Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Abstract. 
This article provides information about one of the main didactic issues in this 
area when creating multimedia training courses for the educational system - general 
methods of influencing training objects of modeling and visualization. 
Key words:
multimedia, didactics, modeling, method, education, information 
technology, computer, dynamic image, video recording, virtual laboratory, graphics, 
animation, video, voice and sound actions, real event. 
Ta’lim sohasidagi barcha islohotlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal 
rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi 


303 
pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda 
amalga oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida 
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali 
foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli 
fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy 
vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini 
oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini 
to‘la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin. 
Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o‘quv 
jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni, shu jumladan 
multimediyali o‘quv kurslarini qo‘llash, o‘qituvchi va o‘quvchining interfaol o‘zaro 
aloqalarini ta’minlash, multimediali o‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori 
malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bo‘ladi. 
Multimedia axborotlarni har xil ko‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini 
yaratish, uni ko‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish 
imkoniyatlarini yaratadi. 
Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn 
ko‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar ko‘rinishida ifodalanilishi o‘quvchilarni 
darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o‘rgatadi, chunki tavsiya 
qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. 
Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, ko‘rgazmali, ma’lumotli, 
trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo‘li bilan o‘quvchilarga ijobiy va samarali 
ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali o‘quv 
kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, 
virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitatsion animatsiyali 
modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun o‘quvchilarning o‘quv sinflari, kompyuter 
sinflari, o‘qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy 
shug‘ullanishlarini tashkillashtirish lozim bo‘ladi. 
Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali o‘quv kurslari amaliy tadbiqdan va 
tajribadan o‘tgan bo‘lishi bilan birga, o‘ziga xos pedagogik-psixologik xususiyatlarga ham 
ega bo‘lishi kerak. 
Multimediali o‘quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va 
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan o‘quv materiallarining tasvirlanish 
hamda ifodalanish formasiga va ko‘rinishiga bog‘liq bo‘ladi. Ular faqatgina misol va 
masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, 
balki butun o‘quv jarayonida o‘quvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishga 
qaratilishi lozim. 
Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia o‘quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan 
biri, shu mavzuni o‘rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa o‘z 
navbatida katta sondagi ko‘rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz 
jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika 
jarayonlarning hosil bo‘lish mexanizmini va rivojlanishini to‘liq namoyish qilib bo‘lmaydi. 
Ta’lim tizimi uchun multimediali o‘quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy 
didaktik masalalaridan biri – o‘qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir 
qilishning umumiy metodlari muhim o‘rinlardan birini egallaydi. 
Multimedia o‘quv kurslari avvalgi tradision o‘quv qo‘llanmalardan ko‘p jihatlari bilan 
farq qiladi. Shu jumladan, o‘quv materiallarini o‘quvchilarga tavsiya etish multimediali: 
grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqea va hodisalarni 
modellashtirish kabi boshqa ko‘plab elementlar orqali amalga oshiriladi, chunki ular 
natural obyektlar va ko‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki 
to‘liq qoplash imkonini beradi. Bu esa o‘quvchilarni o‘rganayot-gan mavzular bo‘yicha 


304 
bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 
chunki ular natural obyektlar va ko‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir 
miqdorda yoki to‘liq qoplash imkonini beradi. Multimedia o‘quv kurslarida o‘quv 
materiallarini to‘ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini oshiruvchi ko‘rgazmali vositalari 
alohida jadvallar, grafik sxemalar , rasmlar va boshqalardan iborat bo‘lgan slaydlar, 
videofilmlar va boshqa shunga o‘xshash ko‘rgazmali nazariy materiallar orqali 
tasvirlanilishi mumkin. 
Multimedia o‘quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va 
Internet tarmog‘i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali o‘quv kurslarini butun 
dune kompyuter tarmog‘iga joylashtirilishi, ulardan o‘quv jarayoni foydalanishda 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojoat qilish, o‘quvchilarga axborotlarni topish , izlash va o‘rganish 
faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. 
Xulosa qilib aytganda, multimedia o‘quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli dasturiy 
vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish lozim. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish