Nazorat savollari:
-
Erkaklar kuylagi yengi turlari.
-
Manjet qanday tartibda tikiladi?
-
Yeng yeng o’miziga qanday tartibda o’tkaziladi?
-
Ayollar kuylagi yeng uchiga ishlov berish usullarini ayting.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Ayollar kuylagi yeng uchiga ishlov berish usullari sxemasini chizing.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 214-217 va 231-233 bet.
2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 321-326 betlar.
12 – Ma’ruza.
Mavzu: Ustki kiyim tikish texnologiyasi jarayonlari.
Dars maqsadi: . Ustki kiyim tayyorlashning umumiy bosqichlari to’g’risida tasavvurlarni shakllantirish va usullarini o’rganish.
Tayanch iboralar: turg’unlashtirish, avra, bort qotirmasi, ort bo'lak, o'rta chok
Reja:
12.1. Ustki kiyim tayyorlashning umumiy sxemasi.
12.2. Boshlang’ich ishlov berish haqida tushuncha. Qirqimga ishlov berish turlari.
Kiyim detallarini turg’unlashtirish
12.3. Kiyim mayda detallarini tikish.
12.4. Vitochkalarni tikish va
12.5. Kiyim detallarini kesimini tikish.
12.1. Ustki kiyim tayyorlashning umumiy sxemasi.
Kiyimlarni tikish bir necha texnologik jarayonlardan iborat bo’lib,bunda kiyim detallari va uzellarl tikilib, asosiy detalga ulanadi. Turli kiyimlarni tikish jarayonini o’rganib chiqish uchun, kiyim uzellarini texnologik ketma-ketlik tartibida alohida guruxlarga bo’lib ko’rib chiqish kerak.
Ust kiyimlardan palto, kostyum, pidjak, plash va shu kabilarning tikish metodlari o’xshash bo’ladi. Quyida ust kiyim uzellarini tikilishinig umumiy sxemasi ko’rsatilgan. Ba’zi modellarni tikishda, uning detallari soniga va konstruksiyasiga qarab, sxemadagi tartibga o’zgartirishlar kiritiladi. (Texnologik tartib o’zgarishi mumkin bo’lgan uzellar sxemada qoraytirib ko’rsatilgan).
Kiyimning ayrim qismlariga ishlov berishda va ularni ulashda, ommaviy kiyim tikishga mo’ljallab ishlab chiqilgan texnologik ko’rsatmalarga rioya qilinadi.
12.2 Kiyim detallariga boshlang’ich ishlov berish va turg’unlashtirish.
Kiyim detallariga boshlang'ich ishlov berishga quyidagilar kiradi:
1. Qirqimlarga iushlov berish.
2. Detallarga yelim qotirmalar yopishtirish.
3. Vitochkalar va koketkalarni tikish.
4. Kesimga ishlov berish.
Qirqimga ishlov berish turlari.
Gazlamaning xili, ishlov berish usuli va mavjud jihozlarning turiga qarab gazlamalardan bichiladigan detallarning qirqimlarini titilishidan asrash uchun quyidagi ishlov berish turlarini ko'rib chiqamiz.
Qirqimga ishlov berish turlari.
№
|
Qirqimga ishlov berish turi
|
Ishlatilish sohasi
|
|
|
|
1
|
Ishlov berilmaydigan qirqim
|
Titilmaydigan gazlama qirqimlarida, berk choklarda ishlatiladi
|
2
|
Arra tishli qaychida qirqish
|
Titilmaydigan gazlama qirqimlarida ishlatiladi
|
3
|
Maxsus mashinada yo’rmash
|
Ustki kiyim va kuylak qirqimlarida ishlatiladi
|
4
|
Qirqimni bukib baxiyaqator yuritish
|
Titilmaydigan gazlamalardan tikilgan ko’ylak qirqimida ishlatiladi
|
5
|
Qirqimga mag’iz qo’yish
|
Qalin gazlamalarning qirqimlarida ishlatiladi
|
6
|
Qirqim bo’ylab yelim surkash
|
Detallarni yelimlab yopishtirishda ishlatiladi.
|
7
|
Qirqimni kuydirish
|
Kimyoviy tolali gazlama qirqimlarida ishlatiladi.
|
8
|
Turli xil kimyoviy moddalrni shimdirish
|
Kimyoviy tolali gazlama qirqimlarida ishlatiladi.
|
9
|
Qo’lda yo’rmash
|
Yakka tartibdagi tikishda ishlatiladi.
|
Ust kiyim detallarini turg’unlashtirish va ba’zi foydalanish hususiyatlarini yaxshilash uchun, kiyimning asosiy detallari yoki uchastkalariga to’qima yoki noto’qima materiallarga yelim qoplangan qotirmalar yopishtiriladi. Kiyim detallarini turg’unlashtirishda asosiy maqsad - kiyimning tashqi ko’rinishini ko’rkamlashtirish va mahsulot sifatini yaxshilashdir.
Hozirgi vaqtda ust kiyimlar bort qotirmasi ikkita qavat: asosiy qotirma va qo’shimcha qotirmadan iborat bo’lib, uning qo’shimcha qotirma qavatini o’rish iplari asosiy qotirmaning iplariga nisbatan 300 yoki 750 burchak ostida bichilgan bo’ladi. Qotirmani detalga yopishtirish va shakl berish yassi yostiqli maxsus presslarda, bir vaqtning o’zida bajariladi. Pressning ostki yostig’i ustiga navbati bilan kiyimning old bo’lak avrasini, qotirmani, bort qotirmasining asosiy qismini, yelim qotirmani qo’yib, press yostig’ini yopib, old bo’lakka shakl bergan holda, bir yo’la hamma detallar bir - biri bilan yopishtiriladi.
Kiyim sifatini yaxshilashga qaratilgan ilg’or yo’nalishlardan biri, turli kiyimlarning avra materialiga mos keladigan yangi materiallardan qotirmalar yaratishdir. Shunday materiallardan biri, erkaklar pidjagiga yopishtiriladigan ko’p zonali termoplastik qotirma materialdir.
Masalan, “Xo’ngartoteks” (VXD) firmasining “Pafiks komba” artikulli ko’p zonali qotirma materiali erkakalar pidjaki old bo’lagi shakilini turg’unlashtirish maqsadida ishatiladi. Bu qo’tirma materialning asosiy xusuiyati shundan iboratki, uning qattiq, yarimqattiq va yumshoq zonalari mavjud bo’lib, bu zonalar bir – biridan tarkibi, qalinligi, eni, turqilishi, zichligi bilan farq qiladi.
Birinchi zona boshqa zonalarga qaraganda qattiq bo’ladi va viskoza, ip, jun tolalariga tabiiy yoki sintetik qil aralashtirilib to’qiladi.
Ikkinchi zona birinchisiga qaraganda yomshoqroq o’tar zona bo’lib, asta – sekin qattiq zonadan yumshoq zonaga o’tadi. Bu yerda turli tolalar navbat bilan almashtirilib ishlatiladi. Uchinchi zona yumshoiq bo’lib u bir xil ipdan va ikkala zonadagiga qaraganda siyrakroq to’qilgan bo’ladi.
Qotirma materialini bichishda, andozalar uning zonasiga qarab joylashtiriladi. Masalan, old bo’lakning yuqori qismi, ya’ni yeng o’mizidan 20 sm ga pastgi qismi qattiq zonaga, undan yon cho’ntak chizig’igacha bo’lgan qismi yarim qattiq zonaga va cho’ntak chizigi’dan pastki qismi yumshoq zonaga, pidjakning boshqa mayda detallariga qo’yiladigan qotirma andozalar esa to’shamaning ochiq joylaridagi zonalariga qarab joylashtiriladi.
Bichilgan qotirma detallari 145–150 0 C haroratda, 0,04-0,5 mpal bosim ostida “Pannoniya” (VXR) firmasining ChS–371, ChS–12–36 A markali presslarida 18–25 sekund vaqt davomida yopishtiriladi.
12.3 Kiyim mayda detallarini tikish.
Kiyimni mayda detallariga cho’ntak qopqog’i ,listochka , belbog’, xlyastik va xokazolar kiradi.
Xlyastik bilan belbog’ni tikishda, ustki kiyimlar uchun avra va astar holda ishlov beriladi.Avra o’ngiga astar o’ngini qo’yib, 0,5-0,6sm kenglikda ag’darma chok bilan biriktiriladi. Xlyastik uchlari tikilganida chokka 0,1-0,2sm yetkazmasidan kertim beriladi va o’ngiga ag’darib,avra tomon 0,1-0,2sm kenglikda ziy chiqariladi. Xlyastik va belbog’ bir xil ishlov birish bilan tikiladi va namlab isitib dazmollanadi. Belbog’ xlyastiklariga ishlov berishdagi chok uchlarida asosiy gazlamada 0,5-0,7sm salqi beriladi va dazmol yoki pressda maxsus taglik orqali dazmollanadi.
Cho’ntakqopqoqqa ishlov berish. Cho’ntakqopqoqni universal mashinada tikish uchun , avra va astar gazlama detallarining o’ngini ichkariga qaratib, aylana yoki uchli joylarida avradan 0,2-0,3sm solqi hosil qilib, astar tomondan ag’darma chok bilan tikiladi. Bunda detalning astari avrasidan ko’ra, 0,4-0,6sm ensiz bo’lishi kerak. Cho’ntakqopqoq burchaklari 0,2-0,3sm kenglikda chok haqi qoldirib qirqib tashlanadi.
Cho’ntakqopqoqni tikishni takomillashtirish maqsadida avra va astar gazlamalarini yelimlab yopishtiradigan apparatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun avra va astar gazlamalarini qolip yordamida teskari tomonga bukib presslanadi, avraning bukilgan ziyiga yelim plyonka qo’yiladi yoki yelim kukun sepiladi. Detallarni avradan kant hosil qilib juftlanadi va presslab birlashtiriladi.
12.4 Vitochkalarni turi va ularning tikilishi.
Vitochkalarning qirqma va yaxlit vitochka turlari bo'lib, ishlov berish jarayonida yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi.
Qirqma vitochkalar 18-rasm (a) detallarni qirqimidan boshlab 0,7-1 sm kenglikda chok solib tika boshlanadi. Bu chok tobora ensizlanib vitochka qirqimidan 1-1,5 sm nari o'tib yo'q bo'lib ketadi va yorib dazmollanadi .
a b
18 - rasm
Yaxlit vitochkalar ularning yon tomonlari belgilab qo'yilgan chiziq bo'ylab tikiladi. Baxyaqator vitochka 18-rasm (b) uchi tomon ensizlanib borib, uchiga yetguncha yo'q bo'lib ketadi va yorib dazmollanadi.
Yaxlit vitochkalar yotqizib dazmollanishi mumkin. Unda yaxlit vitochkalarning tagiga avradan yoki boshqa gazlamadan parcha qo'yib belgilangan chiziq bo'ylab tikiladi. Gazlamaning vitochka uchlaridagi salqi joylari kirishtirib dazmollanadi. Kirishtirilgan joylarini mahkamlab qo'yish uchun vitochka uchlariga yelimli gazlama parchasi yopishtiriladi.
Koketkalarni asosiy detalga ulash.
Asosiy detalga koketkalar biriktirma choklar, bostirma choklar bilan ulanadi. Asosiy detallarda taxlamalar, bo'rtma choklar bo'lsa, oldin ularga ishlov berib olinadi.
19 - rasm. Koketkani yelim plyonka yordamida asosiy detalga biriktirish
Koketka asosiy detalga bostirma chok bilan ulanadigan bo'lsa, koketkani pastki qirqimini belgilangan chiziq bo'yicha bukib dazmollanadi, asosiy detalga qo'yib, belgilangan chiziq bo'ylab ko'klab baxyaqator yuritiladi.
Koketkani yelim plyonka yordamida yopishtirsa ham bo'ladi. Buning uchun koketkani bukish chizig'i bo'ylab teskari tomonga bukib dazmollanadi va buklangan tomonga yelim plyonka qo'yiladi. Koketka asosiy detaldagi belgilangan chiziq bo'ylab qo'yib dazmollanadi, keyin modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi. (19 -rasm)
Koketka asosiy detalga biriktirma chok (20 - a rasm) bilan ulanganda detallar o'ngini ichkariga qilib juftlanadi va koketka bo'ylab 0,7-1,5 sm chok bilan yuritiladi. Chokni koketka tomon yotqizib dazmollanadi.
Murakkab shaklli koketkalarning (20 - b rasm) pastki qirqimiga avralik gazlamadan koketka shaklida qirqib olingan qo'shimcha parcha qo'yib 0,5-0,7 sm ag'darma chok bilan tikib olinadi. Koketka pastki ziyi asosiy detaldan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib, ko'klanadi va dazmollanadi. Koketka asosiy detalga oldindan belgilangan chiziq bo'ylab bostirib tikiladi.
.
