqlanib qolishlari mumkin.
Krik va Orgelning hayotni «kosmik ekish» haqidagi genetik kodi universalligi shundaki, barcha tirik organizmlarda irsiy belgilarning bir hilda berilishidir. Bu olimlar o‘z fikrlarini isbotlab, shunday deyishadi: «Mayli, yerda hayot o‘z-o‘zidan bir necha joyda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘lgan bo‘lsin. Shunda ham tegishli masala yana noma’lum bo‘lib qoladi: Xo‘sh bu tirik organizmlarda bir xil genetik kod qayerdan paydo bo‘ldi?» Bu savolga kim javob beradi.
Krik va Orgel xulosasiga ko‘ra, yerga hayot yagona genetik kod bilan o‘zga planetadan kelib qolgan. Genetik kod to‘g‘risida yer-ning ham xulosasi bor bo‘lib, kimyoviy evolyutsiyaning boshlang‘ich davridagi kimyoviy tanlash jarayonida murakkab molekulalar hosil bo‘lganda tirik organizmlar irsiy belgilarni uzatishning universal mexanizmi tufayli hosil bo‘lgan.
Yana bir fikrga ko‘ra, «yerda ayrim kimyoviy elementlarning juda kamligi ham unga hayot boshqa planetadan kelganligini isbotlaydi. Masalan, Krik va Orgel xulosasiga ko‘ra, molibden yer po‘stida juda oz miqdorda bo‘lib, yerdagi organizmlarning modda almashinuvida metabolizmida juda kam ahamiyatga ega.
Ular bu ma’lumotlar orqali suhbatdoshlariga ta’sir o‘tkazishgan.
Yerdagi tirik organizmlarning metobolizmida juda kam ishtirok etadigan elementlaridan biri fosfor hisoblanadi.
Yer po‘stida fosfor juda kam bo‘lgan fosforning tirik organizmlar hayoti uchun ahamiyati juda katta. Fosfor nuklein kislotasining asosi bo‘lib hayotning davom etishida qimmatligi jihatidan oqsil bilan bir qatorda turadi, hatto asab tizimining oliy faoliyati ham fosfor bilan bog‘liq.
Krik va Orgelning molibden haqidagi nazariyalari yapon olimi F.Yegani tomonidan tezda fosh qilindi. Bu olim yuqoridagi olimlarning maqolalaridan so‘ng yer tarkibidagi metallar miqdorini aniqladi. Haqiqatda Yerda molibdenning umumiy miqdori kam, ammo dengiz suvida uning miqdori yuqori, ya’ni xromga qaraganda ikki baravar ko‘p. F.Yegani o‘z izlanishlarida quyidagi xulosaga keladi. Dengiz suvida molibden elementinig yuqori miqdorda bo‘lishi yerning aslida suvdan paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Shunday qilib, panspermiya ta’limotini biz afsona deb bilamiz. Oparin shunday deb yozadi: «Hayot qachondir, qayerdadir evolyutsion yo‘l bilan paydo bo‘lishi kerak edi, yer hayotning paydo bo‘lishi uchun eng qulay joy bo‘lgan. Shuning uchun ham bizga million yorug‘lik yili uzoqlikda bo‘lgan yulduzlarni izlashimizga mutlaqo xojat yo‘q. Yerimizning o‘zi yashashimiz uchun juda qulay joy bo‘lib, insonlar fanda katta yutuqlarga erishmoqda».
XX asr boshlaridagi kuzatishlar yoki okeanning fizikaviy-kimyoviy sharoiti yerda hayot suvdan boshlanganligini tasdiqlaydi. Okean suvidagi ayrim metallarning bakteriya o‘simliklar hayvonlar bilan bir xildaligi avvalgi fikrlarimiz to‘g‘riligiga asos bo‘ladi.
Yerda yashab, uning qachon, qanday tarzda paydo bo‘lganligini bilmagan odamzot, ming yillar davomida turli afsonalarga ishonib yurishdi, ikkinchi ming yillikda insonlar hayot bizga kosmosdan kelgan degan tushunchaga ishonmoqchi bo‘lishdi, lekin bu fikrlar ularni ishontira olmadi.
