• Mavzu: Tikuvchilik sanoatining umumiy tavsifnomasi, perspektiv rivojlanishi. Kiyim, uning vazifasi. Kiyimga qo’yiladigan talablar.
  • Tayanch iboralar
  • 1. 2.Tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalarini mavjudligi va nomlari.
  • Kiyimning tavsifnomasi va klassifikatsiyasi
  • 1.4.Kiyimning vazifalar va unga qo’yiladigan talablar.
  • Nazorat savollari
  • Mustaqil ish topshiriqlari
  • 2 – Ma’ruza Mavzu: Buyumlarni ishlab chiqarishga texnik tayyorlash texnologik jarayoni. Darsni maqsadi
  • 2.1 Buyumlarni ishlab chiqarishning bosqichlari. Tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifi.
  • Tajriba sexida quyidagi guruxlar
  • Qarshi davlat universiteti




    Download 2,52 Mb.
    bet1/141
    Sana24.03.2017
    Hajmi2,52 Mb.
    #1968
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141

    O’ZBEKSITON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

    MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI

    «Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi » fanidan
    ma’ruzaiar matni
    5540600 – «Yengil sanoat mahsulotlari texnalogiyasi»

    yo’nalishi bakalavrlari uchun


    QARSHI - 2012

    ANNOTATSIYA
    Ushbu ma’ruza matni 5140900 - Kasb ta’limi (5540600- Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi) yo’nalishi talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ma’ruza matnida tikuvchilik korxonalarida gazlamalarni bichishga tayyorlash, bichi texnologik jarayonlari va turli assortimentdagi tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi asoslari hamda buyum qismlariga ishlov berish usullari yoritilgan.

    Tuzuvchi : Azimova.Sh.G’,“Kasbiy ta’lim” kafedrasi

    katta o’qituvchisi.

    Taqrizchilar: Omonova G,

    Qarshi qurilish kasb-hunar kolleji o’qituvchisi

    M.

    Kollej (ing . college) - 1) Buyuk Britaniya, AQSH va ayrim boshqa mamlakatlarda oliy, oʻrta, yuqori oʻrta oʻquv yurti (ayrim hollarda universitet tarkibida). Dastlab 13-asr boshlarida Buyuk Brita-niyada vujudga kelgan; 2) Fransiya, Shveysariya, Belgiya, shuningdek, Afrika va Osiyoning ilgari fransuz mustamlaka imperiyasi tarkibiga kirgan bir qancha mamlakatlaridagi oʻrta va toʻliqsiz oʻrta oʻquv yurti. Fransiyada dastlabki K. oʻrta asrda universitetlarda paydo boʻldi; 3) Oʻzbekistonda oʻrta maxsus, kasb-hunar oʻquv yurti. OʻzRning 1997 yil avg .da qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni hamda OʻzR Vazirlar Mahkamasining 1998 yil fevral dagi qaroriga muvofiq, kasb-hunar kolleji sifatida tashkil etilgan.

    Xurramov , QDU “Kasbiy ta’lim” kafedrasi

    dotsenti , tex.fan.nomzodi.
    Ma’ruza matni “Kasbiy ta’lim” fakultetining o’quv- uslubiy kengashida 2012 yil sentaybrdagi №2 ,bayonnoma) muhokama qilingan, ma’qullanlangan va QarDu o’quv-uslubiy kengashida (2012 yil noyabr №3 bayonnoma )tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya etilgan.

    Mavzu: Tikuvchilik sanoatining umumiy tavsifnomasi,

    perspektiv rivojlanishi. Kiyim, uning vazifasi.

    Kiyimga qo’yiladigan talablar.
    Dars o’quv maqsadi: O’quv kursi haqida umumiy tasavvurni shakllantirish. Tikuvchilik sanoatining umumiy tavsifnomasi bilan tanishtirish . Kiyim, uning vazifasi va unga qo’yiladigan talablar to’g’risida gi bilimlarni mustahkamlashdan iborat.

    Tayanch iboralar: yengil sanoat, assortiment, aksionerlik jamiyati , klassifikatsiya, ichki kiyim , ustki kiyim, maishiy kiyim, utalitar, iste’molchi talablar , gigienik talablar , ekspluatatsion talablar , estetik talablar ,ishlab chiqarish talablari, tejamkorlik.
    Reja:

    1.1. Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.

