649
2–rasm. Ma’lumotlar bazasida yuzdagi identifikatsion belgilarni ajratib olishning umumiy
algoritmining blok sxemasi
Ushbu algoritmda turli xil shaxs yuz tasvir namunalaridan foydalanilgan bo‘lib, unda 40
ta shaxs yuzining 10 ta turli burilish va ruhiy ko‘rinishlari tasvirlangan tasvirlardan
foydalanildi. Testlash uchun tasodifiy tarzda har bir to‘plamdan ikkitadan tasvir tanlab
olinib, o‘qitish tanlanmasida mavjud bo‘lmagan 80 ta shaxs tasviri hamda 160 ta yuz
bo‘lmagan tasvirlar mavjudligi inobatga olindi[3]. Shuningdek shaxs yuz tasvirini
identifkatsiyalash qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini aniqlash uchun birinchi va
ikkinchi tartibli xatoliklarni aniqlash kabi muhim natijalarni amalga oshirish zarur.
Qiyosiy tahlil natijasida keng tarqalgan algoritmlar tezkorligi bo‘yicha standart xolatda
(CPU-realizatsiya) taqqoslandi xamda ORL Database, AAF, YFDB tasvirlar bazalaridan
foydalanildi. Tajribalar Core i5 3,4 GHz protsessorli, 8 Gb operativ xotirali, 1050Ti 4Gb
videokartaga ega bo‘lgan personal kompyuterida amalga oshirilgan.