Аннотация.
В статье изложены нормативно-правовые основы внедрения
дистанционной формы обучения в высших учебных заведениях Республики
Узбекистан, а также работа, выполненная в рамках проекта
“Новые технологии в
организации образовательного процесса в высших учебных заведениях
Узбекистана”
на основе инвестиций Всемирного банка для развития
дистанционного образования в Каршинском государственном университете,
внедрение дистанционного образования и его анализ.
Abstract.
The article describes the normative and legal basis of the introduction of
distance education in the higher education institutions of the Republic of Uzbekistan, the
work carried out within the project
“New technologies in the organization of the
educational process in the higher education institutions of Uzbekistan”
under the
investment of the World Bank for the development of distance education at Karshi State
University, as well as the implementation of distance education and its analysis.
Kalit so‘zlar
: masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim texnologiyasi, Moodle platformasi,
o‘quv kontenti, asinxron rejim, sinxron rejim.
Ключевые слова:
дистанционное обучение, технология дистанционного
обучения, платформа Moodle, учебный контент, асинхронный режим, синхронный
режим.
Key words:
Distance learning, distance learning technology, Moodle platform,
educational content, asynchronous mode, synchronous mode.
Bizga ma’lumki, oxirgi yillarda jahonda ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar ta’limni
yuqori bosqichga olib chiqish masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. O‘zbekiston oliy ta’lim
muassasalarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanishni taqozo etmoqda. 2022 yil
3 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida
masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 559-sonli qarori
masofaviy o‘qitish tizimining normativ huquqiy hujjati sifatida tan olinmoqda. Ushbu
qarorning ilova qismida “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi
to‘g‘risida nizom” keltirilgan. Nizom 7 bob, 33 banddan tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston
oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim tizimini huquqiy asosini qamrab oladi.
Masofaviy ta’lim to‘g‘risidagi nizomda quyidagi asosiy tushunchalar keltirilgan[2]:
avtoproktoring — imtihon jarayonida talabaning shaxsini avtomatik ravishda
autentifikatsiyalash, uning xatti-harakatlari va nigohi yo‘nalishini nazorat qilish, xonadagi
641
tovushlarni tahlil qilish, videodagi buzilishlarni tuzatish va hisobotlar tayyorlashga
yo‘naltirilgan dasturiy tizim;
asinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida
bir xil bo‘lmagan vaqtlardagi o‘zaro aloqa rejimi;
masofaviy ta’lim — talaba va ta’lim beruvchining axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishiga, interaktiv audio va videokonferensiyalar orqali ma’lum
vaqt orasida o‘zaro muloqotda bo‘lishiga, elektron pochta orqali to‘g‘ri va teskari aloqa
o‘rnatishiga, jumladan xabarlarni yuborishi va qabul qilishiga mo‘ljallangan, bilim va
ko‘nikmalarni, o‘quv dasturlarini masofadan turib o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim
shakli;
masofaviy ta’limni boshqarish tizimi — ta’lim jarayonini rejalashtirish, boshqarish,
amalga oshirish va baholashda qo‘llaniladigan dasturiy mahsulot (elektron ta’lim
platformasi);
masofaviy ta’lim jarayonining ishtirokchilari — ta’lim tashkilotining masofaviy ta’lim
shakliga qabul qilingan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda masofaviy ta’limning
tashkiliy-texnik va metodik ta’minotini amalga oshirishga mas’ul shaxslar;
masofaviy ta’lim texnologiyasi — talabalarga o‘quv materiallarining asosiy hajmini
yetkazishni, talaba va professor-o‘qituvchining o‘zaro interfaol harakatini ta’minlab
beruvchi, o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlashi uchun talabaga
imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va o‘qitish texnologiyalari;
sinxron rejim — o‘quv jarayoni ishtirokchilarining Internet jahon axborot tarmog‘ida
real vaqtdagi o‘zaro aloqa rejimi;
o‘quv kontenti — o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun mo‘ljallangan,
masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan o‘quv metodik materiallar
(o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar,
imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).
2019 yil fevral oyida Qarshi davlat universiteti mutaxassislari tomonidan jahon
bankining AIF fondi asosida “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini
tashkil etishda yangi texnologiyalar” loyihasi o‘z faoliyatini boshladi. Loyihaning asosiy
maqsadi – talabalarni modul-kredit tizimi asosida o‘qitish uchun eng muhim qismi
talabalarning mustaqil ta’limiga e’tiborning qaratilganligi bo‘ldi. Loyihaning bir qismi
sifatida talabalarning mustaqil ta’lim olishi samaradorligini oshirishga qaratildi va mustaqil
ta’limni to‘liq bajarish mexanizmi shakllantirildi[3,4]. Loyihani bajarish jarayonida amaliy
matematika, kimyo, filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishlarining 1-
kurslari tanlab olindi. Ushbu yo‘nalishlarning barcha fanlari LMS platformasi orqali
ro‘yxatdan o‘tkazildi va talabalarga platformada elektron resurslar bilan ta’minlandi.
Loyihaning asosiy maqsadi talabalar bilimining baholashning shaffoflikka asoslangan
texnologiyasini qo‘llash, mustaqil ta’limga asoslangan masofaviy ta’lim uchun dastlabki
shart-sharoitlar yaratishdan iborat[3,4]:
Loyihada ekspert OTMlar sifatida Buxoro davlat universiteti hamda Belgorod milliy
tadqiqotlar universitetlari(Rossiya Federatsiyasi) professor-o‘qituvchilari ishtirok
etdilar. Loyiha ijrochilari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Belgorod milliy tadqiqotlar
universitetining “Pegas” masofaviy ta’lim tizimi chuqur o‘rganilib, tahlil qilindi.
https://pegas.bsu.edu.ru LMS kontentdagi ma’lumotlar, shuningdek ma’ruzalar, amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlari, videomateriallar, glossariylar, testlar va ularning har xil
shakllari va adabiyotlar o‘rganildi. Yuqoridagilarga asos qilib universitetning masofaviy
ta’lim platformasi yaratildi. Platforma hozirgi paytda https://moodle.qarshidu.uz
manzilida, sirtqi ta’lim shaklida esa https://sirtqi.qarshidu.uz manzilida faoliyat
yuritmoqda. Platformada ma’ruza, topshiriq, test, semenar, glossariy, forum, chat,
ma’lumotlar bazasi, kitob, gipermurojaat, papka, fayl, sahifa kabi elementlar shakllantirib
borildi[4].
642
Dunyoda COVID-19 pandemiyasi masofaviy ta’limni rivojlanish uchun to‘liq asos bo‘ldi,
deyishimiz mumkin. Loyiha doirasida 3 ta yo‘nalishga 30 ga yaqin kurslar tashkil etilgan
bo‘lsa, o‘rganilgan tajribalar asosida pandemiya paytida 1830 ta kurslar yaratildi. Quyidagi
1-jadvalda kurslarning fakultetlar kesimida taqdim etiladi[3]:
1-jadval
|