|
Suv havzalari va sohil qushlari
|
bet | 47/76 | Sana | 21.06.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #264992 |
Bog'liq Qarshi davlat universiteti geografiya kafedrasiSuv havzalari va sohil qushlari. Suv qushlari. Suv qushlari hayotining ko'p qismini suvda suzib o'tkazadi. Ularning barmoqlari orasiga parda tortilgan; oyoqlari biroz orqaroqda joylashgan bo'ladi. Qushlarning pat va parlari zich joylashib, suv o'tkazmaydigan tig'iz qoplag'ichni hosil qiladi. Qushlar dumg'aza bezlari ajratib chiqaradigan yog'simon suyuqlikni tumshug'i bilan siqib olib, patlariga surtib turadi. Bu suyuqlik patlarga suv yuqtirmaydi, ularni qayishqoq va egiluvchan qiladi.Suv havzalarida yashovchi qushlarning ko'pchiligi suvda chaqqon suzadi va sho'ng'iydi, ozig'ini ham suvdan topadi. Suv qushlari quruqlikda sekin va beso'naqay harakatlanadi. Suv qushlarining zich joylashgan va yog'lanib turadigan patlari va yumshoq parlari ularni sovuqdan saqlaydi, patlarga nam yuqtirmaydi. Qushlarning oyoq barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'ladi. Ular suvda yaxshi suzadi, lekin quruqlikda beso'naqay harakatlanadi. Suv qushlariga g'ozsimonlar va pingvinlar turkumi kiradi. Sohil qushlari suv havzalarining sayozliklarida yashaydi. Ularning oyoqlari va tumshug'i uzun bo'lib, balchiqda yurish va oziqlanishga moslashgan. Sohil qushlariga laylaksimonlar misol bo‘ladi.
G'ozsimonlar turkumi. Buturkumga o'rdaklar,g'ozlarvaoqqushlar kiradi (93-rasm). Ular tumshug'ining qirrasi bo'ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan; tumshug'ining uchi esa kengaygan. G'ozsimonlarning tuxumdan chiqqan jo'jalari urg'ochisi orqasidan ergashib yuradi.
O'rdaklar suv tubidagi balchiqni tumshug'idagi muguz plastinkalari orqali sizdirib o'tkazib, undan mayda jonivorlar va o'simliklarni ajratib oladi. O'rta Osiyo suv havzalarida yovvoyi o'rdak, churrak, suqsun uchraydi. Yovvoyi o'rdak erkagining boshi to'q yashil, bo'yni oq; urg'ochisining tumshug'i qizg'ish, dumi oqish bo'ladi. Ular kuzda qishlov joylariga uchib o'ta boshlaydi. O'rdaklar Osiyoning janubi, Shimoliy Afrika, Markaziy Amerika, shuningdek, o'lkamiz janubidagi suv havzalarida qishlaydi. Erta bahorda daryolar bo'yidagi qamishzorlar va qalin o'tlar orasiga uya quradi. Yovvoyi o'rdak. churrak. suqsun va boshqa o'rdaksimon qushlar ovlanadi. Yovvoyi o'rdak xonaki o'rdakning naslboshisi hisoblanadi.
G'ozlar o'rdaklarga nisbatan yirikroq: erkagi va urg'ochisi bir xil rangda bo'iadi. Ular o'simliklar bilan oziqlanadi. Baquvvat tumshug'i chetidagi o'tkir muguz plastinkalari yordamida o'simliklarni qirqib olib yeydi. O'zbekistonda xonaki g'ozlarning ajdodi bo'lgan ko'k g'oz in qurib, bola ochadi. Bu qush Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi oqimlarida uchraydi. Yevropa. Shimoliy Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va O'rta Osiyo suv havzalarida qishlaydi. G'ozlar go'shti uchun ovlanadi.
|
| |