12.5. Kiyim detallarini kesimini tikish.
O'rta chokda yoki yon choklarda ajratib qirqib hosil qilingan joy kesim deyiladi. Kesim hosil qilish uchun, bichiqda tikish haqi qoldiriladi. Kesimlar kiyim bezagi sifatida ham, kiyimni kiyib yurish qulay bo'lishi uchun uning teskari tomoniga yelimli materialdan bo'ylamalar qo'yiladi.
Ort bo'lak teskari tomoniga andaza qo'yib, kesimni ziylari belgilab olinadi. Ort bo'lak chap qismiga bo'ylamani, uning qirqimi ort bo'lak bukish chizig'idan kesim haqi tomon 0,5 sm oraliqda qilib qo'yiladi. Ort bo'lak o'ng qismi tomonga belgilangan ziy chiziqqa kesim haqi tomon 0,5 sm oraliqda qilib qo'yiladi. Ort bo'lak o'ng va chap qismlarida kesim haqi tomon belgilangan chiziqlarga nisbatan 0,1 smda uqa qo'yiladi. Uqa kesim ziylarini cho'zilib ketishidan asrash uchun ishlatiladi. Uqa kesimning yuqori qismiga 1-2 sm gacha uzunlikda va kiyim etagi 1,5-2 sm uzunlikda etakning bukish chizig'i bo'ylab qo'yiladi. Uqa qo'yilgandan keyin salqi kirishtirib dazmollanadi va ip qirqimlari dazmollanadi. Keyin pastki burchaklarga ip berishga kirishiladi. Old bo'lakning o'ng va chap qismlari teskari tomondan etak bukish chizig'i aniqlanadi. Ort bo'lak qismida pastki burchagining biriktirib tikish chizig'i bo'rlab va 0,5-0,7 sm chok haqi qoldirib, ortiqcha gazlama kesib tashlanadi.
Ort bo'lak o'ng qismining pastki qirqimi etagi belgilangan chiziq bo'ylab o'ngi tomonga bukiladi. Kesim qirqim bo'ylab uqadan 0,1-0,2 sm oraliqda ag'darma chok yuritiladi. U yorib dazmollangandan keyin, kesim burchagi o'ngiga ag'dariladi, ayni vaqtda kesim qirqimini bukiladi. Bukilgan ziyni mashinada yotqizib ko'klash bilan bir vaqtda pastki burchak bo'ylab ko'klanadi. Kesimning o'ng qismi ziyidan 0,3 sm oraliqda baxyaqator yuritilib puxtalanadi.
Kesim chap qismi qirqimlarini tekislab, belgilangan chiziq bo'ylab, 0,5-0,7 sm kenglikda chok solib, biriktirib tikiladi, yorib dazmollangandan keyin burchagi o'ngiga ag'dariladi. Ort bo'lak o'rta qirqimini ort bo'lak o'ng qismi bo'ylab yoqa o'mizidan pastki tomon biriktirib tikilib, baxyaqatorni kesim tikish haqi yuqori qirqimidan 1 sm o'tguncha davom ettiriladi. Ort bo'lak qismidagi kesimni tikish haqini baxyaqator yaqinida kertiladi. Ort bo'lak chokini yoqa o'mizidan pastga tomon yorib dazmol bilan bir vaqtda kesim chap va o'ng qismlarining ziyi dazmollanadi. Ort bo'lakning chap qismi kesim ziyiga modelga muvofiq bezak baxyaqator yuritiladi. Kesimning qismi ort bo'lak o'rta choki chizig'idan pastga tomon 450 burchak hosil qilib yo'naltirilgan qaytma 3-4 sm baxyaqator yuritib biriktirib puxtalanadi.
Puxtalanayotganda kesim o'ng va chap qismlarining tikish haqi baxyaqator tagiga tushishi kerak.
Nazorat savollari:
1.Ust kiyimlar tayyorlash umumiy sxemasi qanday tuzilgan?
2.Mayda bo’laklarga nimalar kiradi?
3. Xlyastiklar qanday tayyorlanadi?
4. Cho’ntak qopqog’iga ishlov berish usullari.
5.Kiyim detallari nima maqsadda to’q’rinlashtiriladi?
1. Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Vitachkalar va koketkalarni ,cho'ntak qopqoq va xlyastikni tikilish sxemalarini chizib kelish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y.62-69- bet.
2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y.184-194- betlar.
13 – Ma’ruza.
