646
- ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda ayniqsa fizika
fanining molekulyar fizika sohasi darsliklarida to‘liq yoritib berish qiyin bo‘lgani
uchun
o‘quvchilar (talabalar)ga sohani tushunish qiyinchiliklar tug‘diradi.
Molekulyar fizika mavzularni “Kompyuterda modellashtirish” mashg‘uloti va “Virtual
laboratoriya” ishlari bilan to‘ldirilsa fizika darslarida samaradorlik oshadi.
https://vascak.cz saytida “Izotermik jarayon” mavzusida virtual laboratoriya
Molekulyar fizikaga tegishli laboratoriyalarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib
on-line rejimda bajarishlari o‘quvchilar (talabalar)ga mavzuni kengroq tushunishiga imkon
yaratadi. So‘nggi yillarida fizika bo‘yicha yozilgan o‘quv kitoblarning elektron variantlari
tayyorlanmoqda. Zamonaviy texnologiyalar fizik jarayonlarni o‘quvchilarga (talabalarga)
modellashtirish imkoniyatini beradi. Zamonaviy texnologiyalar fizika darslarida qo‘llanilsa
o‘quvchilar (talabalar) ni izlanuvchanlikka ijodiy fikr yuritishga
ish natijalarini tahlil
qilishga
talabalarni
bilim
olishini
faollashtiradi,
o‘qitishning
mazmunini
differentsiallashtiradi va bilim olishini individuallashtiradi, talaballarning bilimlarini
modellashga va mustaqillikga o‘rgatadi, turli o‘quv vositalaridan
kompleks foydalanishga
ko‘niktiradi, kompyuter yordamida o‘z bilimini tekshirishga, yo‘l qo‘yilgan xatolarni
aniqlashga va ularni tuzatishga o‘rgatadi. Yuqorida keltirilgan fikrlardan foydalangan holda
o‘quv jarayonini tashkillashtirilsa o‘quvchilar (talabalar)
fanga qiziqish bilan
yondashadilar. Fizika fanini chuqur o‘rganishlariga sabab bo‘ladi va ular dars mavzularini
puxta egallashadi.