P.Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari 2.1. Universitetda mustaqil ta’lim har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan
xolda, referat, uy vazifasi, prezentasiya, kurs ishi va shu kabi boshqa shakllarda
amalga oshirilishi mumkin.
Mustaqil ta’limni turlariga quyidagilar kiradi: •
ayrim mavzularni о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil о‘zlashtirish;
•
berilgan mavzu bо‘yicha referat tayyorlash;
•
amaliy mashg‘ulotlar va seminarlarga tayyorgarlik kо‘rish;
•
labaratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik kо‘rish;
•
kurs ishlarini bajarish;
s
•
nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llash;
•
mavzu yoki ma’lum bir bob bо‘yicha taxliliy ma’lumotlar asosida xulosalar
qilish va ilmiy maqola tayyorlash;
•
anjumanlarda ma’ruzalar bilan qatnashish;
•
bitiruv malakaviy ishini tayyorlash;
•
magistrlik dissertasiyasini tayyorlash;
•
fanlar bо‘yicha uyga berilgan topshiriqlarni
bajarish;
mavzular bо‘yicha slaydlar, prezentasiyalar tayyorlash.
О‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar
mustaqil ishini tashkil etishda boshqa shakllardan xam foydalanish mumkin.
2.2. О‘qitiladigan fanlar bо‘yicha ishchi о‘quv dasturlarida talabalar mustaqil
ishining mazmuni, mohiyati, shakli va hajmi xamda manbalari kо‘rsatiladi.
2.3.
Talaba mustaqil ishi uchun о‘quv rejada ajratilgan vaqtga mos ravishda
xar bir fan bо‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari,
topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va fakultet о‘quv-uslubiy kengashida
tasdiqlanadi.
2.4.
Mustaqil ishni bajarish uchun xar bir fan bо‘yicha talabalarga kо‘rsatma
va tavsiyalar ishlab chiqiladi xamda tarqatma material sifatida fan bо‘yicha birinchi
mashg‘ulotda talabalarga yetkaziladi.