    1.2. Tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalarini mavjudligi va nomlari.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    1.3. Kiyimning tavsifnomasi va klassifikatsiyasi.

    1.4. Kiyimning vazifalari va unga qo’yiladigan talablar.

      1. Fanning maqsad va vazifalari

    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, barcha jabhalar qatorida sanoat ishlab chiqarishida ham, jiddiy o’zgarishlar ro’y berdi.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    Jumladan, yengil sanoat korxonalarini qaytadan qurish, zamonaviy asbob – uskuna va mashinalar bilan jihozlash, ilg’or texnologiyalarni qo’llash, kam vaqt sarflab ko’p mahsulot ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish oqimlarini qurish, ularni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish kabi ishlar amalga oshirildi.

    Ma’lumki, yengil sanoat tarmog’i aholini xalq iste’moli tovarlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladi.

    Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

    Xalqimizni iste’mol tovarlariga: kiyim – kechak, charm – poyafzal, triotaj mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun bejirim, zamonaviy modaga mos, raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab chiqish zarur. Buning uchun esa, soha mutaxassislaridan kiyim tayyorlash jarayonini takomillashtirish, kiyim detallarini biriktirishning yelimlab ulash va payvandlab ulash kabi ilg’or usullarini texnologik jarayonlarida qo’llash, namlab – isitib ishlov berish va pardozlash jarayonlarini takomillashtirish borasida izlanish olib borishlari talab etiladi. “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” fanining maqsadi – yengil sanoat korxonalarida, jumladan, tikuvchilik korxonalarida buyumlarni xom – ashyo holatidan tayyor mahsulot bo’lgunga qadar bo’lgan texnologik jarayonlar:

    - gazlamalarni qabul qilish;

    - bichish;

    - tikish;

    - namlab – isitib ishlov berish;

    - pardozlash

    bosqichlarida qo’llaniladigan barcha texnologik operatsiyalarni xususiyatlarini o’rganish, bilim va ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.
    1. 2.Tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalarini mavjudligi va nomlari.
    Tikuvchilik ishlab chiqarish korxonalarida bir necha nuqtalar bo’lib, bo’lar asosan assortimentlar bo’yicha bo’lingandir.

    1.”Qizil tong” aksionerlik jamiyati asosan ustki kiyim assortimentlarini ishlab chiqaradi. Ularga palto, kalta palto, erkaklar va ayollar plashlari kiradi.

    2. “Yulduz” aksionerlik jamiyati asosan erkaklar kostyumlari, yakka tartibda shimlar, har xil razmerlarda ayollar jaketlari ishlab chiqaradi.

    3.“Parizod” aksionerlik jamiyati engil assortimentlar bo’yicha ayollar va qizlar uchun kostyum va kuylaklar ishlab chiqaradi.

    4.Namangan viloyatidagi tikuvchilik korxonasida erkaklar sorochkasi ishlab chiqariladi. Samarqandda ayollar va erkaklar plashi va kurtkalari, Krasnogorsk posyolkasida bolalar ustki kiyimi, paltolar va x.k.

    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.




      1. Kiyimning tavsifnomasi va klassifikatsiyasi

    Kiyim – odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi va estetik finksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuidir. U badanning 80 % dan ortiq qismini yopib turadi va odamning tashqi muhitdan noqulay sharoitlardan saqlaydi, tananing normal sog’lom holatda bo’lishiga yordam beradi.

    Hozirgi kiyimlarning bari turli-tumanligini quyidagi tartibda turkumlash qilish mumkin. Jins yosh elementlariga binoan, kiyimlar (erkaklar va ayollar kiyimiga va bolalar kiyimiga) bo’linadi. Bolalar kiyimi o’z navbatida yoshiga qarab bo’linadi, ya‘ni yosh bolalar kiyimi va o’smirlar kiyimi kostyumlariga bo’linadi.

    Ishlatilishiga binoan kiyim: ichki kiyim va ustki kiyimga bo’linadi. Ichki kiyim badan ustiga kuylak ichidan, ustki kiyim esa ustidan kiyiladigan kiyimga aytiladi.

