Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet510/551
Sana15.05.2024
Hajmi15,84 Mb.
#234763
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   551
Bog'liq
Asosiy oxirgi 17.05.2023 18.20

Key words:
digital transformation, business process, modern technologies, enterprise, 
software, digital markets, online banking, digital infrastructure. 
Raqamli transformatsiya korxonaning biznes jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni 
joriy etish hisoblanadi. 
Ushbu yondashuv nafaqat zamonaviy apparat yoki dasturiy ta’minotni o‘rnatishni, balki 
boshqaruv yondashuvlari, korporativ madaniyat va tashqi aloqalardagi tub o‘zgarishlarni 
ham nazarda tutadi. Natijada, har bir xodimning mahsuldorligi va mijozlarning qoniqish 
darajasi oshadi va kompaniya ilg‘or tashkilot sifatida obro‘ga ega bo‘ladi. 
Raqamli transformatsiyaning asosiy maqsadi barcha darajalarda qarorlar qabul qilishni 
tezlashtirish va tez o‘zgaruvchan dunyoda kompaniyaning raqobatbardoshligini saqlab 
qolishdan iborat. 


631 
Biznesning raqamli transformatsiyasi quyidagilarga imkon beradi: 
biznes jarayonlarini optimallashtirish va yaxshi foyda olish; 
kompaniyaning hayotiyligini va raqobatbardoshligini oshirish; 
kompaniyani yo‘q bo‘lib ketishdan qutqarish. 
Raqamli biznes transformatsiyasi kompaniyaning barcha sohalarini qamrab oladi va 
ularni optimallashtirish imkonini beradi. Natijada, xodimlarning mijozlar bilan 
munosabatlarida, balki jamoa ichidagi muloqotda ham o‘zgarishlar yuz beradi. 
Raqamlashtirish tushunchasi bilan ko‘pchilik korxonalarga axborot texnologiyalarni 
joriy etishni sinonim sifatida ko‘rishadi. Axborot tizimlari va biznes-jarayonlarni 
avtomatlashtirishni raqamli transformatsiyani bildirmaydi. Bu axborot tizimlarini joriy 
qilishdan ham yuqori. 
“Transformatsiya” so‘zini biznesni to‘liq almashtirish sifatida ham ta’riflash mumkin. 
Bunda tashkilotni rivojlantirish strategiyasi, uning maqsadi va yondashuvlari, mahsulotlari 
va xizmatlari, mijozlar bilan o‘zaro aloqasi, tuzilmasi, madaniy munosabati to‘liq o‘zgaradi. 
Umuman, biznes-model tubdan o‘zgargan holda tashkilot raqamli relslarga o‘tishini 
bildiradi. Bunda raqamlashtirish asosida quyidagi platformali yechimlar yotadi: 
tashkilotning butun servisini integratsiyalaydigan va tashkilot ichki jarayonlarini kompleks 
o‘zgarishini ta’minlaydigan raqamli ekotizim yaratiladi. 
Raqamli transformatsiya bilan biznesning qanday masalalarini yechish mumkin? 
Tashkilot ishining samaradorligini oshirish. Raqamli texnologiyalar yordamida turli 
operatsiyalarni tezlashtirish, kerakli ishlarni olib tashlash va muhim ishlarni 
tartiblashtirish, resurslarni qo‘llashni optimallashtirish mumkin. Bu mahsulot narxini 
pasaytiradi, samaradorlikni oshiradi va pulni tejaydi. 
Mijozlar bilan hamkorlikni mustahkamlash. Axborot texnologiyalari xizmat ko‘rsatish 
darajasini, tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi. Raqamli 
transformatsiya tubdan yangi xizmatlarni yaratishga imkon beradi. 
Boshqaruvni optimallashtirish. Avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish 
korxona faoliyati ustidan nazoratni soddalashtiradi, to‘g‘ri qarorlarni tezda qabul qilishga 
yordam beradi. 
Raqobatbardoshlikni oshirish. Bunga biznes jarayonlarini jadallashtirish, resurslardan 
foydalanish samaradorligini oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yangi 
mahsulotlar va yechimlarni yaratish orqali erishiladi. Raqamli kompaniya bozor 
sharoitidagi o‘zgarishlarga zudlik bilan javob beradi va bu ham raqobatbardoshlik uchun 
muhim hisobalanadi. 
Yuqoridagilardan raqamli biznes transformatsiyasining imkoniyatlarini ko‘rish mumkin. 
Raqamlashtirish mahsuldorlik va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. 
Asosiysi, u mijozlarga yangi mahsulotlarni taklif qilish, ularning ehtiyojlarini 
qondiradigan tovar va xizmatlardan foydalanish yo‘llarini zamon talablariga mos ravishda 
taklif qilish imkonini beradi. 
Raqamli bozorlar, taksi agregatorlari, oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari, onlayn 
banking – bu texnologiyaning biznesni o‘zgartirayotgani va yetakchilik imkoniyatlarini 
oshirayotganiga bir necha misollar hisoblanadi. 
Raqamlashtirish davrida raqobatga chidaydigan kompaniyalar uchun raqamli 
transformatsiya judayam muhim. Ammo bu har tashkilot o‘z biznes-modeliga qandaydir 
o‘zgartirishlar kiritmasdan raqamlashtirish sharoitiga o‘tsin degani emas. O‘zgarishlar 
raqamli transformatsiya shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirilgandagina 
muvaffaqiyat olib keladi. 
Ushbu shartlarning eng muhimi raqamli yetuklik deb ataladi. Bu raqamli 
transformatsiyalarga tayyorlik, strategiyaning mavjudligi, taktikani belgilash, jamoaning 
malaka darajasi va boshqa jihatlarni aks ettiradi. Ham joriy, ham kutilayotgan raqamli 
yetuklikni o‘lchash mumkin: buning uchun aniqlangan baholash mezonlari mavjud. 


