639
samaradorligini yanada oshirish hisoblanadi. Bu texnologiyaning qo‘llanilishi jarayoniga
sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish, o‘quv materiallar turi va sifatini kuzatib borish,
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ochiq muloqat, o‘quv rejalarini tezkor o‘zgartirish hisobiga
o‘qitish sifatini oshirish imkonini beradi.
Talabalar va o‘qituvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng o‘qituvchi yuqorida yuqorida
ko‘rsatilgan veb manzilni faollashtiriladi va bu manzilda darslarni interfaol tashkil etish
uchun fan kursini tanlaydi.
Tizimning bu xizmatida o‘qituvchi kursning nomini tanlashi, o‘quv materiallarini va
tinglovchilarini kiritishi hamda tinlovchilarning rolini belgilashi talab etiladi. Bu jarayonni
o‘qituvchi darsgacha hozirgi kunda o‘quv jarayonida foydalanishda bo‘lgan ma’ruza
matnlari, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, glossariy kabi o‘quv
materiallarini tizimga yuklab qo‘yishi lozim bo‘ladi.
O‘qituvchi google classroom xizmatini ishga tushiradi va fandagi o‘quv materiallari
chegaralangan miqdorda yuklaydi. Shu o‘rinda eslatma sifatida ta’kidlash kerakki, tizimdan
ajratiladigan joy(virtual xotira) ma’lum miqdorda bepul hisoblanadi. Googleda 15GBgacha
virtual xotiradan joy olish bepul hisoblanib qo‘shimcha xotira qismi uchun to‘lov amalga
oshirish kerak bo‘ladi.
Tashkil etilgan virtual sinfga o‘quvchilarni taklif etish jarayoni amalga oshiriladi. Bunda
talabalar bir-birlari tashkil etgan kurslarga tinglovchi sifatida kursdoshlarini ro‘yxatiga
kiritishlari mumkin. Bu esa talabalarni tizimdan foydalanish ko‘nikmalarini yanada
shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Tizimda bilimni baholashda nazoratning bir nechta turlaridan foydalanish imkoniyati
mavjud(2-rasm).
2-rasm. Nazorat turlari
Xulosa qilib aytganda, bulut texnologiyasini o‘quv jarayonida qo‘llash talablarning
kompyuterli o‘qitish texnoogiyasi bo‘yicha dunyoqarashini kengaytirish imkoniyati
yaratishga xizmat qiladi.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari oshadi. Bu esa talabalarni o‘z sohalari bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishiga
ko‘maklashadi.