    Turli xil fasllarda mavsumiy kiyimlar ham kiyiladi, jumladan qishlik, baxorgi, yozgi va kuzgi kiyimlar bo’linadi. Mavsumga binoan bo’lishi iqlim sharoitiga bog’liqligidadir.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.

    Mo’ljallanishga binoan kiyim: forma kiyimi, sport va tomosha kiyimiga bo’linadi. Bu turlarni har birini yana gruppa va kichik gruppalarga bo’lishi mumkin. Maishiy kiyim: bunga; uxlashdagi, ertalabki va kechki kiyimlarga, uy ishlarini va mexmon kutish kiyimlari, ish kiyimi, turli marosimlar va bashang kiyilgan madaniyat va tomosha muassasalariga borish uchun mo’ljallangan kiyimlar kiradi.

    Ishlab chiqarishda kiyimlar turlariga binoan bir-biridan farq qiladi va maxsus muhofaza ish kiyimlariga bo’linadi. Bo’lardan yo’l qurilish ishchilariga zarg’aldoq rangda tayyorlanadi.

    Maxsus kiyim mehnat spefsifikatsiyasiga va ishlab chiqarish sharoitiga bog’liq bo’ladi. U ishchilarni ishlab chiqarish ta‘siridan muhofaza qiladi, masalan konchilarni, metallurglarning, ximiya sanoati xodimlarining kiyimlari yoki g’ayri tabiiy sharoitda muayyan ishlar bajarish maqsadida foydalanish mumkin. G’ovvozlar, o’t uchiruvchilar, kosmonavtlar kostyumlari maxsus gazlamalardan GOST talabiga qat‘iy rioya qilingan holda tayyorlanadi. Gazlamalarning GOST talabidan qat‘iy ish kiyimlik vazifasi ishlovchining odatdagi ishidir. Ishdan chiqish va yirtilishdan saqlash yoki ishlovchi uchun bevosita kiyim bo’lib, masalan, sotuvchilar, mediklar, tuqimachilar, sartaroshlar kiyimlari xizmat qilishda ishlatiladi. Firma kiyimi, xarbiylar kiyimi, mahkamalar kiyimi masalan, militsiya xodimlarning, grajdan aviatsiya va flot xodimlarining, fermerlardagi, jamoat tashkilotlarining forma kiyimlariga, maktab formasi kiyimlarga bo’linadi. Jamoat tashkilotlarining forma kiyimlari oddiy va qulay qilib tikiladi.

    Tomosha kiyimlari artistlar teatrda, estradada, sirkda kiyib chiqadigan ommaviy teatrlashtirilgan yurishlarda, kornovallarda, festivallarda, xalq bayramlarida va handalarda kiyiladigan rangi va shakli jihatdan nihoyatda turli tuman kostyumlarni o’z ichiga oladi.

    Artist (frans. artiste - bilimdon; lot. ars, artis - kasb, hunar, sanʼat) - dramatik spektakl, kinoda rollar, ope-ra va balet partiyalari, estrada konserti va sirk nomerlari ijrochisi. Teatr va kinoda aktyor, aktrisa deb ham yuriti-ladi.

    Kiyimlik kostyum nimaga mo’ljallanganligi ,mavsumga qarab har xil matolardan tuqiladi. Bu jihatdan kiyimni jun, shoyi, ip gazlamalar, zig’ir tolali materiallardan shuningdek so’ngi sintetik va boshqa tolali materiallardan tikilgan kiyimlar bo’ladi.