Olimlar dunyosida XX asr boshlarida «Yerda hayot qachon, qanday paydo bo‘lgan?» mavzusida o‘tkir muhokamalar o‘tardi. 1924 yil 3-mayda Rus botaniklari jamiyatida yoshgina sovet olimi A.I.Oparin yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi muammolarni o‘rtaga tashladi. Uning ilmiy mavzusi «hayotning paydo bo‘lishi» deb nomlanar undagi isbotlarga ko‘ra, go‘yo asrlar davomida o‘rtada turgan savollarga javob topilgandek edi. Besh yildan so‘ng ingliz olimi Dj.Xoldeyn yerda hayotning paydo bo‘lishini Oparinga o‘xshatib izohladi. Har ikkala olimning fikricha, yerdagi dastlabki hayot kimyoviy evolyusiya natijasida boshlangan. Ular okeanni katta laboratoriyaga o‘xshatadi, bu yerda enzimlar-organik molekulalar o‘rni beqiyos bo‘lib, ular kimyoviy jarayonlarning borishini muvofiqlashtiradi. Xoldeyn birinchi bo‘lib, u vaqtda yer atmosferasida kislorodning juda kamligi yoki mutlaqo bo‘lmaganligini aytib o‘tdi.
Oparin Yerda hayot paydo bo‘lishining kimyoviy yo‘nalishini birinchi bo‘lib asoslab berdi.
Yerda hayotning paydo bo‘lishi ko‘pgina olimlarning fikricha, materiya evolyusiyasining tabiiy mahsuli hisobanadi. Bu fikrlar hayotning kimyoviy asosiy birliklariga asoslangan bo‘lib, Koinotda atomlar oddiy va keng tarqalgandir.
Yerdagi organizmlar morfologik jihatdan har xil bo‘lishga qaramasdan (mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar), ularning biokimyoviy asosi bir xil. Nuklein kislotalar orqali oqsil, uglevodlar, yog‘lar va fosforning siyrak bog‘langan tiplaridan iboratdir.
Hayotni tuzib, qurib turgan asosiy kimyoviy elementlar-uglerod, vodorod, kislorod, azot oltingugurt va fosfor. Tirik organizmlar o‘zlarining tuzilishi uchun Koinotda eng ko‘p tarqalgan elementlardan foydalanadi. Bu kimyoviy moddalar eng tabiiy elementlardan hisoblanadi. Vodorod, uglerod, azot va kislorod atomlarining hajmi kichik bo‘lib ikki va uch marta bog‘lanishga ega bo‘lgani bois ular reaksiyaga kirishish qobiliyati yuqori murakkab polimer hosil bo‘lishi uchun maxsus bog‘lanadi.
Hayot uchun zarur ikki element oltingugurt va fosfor hayotiy jarayonda juda kam miqdorda ishtirok etadi, ammo ularsiz hayot bo‘lmaydi. Oltingugurt oqsil tarkibiga kirsa, fosfor nuklein kislotalarning asosiy qismini hosil qiladi.
Shunday qilib, Koinotda kosmosdan kelgan anorganik «xom- ashyo»lardan organik birikmalar hosil bo‘ldi. Tirik tanani hosil qiluvchi murakkab organik birikmalarni qurish uchun past molekulali birikmalar lozim: 29 ta monomer zarur (shundan 20 ta aminokislota, 5 ta azotli asos). Ular barcha tirik organizmlarning biokimyoviy tarkibini hosil qiladi. Biokimyoviy tarkibni aminokislotalar, azotli birikmalar, glyukozalar-energiya manbayi, yog‘lar va fosforning kam uchraydigan birikmalari tashkil qiladi.
Organizmlarning qurilish strukturasida oltita asosiy elementdan tashqari, kam bo‘lsa ham natriy, kaliy, magniy, xlor va mikroelementlardan: temir, marganets, kobolt, mis, rux, alyumin (izlari) bor, vanadiy, yod va molibden uchraydi, shuningdek, ayrim juda kam uchraydigan atomlar juda kam miqdorda bo‘lsa ham mavjud.