Mavzu: Ustki kiyimlar qirqma cho’ntaklarini tayyorlash.
Dars maqsadi: Ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari va ularni tikish texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar: cho'ntak og'zi, ko'rinma, cho'ntak xalta, mag'iz, ramkali qirqma cho'ntak, kantli qirqma cho’ntak, listochka.
Reja:
13.1. Ustki kiyimlardagi cho'ntaklar turlari. Qopqopli qirqma cho’ntaklarni tikish texnologiyasi.
13.2. Kantli va ramkali cho'ntaklar tikish texnologiyasi.
13.3. Listochkali qirqma cho’ntaklarni tikish.
Ust kiyimlardagi cho'ntak og'ziga ishlov berish usuli bo'yicha listochkali, qopqoqli, qopqoqsiz kantli, qopqoqsiz ramkali (chokdagi cho'ntaklar listochkali, listochkasiz) bo'ladi.
13.1.Qopqopli qirqma cho’ntaklar tikish texnologiyasi.
Qopqoqli qirqma cho'ntaklarni tikish uchun, uning cho'ntak qopqog'i tayyorlab olinadi. Qirqma cho'ntakning ostki og'ziga mag'iz va yuqori og'ziga qopqoq tikiladi. Qopqoqli qirqma cho'ntakni tikish, mag'izni cho'ntak xaltaga 0,7-1 sm kenglikdagi chok bilan ulashdan boshlanadi. Chokni cho'ntak xalta tomonga qaratib to’g’rilanadi.
Ko'rinmani cho'ntak xaltaga universal mashinada bostirma chok bilan ulanadi. Bunda, uning qirqimlarini 0,7 sm kenglikda ichkariga bukib, uning bukilgan ziyidan 0,1-0,2 sm narida baxyaqator yuritiladi. Baxyaqator yuritish uchun esa cho'ntak xalta bilan ko'rinmaning yuqori qirqimlari bir-biriga to’g’rilanib, juftlanadi.
28 – rasm. Old o’blakni qirqib cho’ntak
og’zi hosil qilish
|
|
29 – rasm. Qopqoqli va ostki ziyi ramkali cho’ntak tikish
|
|
30 – rasm. Qopqoqli va ziyi kantli cho’ntak tikish
|
Old bo'lakdagi vitochkalarni tikib va dazmollab bo'lgandan keyin, cho'ntak qo'yiladigan joylarni yordamchi andaza bo'yicha uchta chiziq (uzunasuga 1 ta va ko'ndalanggiga 2 ta chiziq) o'tkazib belgilab olinadi. Gulli yoki yo'l-yo'l gazlamalarda cho'ntak bilan old bo'lak guli yoki yo'li to’g’ri keladigan qilib belgilanadi. Qopqog'i old bo'lakka ulanadigan chiziq cho'ntak qopqoq astarida andaza bo'yicha olinadi.
Old bo'lakning teskari tomoniga bo'ylama qo'yib, uni old bo'lakka maxsus mashinada ko'klanadi. Bunda belgilangan chiziq b o'ylab yuritilgan baxyaqator bo'ylama enining o'rtasidan o'tishi, bo'ylamaning bir uchi bort qotirmaning qirqimidan 2 sm o'tishi, 2 uchi esa yon qirqimiga yetishi kerak. Ko'klamaslik uchun, bir tomoniga yelim kukun sepilgan bo'ylama ishlatish mumkin. Cho'ntakni bo'ylamasiz ham tiksa bo'ladi. Bunda ,cho'ntak xaltaning o'rish iplari cho'ntak og'zi chizig'iga parallel turishi kerak.