    Shoyi, shohi - ipak mato; 19- 20-asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda barcha ipakchilik rivojlangan yirik markaz (Fargʻona, Buxoro va boshqalar)larda ishlab chiqarilgan. shahrining arqoq va tanda iplari bir xil ingichka ipak iplardan iborat boʻlib, sodda toʻqilgan: har bir arqoq ip orasiga tanda iplar tushgan, yuzasi silliq, oʻngtersi bir xilda boʻlgan; eni 33-35 sm, 20-asr 30-yillaridan 50-54 sm ga kengaygan. shahrining gulsiz sidirgʻa va gulli (abr gulli), yoʻlyoʻl, katak gulli xillari maʼlum. Turli ipakchilik markazlarining Sh.lari qalinyupqaligi, gullari, rangi (koloriti) bilan farqlangan. Fargʻona Sh.si yupqa va pishiqligi, yumshoq va mayinligi bilan boshqa Sh.lardan ajralib turgan; abr gullari toʻlqinsimon yoki uslublashtirilgan novda, gul shaklida, rangi binafsha, sariq, feruza, kulrang . Buxoro Sh.si qalin toʻqilgan, tanda iplari zichligi tufayli qattiq, gʻijimlanmaydigan hamda suv oʻtkazmaydigan boʻlgan; gullari katta doira, tuxumsimon shakllarda, ikki chetlari qator yoʻllar, 8 yoki toʻlqinsimon chiziqlar bilan hoshiyalangan; rangi koʻproq qizil va sariq, oq, nafarmon, och nastarin, feruza ranglar.

    Kiyimni shuningdek, assortiment gruppalarga binoan ham klassifikatsiya qilinadi. Hamma kiyimlar sinflarga bo’linadi.

    Tikuv buyumlari 85 raqami belgisi sinf deb tasdiqlanadi.

    85 kiyim

    851 ustki kiyim

    852 kostyumli buyumli

    853 ichki kiyim, kuyla

    854 bosh kiyim

    855 ishlab chiqarish va maxsus ish kiyim

    856 texnikaga oid tikuv buyumlari

    857 qo’shilma bo’lgan tikuv buyumi

    858 maxsus talablarga oid tikuv buyumlari

    859 zahira.

    Ommaviy kiyim tikishda kiyimlar turli razmerda rostda va tulalik o’lchamlariga binoan tikiladi. Razmer ko’krak aylanasi bo’yicha aniqlanadi. Kiyim uzunligi esa gavda bo’yidan olinadi. Kiyim razmerlari santimert lentalarda quyidagicha 88-92-96,100-120 gacha o’lchanadi. O’smirlar uchun 88-92 razmerlar, kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 64-68-72 razmer katta yoshdagi maktab bolalar uchun 76-80-84 maktabgacha bo’lganlar uchun 56-60 yoshli yoshdagi bolalar uchun 48-52 erkaklar kuylagining razmeri kukrak aylanasining o’lchami hamda bo’yin aylanasining o’lchami bilan aniqlanadi.

    Ko’krak aylanasi 67,68,722,88,92,96 va x.k. bo’yin aylanasi 31,32,33 dan 37, 38, 39 va undan yuqori.

    1. Maishiy kiyimlar uch to’lalik gruppalarga ajratiladi. Erkaklar uchun bel aylanasiga ko’ra 1,2,3 to’lalik ayollar uchun bo’lsa, ko’krak aylanasiga ko’ra kichik, o’rta, katta to’lalikda bo’ladi. Ommaviy kiyim tikilgandagi uzunligini, razmeri va to’laligini markazlashda bir necha xillarda yoziladi, masalan 3 rost o’rta razmer, 2 to’lalik gruppasi bo’lsa, erkaklar kiyimi uchun 170-100-89, ayollar kiyimi uchun 158-96-104.

    2.Maxsus kiyimlar assortimentlaridagi razmerlardan loqaydlik intervali kalka bo’ylab 2-4 sm gacha oshiriladi. Firma kiyimlar, maishiy kiyimlarning razmer va rost shakli bo’yicha tikiladi.


    1.4.Kiyimning vazifalar va unga qo’yiladigan talablar.
    Hozirgi vaqtda kiyimning asosiy vazifalari quyidagi guruxlarga bo’linadi:

    - utalitar: himoyaviy va fiziologik - gigienik

    - axborot – estetik: axborot va estetik

    Kiyimning himoyaviy vazifasiga uning tashqi muhit ta’siridan, mexanik ta’sirlardan va ishlab chiqarish ta’sirlaridan saqlash hususiyatlari kiradi.

    Fiziologik – gigienik vazifalarga kiyimning statika, dinamikada qulayligi, mikroiqlim qulayligi kiradi.

    Shuningdek, kiyim shaxs to’grisida va kiyim to’g’risida axborot berish vazifasini bajaradi. Kiyimning estetik funksiyasi uning kishi obraziga mos bo’lgan, konstruksiya jixatdan Murakkabligi va haridorgir ko’rinishi bilan tavsiflanadi.