O‘z-o‘zidan ma’lumki, hayotning kimyoviy asosi 15 ta elementdan tashkil topgan. Ulardan oltitasi hayotiy omillarni shakllantirishda har gal ma’lum miqdorda ishtirok etib, tirik organizmlarning paydo bo‘lishi uchun sharoit yaratadi. Bu holatning to‘g‘riligini quyidagi ikki vaziyatda ko‘rishimiz mumkin: 1) hayot paydo bo‘lish jarayoni birligini ko‘rsatsa; 2) aslida hayotning o‘zi-materiyaning o‘z-o‘zidan hosil bo‘lganligi natijasi bo‘lib, makromolekulalarning biologik evolyusiyasiga barcha keng tarqalgan elementlarnigina jalb qilmasdan, balki hayotiy jarayonlarda o‘ta zarur bo‘lgan fosfor, temir, yod va boshqalardan foydalanadi. Tirik organizmlarni tashkil qiluvchi molekulalar ularning strukturasi, modda almashinuvida emas, balki mexanik harakatlarida ham to‘liq ishtirok qiladi. Ammo yuqoridagilardan kelib chiqib hayot kimyoviy qonuniyatlardan iborat, deb xulosa chiqarish shart emas.
Hayot o‘ta murakkab, tabiatning eng qiyin ko‘rinishlaridan biri. Eng xarakterli tomoni shundaki, unda modda almashinuvi va qayta hosil bo‘lishi juda yuqori darajada hayotning o‘zi paydo bo‘lishi esa juda oddiy tarzda kechadi.
Hayot paydo bo‘lishining zamonaviy nazariyasi uzoq geologik o‘tmishda biologik molekulalarning anorganik yo‘l bilan paydo bo‘lishiga asoslangan. Bu yerda muhim kimyoviy evolyutsiya quyidagi tuzilishda boradi: atomlaroddiy birikmalaroddiy biorganik birikmalar makromolekulalar shu tizimda tashkil topgan.
Evolyutsiyaning boshlanishi Quyosh tizimida nukleosintez natijasida asosiy biogen elementlar hosil bo‘lishidir, nukleosintez-ning boshlang‘ich davrida kimyoviy birikmalar hosil qilishga o‘tib ketishidir. Bu jarayon birinchi marta yerda o‘ta og‘ir sharoitlarda boradi, chunki umumkosmos va planetalarning belgilangan ta’siri kuzatilgan.
Birinchi sharoit, umumkosmos tomonidan yaratilgan bo‘lib, Koinotning kimyoviy evolyutsiyasi bilan bog‘liq. Hayot son va sifat xususiyatlarini o‘zida ko‘rsatgan yagona asos bilan rivojlanib boradi. Ushbu holatlar Koinotda hajmi va markaziy yulduzlarga nisbatan joylashishi bilan teng bo‘lgan har bir planetada bir kun hayot paydo bo‘lishi mumkin, degan xulosani beradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Koinotdagi 108 ta kosmik jism (planeta yoki yulduz-liliputlar) yerga o‘xshash bo‘lgani uchun, ularda hayot boshlanishi mumkin.
Hayotning paydo bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit planeta-ning hajmi hisoblanadi. Albatta, planeta bir necha geotsentrik va antropotsentrik xarakterga ega bo‘lishi mumkin, ammo uning vazni yernikiga yaqin bo‘lishi shart, chunki planetaning hajmi Quyosh hajmidan 1G‘20 marta katta bo‘lsa, unda intensiv yadro reaksiyalari bo‘lib, harorati ko‘tariladi u yulduzday yarqiraydi. Yupiter, Saturn, Uran va Neptunlarni ana shunday planetalar turiga kiritish mumkin. Merkuriy planetasining hajmi kichik bo‘lgani uchun gravitatsion maydoni ham kichkina. Shuning uchun uzoq vaqt hayot uchun zarur bo‘lgan atmosferani ushlab qola olmaydi. Ona yerimiz o‘zi paydo bo‘lgan dastlabki 100 mln yilda hozirgi hajmi-ning deyarli 80 foizini hosil qilgan.
Quyosh tizimida o‘z hajmi bilan yerga yaqinlashadigan planetalarga Venera va Mars kiradi, ammo ularda shart-sharoit mutlaqo boshqacha. Sovet astrofizigi V.G.Fesenkovning fikricha, Koinotda shunday hajmga ega bo‘lgan planetalar 1 foizni tashkil qiladi.