Cho'ntakqopqoq old bo'lakning o'ngiga ulanadi. Bunda qopqoqdagi va old bo'lakdagi belgi chiziqlarni, qopqoqning old qismidagi va old bo'lakdagi gullar yoki yo'llar bir-biriga to’g’rilanib, qopqoqning ishlanmagan qirqimi kiyimning past tomoniga qaratib qo'yib ulanadi. Cho'ntak xaltaga ulangan mag'izining o'nggi old bo'lak o'nggiga qaratib qo'yilib, uni mashinada 0,5-0,6 sm kenglikdagi chok solib tikish bilan bir vaqtda ,cho'ntak qopqoq ulangan baxyaqator bilan mag'izni ulayotgan baxyaqator oralig'ida old bo'lak baxyaqatorlarning ikki tomonidagi uchlariga 1 sm dan yotqizmay qirqilib (mag'izni ulagan baxyaqatorlarning ikkki uchi cho'ntak qopqoqning yon tomonlari to’g’risida bo'lishi kerak), ko'ndalang kesim hosil qilinadi. Keyin old bo'lak ko'ndalang kesim uchlaridan boshlab baxyaqatorlar tomonga, ularga 0,1 sm yetkazmay qiyalatib qirqiladi. Cho'ntak xalta teskari ag'darilib, qopqoq bilan mag'izni ulagan choklar to’g’rilanadi. Mag'iz ulangan chokni yorib to’g’rilanadi. Modelda mo'ljallangan kenglikda ramka qilib, cho'ntakning bu ostki ziyi o'nggi tomondan mag'iz ulangan chok ustidan baxyaqator yuritiladi.
Agar, cho'ntakning ostki ziyini kantli qilinadigan bo'lsa, uni mag'izdan 0,3 sm kenglikdagi kant hosil qilib ko'klanadi. Modelda mo'ljallangan baxyaqator yuritiladi. Modelga qarab, mag'izni ikki buklangan holda ulash ham mumkin. Bunda mag'izning ziyini mag'iz teskari tomoniga ramkaning enidan 0,5 - 0,7 sm kengroq qilib bukiladi. Cho'ntak qopqoq ulangan baxyaqator bilan mag'iz ulangan baxyaqator orasida tayyor ramka kengligiga teng joy qoldiriladi.
Cho'ntak qopqoq va mag'izni ulab olgandan keyin ko'rinma ulangan cho'ntak xalta cheti cho'ntak qopqoq ulangan chokka ulanib, cho'ntak xalta yonlari tikiladi. Ayni vaqtda mag'iz tortibroq turib va qiyalanib, qirqilgan burchaklarini to’g’rilab turib, og'zining ikki uchini ikkita qaytma baxyaqator bilan mahkamlanadi. Cho'ntak dazmol yoki pressda dazmollanadi.
13.2. Kantli va ramkali qirqma cho'ntaklarni tikish texnologiyasi.
Kantli va ramkali qirqma cho'ntaklarni tayyorlashda cho'ntak mag'zi va ko'rinmasi avra gazlamadan bichiladi. Ko'rinma va mag'izni 0,7 sm kenglikdagi chok solib, cho'ntak xaltasiga tikiladi. Old bo'lak o'nggida cho'ntaklar o'rni belgilanadi.
Mag'iz yalang qavat bo'lsa, (uzunasiga bitta va cho'ntak og'zi ikki uchida ko'ndalanggiga bittadan) chiziq bilan, mag'iz ikki buklangan bo'lsa, 4ta (uzunasiga ikkita va cho'ntak og'zi ikki uchida ko'ndalanggiga bittadan) chiziq bilan belgilanadi. Old bo'lakning teskarisiga bo'ylama qo'yiladi.
Mag'iz o'nggi ustiga chiqarilib, uzunasi bo'ylab, ramka enidan 0,5 - 0,7 sm ortiq kenglikda buklab, dazmollab yoki dazmollanmasdan ,qirqimli cho'ntak og'zi chizig'i tomon qaratilib, belgilangan chiziqlar bo'ylab, old bo'lakka tikiladi. Bunda mag'izlarning baxyaqatorlari orasidagi masofa 2 ta ramka kengligida bo'ladi. Mag'izlarning ham ustki, ham ostki choklari o'rtasida old bo'lak ko'ndalang qirqilib, cho'ntak xaltani mag'izlar bilan birga ag'darib, old bo'lakning teskarisiga o'tkaziladi. Cho'ntak og'zi burchaklari to’g’rilanadi
-
31 – rasm. Kantli qirqma cho’ntak tikish
|
|
32 – rasm. Ramkali qirqma cho’ntak tikish
|
Ko’rinmaning vuqori qirqimi vuqoridagi mag’iz chokiga ulanadi va cho’ntak halta yon tomonlarini 1 sm kenglikda chok solib tikish bilan bir vag’tda, mag’izni tortibrog’ turib, cho’ntak og’zi uchlari ikkita bahyaqator bilan puxtalanadi. Cho’ntak dazmolda yoki pressda dazmollanadi.