    Kiyim assortimenti axolining didi, talabining o’sirishi, madaniyatining o’zgarishi natijasida doimo o’zgarib turadi. Kiyimga ikki gurux talablari:

    - iste’molchi talablar ( gigienik, ekspluatatsion, estetik )

    - ishlab chiqarish talablari ( tejamkorlik, texnologik ) qo’yiladi

    Gigienik talablar – insonni tashqi muhitning turli omillaridan himoyalash (sovuq, issiq, nam - ter ), mexanik va kimyoviy zararlanishdan himoyalash, organizmni normal hayot faoliyatini ta’minlaydi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Ekspluatatsion talablar deganda, kiyimning vazifasiga va foydalanish sharoitlariga mosligi, qulayligi, chidamliligi, ishonchliligi va shakli barqarorligi tushuniladi.

    Estetik talablar deganda, kiyimning modaga mosligi, yangi materiallardan bejirim tikilganligi, iste’molchini estetik didini qondirishi tushuniladi.

    Bu talablar kiyimning sifati va aholi talabi hususiyatlari shakllanishini ta’minlovchi talablar hisoblanadi.

    Kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim tayyorlashga yo’naltirilgan ishlab chiqarish talablaridan biri, tejamkorlik bo’lib, u ishlab chiqarishni texnologik, konstruktiv va texnik jixatdan tayyorlash bilan bog’liq harajatlar, shuningdek iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi.

    Texnologik talablar deganda, bir vaqtning o’ziga bitta ishlab chiqish oqimida tikish mumkin bo’lgan kiyimlarning tuzulishi va tikish usullarining o’xshashligi, ishlatilgan mashina va moslamalarning bir turli ekanligi natijasida mehnat sarfini qisqartirish va mahsluotni tayyorlashda yuqori texnik - iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash tushuniladi.


    Nazorat savollari:

    1. Yengil sanoat mahsulotlari texnlogiyasi fani nimani o’rgatadi ?

    2. Toshkentdagi tikuvchilik aksionerlik jamiyatidan qaysilarini bilasiz ?

    Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    3. Kiyim deb nimaga aytiladi ?

    4. Kiyim assortimentlarini turlarini ifodalab bering.

    5. Kyimning vazifalari.

    6. Kiyimning axborot funksiyasi nimadan iborat ?

    7. Kiyimga qanday talablar qo’yiladi ?

    8. Kyim qanday turkumlanadi ?
    Mustaqil ish topshiriqlari:
    1. Tikuv buyumlarining tasniflanishi(sinflarga, kichik sinflarga, guruhlar, kichik guruh, tur, kichik tur va h.zo)ni mustaqil o’rganing.

    Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

    1. M.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

    Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 1989 y.

    2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.

    3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1997 yil

    4. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil
    2 – Ma’ruza
    Mavzu: Buyumlarni ishlab chiqarishga texnik

    tayyorlash texnologik jarayoni.
    Darsni maqsadi: Buyumlarni ishlab chiqarish учун тайёрлов ишлари боскичлари va foydalaniladigan норматив - техник hужжатлар to’g’risidagi bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
    Tayanch iboralar: konstruksiya, model, badiiy - texnik kengash, andoza, etalon andozalar, ishchi andozalar, yordamchi andozalar, qo’shimcha andozalar, joylashma, bo’rlama, andozalar orasidagi chiqindilar, fond normasi, noratsional qoldiqlar.

    Reja:
    2.1. Buyumlarni ishlab chiqarishning bosqichlari. Tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifi.

    2.2. Andozalar turi va ularni tayyoorlashga qo’yiladigan talablar.

    2.3. Andozalar satxini hisoblash usullari.

    2.4. Gazlama sarfini normalash.


    Tikuvchilik buyumlarini ishlab chiqarish murakkab jarayon bo’lib, bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi:

    1. Buyum modelini yaratish va konstruksiyasini tuzish.

    2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash.

