kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning
tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga kо‘nika
boshlangan talaba faqat о‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina
qolmay, о‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, о‘zi zarur deb
hisoblangan qо‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab о‘zlash-tirishga
о‘rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda qо‘yidagi jihatlar
e’tiborga olinishi lozim: о‘qish bosqichi;
muayyan fanning о‘ziga xos xususiyati va о‘zlashtirishdagi qiyinchilik
darajasi; talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy
tayyorgarlik darajasi
(tayanch bilimi);
-fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; talabaning axborot
manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik
darajasi semestrdan-semestrga kо‘nikmalar hosil bо‘lishiga muvofik ravishda
о‘zgarib, olib borishi lozim. Ya’ni talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi
mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va
iktisodiy yondashishga о‘rgatib borish kerak bо‘ladi.
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik о‘zlashtirish
darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda qо‘yidagi shakllardan foydalanish mumkin:
fanning ayrim mavzularini о‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
о‘zlashtirish, о‘quv manbalari bilan ishlash;
amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
kurs ishi (loyixalar)ni bajarish; bitiruv malakaviy ishi va magistrlik
dissertasiyasi uchun materiallar to‘plash;
xisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
maket, model va adabiyotlar ustida ishlash;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali
savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezis va ma’ruza tayyorlash;
amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa
shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi
topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta
o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning
auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish,
kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilish kerak.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim
darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga
kiritilgan alohida mavzular
talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshi- riladi. Bunda mavzuning
asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar,
mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy
adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch
iboralarning moxiyatini anglagan holda mavzuga taaluqli savollarga javob
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa,
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va x.k.) o‘qituvchidan
maslahatlar oladilar.
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha matn kafedrada himoya qilinadi.