Hayot paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun zaruriyatlardan yana biri doimiy va optimal radiatsiyani planeta markaziy yulduzlardan olib turishidir. Odatda optimal radiatsiyani o‘z dumaloq orbitasiga ega planeta olib turadi, u o‘z harakati davomida doimo nur o‘tkazadi.
Hayotning paydo bo‘lishi uchun yana bir zarur shart-sharoit suvning bo‘lishidir. Bir narsa hayron qolarliki, Koinotda suv molekulalari juda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan juda kam planetada gidrosfera mavjud. Hozircha Quyosh tizimida birgina yerda gidrosfera bor, Marsda suv miqdori juda oz. Suvning ahamiyati esa juda katta. Bunga sabab uning o‘zidagi termik (issiqlik) xususiyatidir. Juda ko‘p issiqlikni o‘ziga singdiradi, issiqlikni kam o‘tkazadi, muzlaganda kengayadi, eng yaxshi xususiyatlari suvni tabiatda aylanishiga imkon beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ishonch bilan xulosa qilish mumkinki, yerda hayotning paydo bo‘lishi Koinotda, materiya umumiy evolyutsiyasining bir qismidir. U hech qanaqa notabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lgan emas. Boshlang‘ich organik birikmalar, yerning optimal hajmi, optimal Quyosh radiatsiyasi, gidrosferaning mavjudligi natijasi, materiya evolyutsiyasining yuqori darajasi hayot paydo bo‘lishiga sharoit yaratib berdi.
Keyingi 20 yilda yoki XX asrning oxirlarida Koinotda organik birikmalar mavjudligi haqida ma’lumotlar olindi (meteoritlar) va yerda hayot Koinot bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘lganligi isbotlandi.
Oldingi idealistlar, diniy oqimlar va hatto materialistlarning nazariyalari ularning bilim o‘rganish darajasi yetarli bo‘lmaganlari uchun to‘liq asosli emas edi.
Fan va texnikaning rivojlanishi, bu borada katta ilmiy kuzatishlarning o‘tkazilishi yangidan ilmiy asoslangan yerda hayotning paydo bo‘lishi haqidagi nazariyaga asos soldi.
Hayotning paydo bo‘lishida birinchi evolyutsion fikrlar antik davrgacha bo‘lgan naturfaylasuflarning davrida aytib o‘tilgan. Chunki o‘sha davrda dunyo uzluksiz harakatda va o‘zaro aloqasi tufayli uzluksiz yangilanishda, hodisalar va qarama-qarshiliklarning ta’siri ostida, degan fikrlar olg‘a surilgandi.
Geraklid (e.o.530–470-yillar) tabiatga dialektik nuqtayi nazaridan qarab shunday degan: «Tabiatdagi hamma narsa o‘tkinchi va hamma narsa o‘zaro bog‘lanib, kosmosning birinchi elementlari olov, suv, havo, yer hammasi o‘zgaradi. Bu faktlar umumiy birlikning kurtaklari bo‘lib, materiya rivojlanishining boshi va oxiri yo‘qligini ko‘rsatgan.
Dastlabki faylasuflarning hayot haqida fikrlari o‘ziga xos bo‘lgan. Chunonchi: Fales hamma narsa suvdan tabiiy rivojlanish orqali hosil bo‘lgan deydi. Anaksimandrning fikricha, hayot suv va yerga tushgan haroratning ta’siri natijasida hosil bo‘lgan. Anaksimenning fikricha, hayotning paydo bo‘lishida havo asosiy elementi bo‘lib, u qalinlashishi va siyraklashishi natijasida moddalar o‘zgarishi mumkin. Odam va hayvon yerning yopishqoq qismidan paydo bo‘lgan.
Ulardan keyinroq yashagan faylasuf mexanik materializm tarafdorlaridan biri bo‘lgan Demokrit (e.o.460–370-yillar) fikricha dunyo son-sanoqsiz bo‘linmaydigan atomlardan iborat bo‘lib, ular cheksiz maydonlarga joylashgandir. Atomlar bir-biri bilan uzluksiz qo‘shiladi va ajralib ketadi, to‘xtovsiz harakatlanadi va hajmiga, shakliga, yirikligiga va tuzilishiga qarab, turlicha bo‘ladi. Ularning yengillari yuqoriga ko‘tarilib, havo va olovni, og‘irlari pastga tushib, suv va yerni hosil qilgan va ulardan yer va suvdagi barcha tirik organizmlar hosil bo‘lgan.
