• Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash.
  • Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasi




    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet15/16
    Sana04.01.2024
    Hajmi462,23 Kb.
    #130031
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    Курс иши қўлланма

    Referat tayyorlash. Talabalar qiyinchilik darajasi uning shaxsiy 
    imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha 
    referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyot- lardan tashqari 
    qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan 
    olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va x.k) foydalanib materiallar 
    yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng 
    ma’lumot berishga harakat qiladi. Zurur hollarda o‘qituvchidan maslahat va 
    ko‘rsatmalar oladi. 
    Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida ximoya qilinadi. 
    Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish 
    va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar 
    (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, 
    va x.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga 
    ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, 
    shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 
    bo‘yicha bir necha talabaga topshirish xam mumkin. 
    Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda 
    tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. 
    Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 
    Talabaga muayyan mavzu testlar, qiyinchilik darajasi xar xil bo‘lgan masalalar va 
    topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi. 
    Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talabalar va uni 
    tuzish qonun-qoidalari qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar 
    tuzishda mavzuning tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Konsultasiya 
    paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talabalarga javob berish darajasi 
    nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi 
    mumkin). 
    Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya 
    qilinadi. 
    Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu 
    bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi xam mumkin) ilmiy (referativ) 
    harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash toishirilishi mumkin. Bunda 
    talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertasiyalar, maqola va 
    monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan ajratib olib, tartibga soladi, 
    shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, 
    izohlar kiritadi, o‘z nuqtai nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba 
    o‘qituvchi bilan xamkorlikda ishlaydi. 
    Tayyorlangan maqola, tezis yoki kafedrada himoya qilinadi. 


    Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir 
    mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, 
    nazariy axamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab 
    qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish 
    talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yartish 
    vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani xal qilishning optimal 
    variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak. 
    Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar 
    berish, o‘qituvchi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirishi 
    mumkin. 
    Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 
    tizimli yondoshish; 
    barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; bajarilishi ustidan 
    qat’iy nazorat o‘rnatish; 
    tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. 
    Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun qo‘yidagi 
    talabalar bajarilishi lozim: 
    maqsad (bilimni mustaxkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy 
    faollikni oshirish, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirish va x- k) aniq 
    asoslanishi; 
    vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi; 
    topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada 
    xabardor bo‘lishi; 
    maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va 
    ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va moxiyatini tushuntirish, muammoli 
    topshirikqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli 
    momentlarni birgalikda xal qilish va x.k); 
    hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
    nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy, seminar, 
    laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultasiya uchun yoki nazorat uchun maxsus 
    ajratilgan vaqt, ma’ruza yo referat matni bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat 
    ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostardart topshiriqlar, savollar, 
    maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni 
    va mohiyatshsh tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va x-k.) 

    Download 462,23 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasi

    Download 462,23 Kb.
    Pdf ko'rish