    3. Gazlamalarni bichish.

    4. Buyumlarni tikish.

    5. Buyumlarni pardozlash.


    2.1 Buyumlarni ishlab chiqarishning bosqichlari. Tajriba sexdagi texnologik operatsiyalarning tasnifi.
    Kiyimning yangi modellari Modalar uyida, shuningdek, yirik tikuvchilik korhonalarining tajriba sexlarida ishlab chiqariladi. Tajriba sexlarining asosiy vazifalari qo’ydagilardan iborat:

    -kiyimlarning, ular alohida uzellarining va ishlab chiqarish texnalogiyasini takomillashtirish;

    - modellarni ishlab chiqarishga tushirishga tayorlash;

    -yangi modellar texnalogiyasini ishlatib ko’rish va yangi uskunalarni ishlatish yuzasidan tavsiyalar tayyorlash;

    -yangi modellar ishlab chiqarish texnalogik jaroyonlarini nazorat qilish;

    -har bir modelga sarflanidigan materiallarni, furniturani me’yorlash.

    Har bir modelga asosiy va qo’shimcha matiriallarni bichishda ishlatib ko’rilgan andazalardan, modelning tashqi ko’rinishi tavsifidan; tavsiya qilingan materiallar va furnitura ro’yhatidan; detallarning ularni bir hillashtirish hisobga olingan ro’yhatidan; o’lchovlar tabelidan; texnalogik ishlov berish xususiyatlarining tavsifidan; urtacha o’lcham – rostga materiallar va furniture sarfidan; tamg’alash va o’rash haqidagi tavsiyalardan iborat to’liq texnik hujjatlar ishlab chiqiladi.

    Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jixatdan tayyorlashning dastlabki bosqichi kiyimlarni modelini yaratish xisoblashdi. Model – tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir.

    Kiyimni yangi modeli modelar uyidan tashqari, malakali rassoom-modelchi yoki modelyer-konstruktorlarga ega bo’lgan tikuvchilik korxonalarda yaratildi.

    Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

    - gazlama ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish;

    - gazlama va qo’shimcha bezak materiallarni tanlash;

    - model eskizini korxonada bosh muxandis boshchiligidagi muxandis texnik xodimlardan iborat badiiy - texnik kengashda tasdiqlash;

    - eskiz bo’yicha buyumni rassom – modelchi va texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish;

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.

    - yangi modeldagi kiyimni badiiy - texnik kengashda ko’rib chiqish va katta badiiy - texnik kengashga tavsiya etish.

    Katta badiiy - texnik kengash yengil sanoat korparatsiya qoshida tashkil qilingan bo’lib, yilida ikki marta yig’ilish o’tkazadi.

    Bu badiiy – texnik kengash tartibiga tikuvchilik sanoati, Modalar uyi va savdo tashkilotlar xodimlari kiradi. Katta badiiy – texnik kengashda o’tgan modellarni ommaviy ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash tikuvchilik korxonani tajriba sexida amalga oshiriladi.



    Tajriba sexida quyidagi guruxlar faoliyat ko’rsatadi:

    1.Modelchilar guruxi.

    2.Konstruktorlar guruxi.

    3.Normalash guruxi.

    4.Andozalar ko’paytirish guruxi.

    5.Andozalar yuzasini aniqlash guruxi.

    6.Tajriba olib borish guruxi.

    7.Buyumni qayta ishlab chiqarish guruxi.

    Modelchilar guruxi yangi buyum modellarini ishlab chiqadi.

    Konstruktorlar shu modelning har bir bo’lagini aniqlaydi va andoza bo’laklarini yaratadi.

    Normalash guruhi bitta modelga sarf bo’ladigan gazlama normasini hisoblaydi va uni hujjatlashtiradi.

    Andozachilar guruhlari berilgan kartonlarda 1:1 masshtab orqali andozalar chizib ko’paytiradi. Har bir qirqilgan kontur chiziqlari bo’yicha 0,1-0,2 sm kenglikda yoki boshqa tur buyoqlar bilan chizib chiqiladi. Har bir qirqim tomonlariga muhrlar qo’yiladi.

    Andoza yuzasini har xil usullar bilan aniqlanadi. IL mashinasida planimetr yordamida, tortish usullari yordamida, hisob yo’llari bilan yuzalar aniqlanadi.

    Tajriba olib borish guruhida 2 ta tikuvchi –sinovchi, modelni tajriba sifatida tikadi va nuqsonlarini aniqlaydi.


    Download 2,52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




    Download 2,52 Mb.