Qadimgi grek faylasufi Empedokl (e.o.490–-430-yillar) tirik jonivorning paydo bo‘lish mexanizmini o‘z-o‘zicha talqin qiladi. U Geraklid elementlar haqida bildirgan ilk fikrni rivojlantirib, ularning aralashuvi juda turli ko‘rinishlar hosil qiladi, ayrimlari bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, parchalanib ketsa, ayrimlari qulay sharoitda saqlanib qoladi, elementlarning qo‘shilishi natijasida hayvonlarning organlari paydo bo‘ladi, hosil bo‘lgan organlarning qo‘shilishi natijasida butun organizmlar paydo bo‘ladi, deydi. Empedoklning fikri aslida hayotiy bo‘lib, tabiatda hayotchan yoki chidamlilari yashab qoladi.
Forobiy falsafiy ta’limotida o‘z davridan kelib chiqib, hayotning paydo bo‘lishiga o‘z fikrini bildiradi. Uning ta’limoti mohiyat-e’tibori bilan ilohiy ta’limotdan tubdan farq qilib, ilmiy g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgandir. Bu falsafaga ko‘ra, tiriklik yagona mavjudotdan iborat, yagona vujud-vujudi vojib, ya’ni azaliy vujud-birinchi sabab hamda vujudi mumkin yaratilgan, kelib chiqqan vujud natijalaridan iboratdir. Aslida Koinotni yagona deb tushunishimiz ham mumkin. Olloh azaliy vujud hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar-vujudi mumkin, undan asta-sekinlik bilan pog‘onama-pog‘ona kelib chiqadi, buning so‘nggi pog‘onasi moddadir. Uning fikricha, tabiat, moddaning turli shakllari paydo bo‘lishi sabab-oqibat munosabatlari asosida muayyan izchilik va zarurat bo‘yicha kechadigan tarixiy jarayondir.
Borliqning kelib chiqishi Forobiy ta’limotida to‘rt unsurdan-tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topgan, osmon jismlari ham shu jismlarning o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ldi, deyiladi. Moddiy jismlar o‘zaro farq qilishiga sabab ularning boshlanishida unsurlar-ning turlicha bo‘lishidir: Olov-issiqlik sababi; suv-sovuq; tuproq-qattiqlik sababi, deb ifodalanadi.
Forobiy butun borliqni sabab va oqibat munosabatlari bilan bog‘langan olti daraja (sabab)ga bo‘ladi:
Alloh (as-sabab al-avval).
Osmon jinslari (as-sabab as-soniy).
Aql (al-aql al-faol).
Jon (an-nafs).
Shakl (as-sur'at).
Materiya (al-modda).
Bularning hammasi bir-biri bilan sababiy bog‘langanligini isbotlab beradi:
O‘rta asrlardagi Markaziy Osiyolik allomalardan yana biri Be-runiy ham bir qator ilg‘or fikrlarni aytib o‘tdi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida olim Kopernikdan bir necha asr avval yerni Koinotning markazi deb biluvchi geliotsentrik va Quyoshni Koinotning markazi deb o‘rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega degan xulosaga keladi.
Afsuski, bu allomalarning asarlaridagi fikrlar bizga to‘liq yetib kelmagan yoki hozirgacha ular o‘zbek tiliga to‘liq tarjima qilinmagan. Grek-yunon faylasuflari asarlarini to‘liq o‘rgangan bu allomalar hayotning paydo bo‘lishi haqida dadil fikrlar aytganiga ishonchimiz komil. Ilm-fanning ko‘p sohalariga birinchi tamal toshini qo‘ygan yurtdoshlarimizning asarlarini hozirgacha to‘liq, o‘rgana olmaganimiz achinarlidir.
Dunyo ilmida XVI asrgacha evolyutsion ta’limotni rivojlantirish borasida hech qanday yangilik bo‘lmadi.
|
| |