632 
Kompaniya transformatsiyaga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash uchun bir nechta 
sohalar o‘rganiladi: 
Raqamli infrastrukturaning rivojlanish darajasi. Kompaniya juda ko‘p miqdordagi 
ma’lumotlarni samarali saqlash va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan uskunalardan iborat 
zamonaviy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish tizimlaridan foydalanish imkoniyatiga 
ega bo‘lishi muhim. Bu xususiy yoki bulutli infrastruktura va himoya tizimlaridan iborat 
bo‘lishi kerakligiga aniqlik kiritilishi kerak. Kamida raqamli transformatsiya 
texnologiyalarini tanlash va platformani ishga tushirish rejasi mavjud bo‘lishi kerak. 
Jarayonlar va maqsadli xizmatlarni tushunish. Raqamli transformatsiyaning 
boshlang‘ich davrida jarayonlarni belgilash va tavsiflash kerak. Har bir jarayon va 
xizmatlar mas’ul shaxsga biriktirilgan bo‘lishi kerak. 
Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash usullari. Agar axborot tartiblanmagan
tahlil qilish qiyin, uni yig‘ish qo‘lda bajarilsa, tashkilot o‘zgarishga tayyor emas. 
Muvaffaqiyatli raqamlashtirish ma’lumotlarga real vaqt murojaat qilish, katta hajmdagi 
ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va avtomatlashtirilgan qayta ishlash imkoniyatini nazarda 
tutadi. 
Mutaxasssislarni tayyorlash. Xodimlarni raqamli transformatsiyaga jalb etish jarayonini 
tashkil etish, ularga o‘zgarishlar, yangi vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqish 
zarurligini yetkazish, zarur ko‘nikmalarga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. 
Korporativ madaniyat. O‘zaro ta’sirning moslashuvchanligi, ochiq muloqot, 
hamkorlikdagi ijodkorlik — bu madaniy qadriyatlar raqamli transformatsiyaning yangi 
paradigmasiga mos keladi. 
Umuman olganda, raqamli transformatsiya hozirgi kunda korxonalarning ishlash 
jarayonini raqamlashtirishning muhim omili hizoblanadi. 

Download 15,84 Mb.
1   ...   506   507   508   509   510   511   512   513   ...   551




Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti international scientific and practical conference on algorithms and current problems of programming

Download 15,84 Mb.
Pdf ko'rish