13.3. Listochkali qirqma cho’ntaklarni tikish. Listochkali tepa cho’ntaklarni tikish.
Pidjak, jaket kabi kiyimlarning tepa cho’ntak listochkalariga astar qo’yib, astar listochkaning yuqori ziyiga kengligi 0,5 sm ag’darma chok solib ulanadi. Bu chok baxyaqator listochkaning ikkala uchigacha 0,7 – 1 sm yetmasligi kerak. Listochka uchlarini andazada belgilab olib, 0,7 sm kenglikda bukib dazmollanadi. Listochka uchi burchaklaridagi ortiqcha material kesib tashlanadi. Listochka avrasidan uning butun uzunasi bo’ylab 0,2 sm kenglikda kant qilib, ustki ziyini qayirib dazmollanadi.
Yupqa jun kiyimlarning listochkasi yelim uqa, kolenkor yoki flizelin tipidagi noto’qima gazlamadan qotirma qo’yib tikiladi. Shuningdek, cho’ntak xaltaning o’zi listochkaning qotirmasi vazifasini o’tashi mumkin. Bunda cho’ntak xaltaga listochka astarining ostki ziyini 0,7 sm kenglikda bukib va ustki qirqimini cho’ntak xalta qirqimidan 0,3 sm yuqoriroq chiqarib, bukilgan ziydan 0,1 sm narida bostirma chok bilan tikiladi. Astar bilan cho’ntak xalta yon tomonlari listochkaning tayyor bo’lgandagi kengligi darajasida qirqiladi.
Ko’rinma 0,7 sm kenglikda chok bilan cho’ntak xaltaga ulanadi. Choklar cho’ntak xalta tomonga qayrilib to’grilanadi.
Listochka bilan astarning o’ng tomoni ichkariga qilib juftlanadi va burchak joylarida avradan 0,2-0,3 sm solqi hosil qilib, astar tomondan listochka uchlariga 0,2 sm dan yetkazmay, kengligi 0,5 sm ag’darma chok bilan tikiladi. Burchak joylarida 0,2-0,3 sm chok qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi. Listochka o’ngga ag’dariladi. Burchaklarini to’q’rirlab, qolipda dazmollanadi yoki avrasidan 0,2 sm kenglikda kant hosil qilib ko’klanadi va dazmollanadi.
Listochkaning teskarisida ulash chizig’i belgilanadi. Old bo’lakning teskarisiga bo’ylama qo’yiladi. O’ngi tomondan esa listochka astarini ko’tarib turib, old bo’lak bilan listochkadagi belgi chiziqlarning guli yoki yo’llarini bir-biriga to’g’rilab, listochka old bo’lakka ulanadi. Listochka ulangan chok listochka bukilgan ziylari qirqimi bo’ylab baxyaqatorga 0,1 sm yetkazmay kesiladi. Kesimlar orasidagi chokni listochka tomonga qayirib, ustiga cho’ntak xalta bilan astarni tushiriladi va ularni old bo’lakka listochka ulangan chiziqdan 0,1-0,2 sm narida tikiladi. Ko’rinma 0,7 sm kenglikda chok solib old bo’lakka ulanadi. Bu chokning baxyaqatori listochka old bo’lakka ulangan baxyaqatorga bort tomondan 0,5 sm yetkazilmaydi, o’miz tomonda esa undan 0,2 sm uzaytirib tikiladi.
Baxyaqatorlar orasida old bo’lak qopqoqli cho’ntaklar tikishdagi kabi qirqiladi. Cho’ntak xalta old tomon teskarisiga ag’darib ,o’tkazib to’grilanadi. Ko’rinma old bo’lakka ulangan chok yorib dazmollanadi.
Listochkani to’grilanadi. Old bo’lak bilan listochka gullari yoki yo’llarini, listochka ustki ziyi bo’ylab bir-biriga to’q’rirlab, listochka old bo’lakka maxsus mashinada yoki qo’lda ko’klanadi. Listochka uchlari o’ngi tomondan qo’lda uzunligi 0,2-0,3 sm yashirin qaviq solinib, burchaklari 3-4 ta qaviq bilan puxtalanib old bo’lakka tikiladi. Listochka uchlaridan 0,4-0,5 sm narida astar tomondan 2- yashirin qaviq solinadi.
Listochka uchlarini modelga muvofiq bostirma chok bilan mahkamlasa ham bo’ladi.Cho’ntak xalta kengligi1 sm chok solib biriktirib tikiladi. Cho’ntak bitgandan keyin, uni dazmol yoki pressda dazmollanadi.
|