106
Android SDK (Android Software Development Kit);
ADT (Android Development Tools).
Java logotipi
Java dasturlash tili-eng ommalashgan dasturlash tillaridan biri bo‘lib unda korporativ
darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash
tili asosida paydo bo‘ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems
tomonidan platformaga (Operatsion tizimga) bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi yangi avlod
aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun
Sun xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra bu fikrdan voz
kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va kompaniya uning nomini Javaga almashtirdi
hamda uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun ma’lum o‘zgarishlar kiritishdi.
Java dasturlash tilining tarixi 1991-yilga boradi. Sun Microsystems
kompaniyasining
muhandislari, Patrick Naughton va James Gosling, kabel televideniyasi qurilmalarida
ishlatish uchun kichik dasturlash tilini yaratmoqchi bo‘lishadi. “Green” loyihasi
muhandislari yaratayotgan dasturlash tilida virtual mashina va Paskal dasturlash tilidan
farqli o‘laroq obyektlarga ihtisoslashish printsiplarini qo‘llab yangidasturlash tilini
yaratdilar. Yaratilgan dasturlash tili Java deb nomlandi. 1996-yilda Sun kompaniyasi Java
dasturlash tilining birinchi versiyasini chiqardi. Java 1.0 versiyasi
imkoniyatlari unchalik
ko‘p bo‘lmasada, 1998-yilda keyingi Java 1.2 versiyasida oldingi kamchiliklar to‘ldirilib
qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shildi.
Java Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP-object oriented programming) tili va u C++
ga ancha o‘xshash. Keyinchalik eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan xatolarga sabab bo‘luvchi qismlari
olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar (*.java
bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod
interpretator tomonidan o‘qib bajartiriladi. Java texnologiyasi o‘ta sodda, xavfsizlikni
yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to‘la obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili
bo‘lib, muhit (platforma)ga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik
qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to‘laligicha Java Virtual
Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java
faylni compilyator yordamida bayt kodga o‘giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga
o‘giriladi.
Java SE-Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda
ishlovchi
dasturlar, applet’lar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida
yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT,
Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi
hisoblanadi.
Java EE-Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi
hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan ko‘p
foydalanuvchilarga mo‘ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo‘llaniladi va asosan
internetda ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE
o‘z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko‘pgina boshqa qo‘shimcha
kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o‘z ichiga oladi ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server
Face) va boshqa ko‘pgina internetga asoslangan qo‘shimcha kutubxonalar.
107
Java ME-Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning ba’zi qismlarini o‘z ichiga oladi.
JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dasturlar yozish mumkin. Masalan, mobil
telefon uchun o‘yinlar va boshqa ilovalar yaratish mumkin.
Java dasturlash tili asosida dasturlash muhitini ta’minlab
beruvchi dasturiy
ta’minotlardan biri sifatida Android Studioni tavsiya qilish mumkin. Ushbu dasturiy
ta’minotni Windows OT o‘rnatilgan kompyuter ga o‘rnatish uchun Windows 7/8/10 (32-bit
or 64-bit) versiyasi bo‘lishi, tezkor xotira hajmi kamida 3 GB bo‘lishi (odatda 8 GB bo‘lishi
tavsiya etiladi, yana 1 GB Android Emulator uchun ham), xotiradan kamida 2 GB bo‘sh joy
bo‘lishi (4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator
system image uchun), ekran o‘lchami kamida 1280 x 800 bo‘lishi talab etiladi.
Bundan kelib chiqib, Core Java va Advanced Java bu Java SE ga tegishli bo‘lgan
bilimlar deydigan bo‘lsak, ularni o‘rganmay Java EE ga o‘tish mantiqan noto‘gri. Shuning
uchun dastlab Core Javani o‘rganish kerak. Qo‘shimcha ravishda shuni ham ta’kidlab
o‘tishimiz mumkinki, hozirgi kunda juda keng tarqalgan Android OS asosida ishlovchi
qurilmalari uchun ham aynan shu java tili texnologiyasi asosida dastur tuziladi.