Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova. Tikuvchilik texnologiyasi. T.1994 y. 29-34 bet
2. M.Sh. Jabborova. Tikuvchilik texnologiyasi. T.1989 y. 67-77 bet
9- Ma’ruza
Mavzu: Ayollar va erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish.
Dars maqsadi: Ayollar va erkaklar kuylagi taqilmalari turlari va ularni tikish usullarini o’rganish.
Tayanch iboralar: ziy,taqilma,ustki qopqoq,ikki mag’izli,bostirma qopqoqli,o’tqazma qopqoqli ,molniya tasmali.
Reja:
9.1 Ayollar kuylagi bostirma qopqoqli taqilmalarini tikish.
9.2 Ayollar kuylagi bitta mag’izli taqilmasini tikish.
9.3 Ayollar kuylagi ikkita mag’izli taqilmasini tikish.
9.4 Kuylakning “molniya” tasmali taqilmani tikish.
9.5 Erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish.
Ayiollar kuylagi va bluzkalarining yenglarida, ko’krak qismida, yupka qismida taqilmalar tikiladi. Taqilmalar bir yoki ikki mag’izli, bostirma yoki o’tqazma qopqoqli va molniya tasmali bo’ladi.
9.1. Ayollar kuylagi bostirma qopqoqli taqilmalarini tikish.
Ostki va ustki qopqoqlar, ularning o’ngini kiyimning teskarisiga qaratib qo’yiladi, qopqoqlar bilan kiyim kesimi qirqimlari ulanadi.
21 – rasm. Kuylakning taqilmasini tikish
a - bostirma qopqoqli
|
|
b - bitta mag’izli
|
Choklar qopqoq tomonga yotqizib dazmollanadi. Qopqoqlar o’ngini ichkariga qaratib bukiladi va ag’darma chok bilan tikiladi. Hosil bo’lgan burchak o’ngiga ag’dariladi va dazmollanadi. Ostki qopqoqning yon cheti 0,5-0,7 sm ichkariga bukiladi va qopqoq ulangan chok bukilgan ziyidan 0,5 sm narida bostirib tikiladi. Ostki qopqoqni pastki uchini bukib, ziyi bo’ylab tikiladi va uni asosiy detalning kesimidan 1 sm pastroqgacha yetqaziladi.
Ustki qopqoq pastki qopqoq ustiga, uning tashqi cheti pastki qopqoqning ulangan joyini yopib turadigan qilib qo’yiladi. Qopqoqning tikilgan joyi 0,5-0,7 sm bukib, ichki ziyi va pastki uchi bo’ylab bostirib tikiladi. Ustki taqilma qirqim uchida yuqoriroq joyiga bitta ko’ndalang baxyaqator yuritiladi.
9.2. Ayollar kuylagi bitta mag’izli taqilmasini tikish.
Mag’izning o’ngini asosiy detal teskarisiga qaratib qo’yilib, asosiy detal tomondan ag’darma chok bilan tikiladi. Mag’iz asosiy detalning o’ngi tomonga bukiladi, mag’izning tikilmagan chetini ichkari tomon bukib, bostirma chok bilan tikiladi. Bunda, mag’iz ulangan chok yopilib ketishi, qistirma izma esa bir yo’la tikilib ketishi kerak. Mag’iz asosiy detal teskarisiga bukib dazmollanadi. Taqilmaning uchi butun eni bo’ylab ikkita qaytma baxyaqator yuritib puxtalanadi.
9.3.Ayollar kuylagi ikkita mag’izli taqilmasini tikish.
Mag’izlar pastki qismlari kertikda pastki uchigacha biriktirib tikiladi, chok yorib dazmollanadi, ichki chetlari bukib tikiladi yoki yo’rmaladi. Mag’iz asosiy detalga o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va ular baxyaaqtor kesim oxirida yo’q bo’lib ketadigan qilib asosiy detal tomonidan tikiladi. Chok haqi baxyaqatirning 0,1 sm yetkazmay kertiladi. Mag’iz asosiy detal teskarisiga qayriladi va asosiy detaldan kant hosil qilib dazmollanadi. 8-10 sm oraliqda qo’lda yashirin qaviq solib, mag’iz asosiy detalga chatib qo’yiladi.
9.4 Kuylakning “molniya” tasmali taqilmasini tikish.
“Molniya” tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo’yib tikilishi mumkin. “Molniya” tasma chokka qo’yib tikiladigan bo’lsa, chok tikilayotganda tasma qo’yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi tomondan “molniya” tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesimga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o’tadi.
a b
22 - rasm. Ayollar kuylagiga “molniya” tasmali taqilma tikish:
a - kuylakning choksiz joyiga
|
b - kuylak chokiga
|
“Molniya” tasma chokka qo’yib tikiladigan bo’lsa, chok tikilayotganda tasma qo’yiladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanish bilan ayni vaqtda taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmollanadi. Bukib dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskarisi tomondan “molniya” tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqatir bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesimga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1-0,5 sm masofada o’tadi.
9.5.Erkaklar kuylagi taqilmalarini tikish.
Erkaklar kuylagi old bo’lagida ostki qopqoqli taqilmalar, kesimi old bo’lagi etagigacha turshadigan, qopqoqli taqilmalar, o’tkazma qopqoq – adipli taqilmalar va yashirin taqilmalar bilan ishlov berish mumkin.
23 – rasm. Erkaklar kuylagining old bo’lak etagigacha tushgan kesimli taqilmasi:
Ostki qopqoqli taqilmasi bor kuylakda taqilma ostki qopqog’i old bo’lak o’ng tomoni kesimining qirqimiga 0,5 sm chok bilan ulanadi. Bunda qopqoq o’ngi old bo’lak teskarisiga qaratib tikiladi. Chok kesim tomonga yotqizib qo’yiladi. Taqilma qopqog’ini kuylakning o’ngi tomonga qayirib turib, uning yon cheti 0,5 sm bukilib, buklangan ziyidan 0,1 sm narida bostirib tikish bilan ayni vaqtda pastki uchi bukib tikiladi.
Kuylak old bo’lagi chap tomonining o’ngiga qo’shimcha qatlamning o’ngi qaratib qo’yiladi va ularning qirqimlari 0,5 sm ag’darma chok bilan tikiladi. Chok to’rg’irlanadi, qo’shimcha qatlam teskarisiga qayiriladi, asosiy detal 0,1-0,2 sm narida universal mashinada bostirib tikiladi. Old bo’lak chap tomonining ishlov haqqi kuylak teskarisiga bukib dazmollanadi. Old bo’lak chap tomoni o’ng bo’lak ustiga qo’yiladi va taqilma kesimi tugaydigan joy darajasida ko’ndalangiga to’g’ri to’rrtburchakli hosil qilib bostirib tikiladi.
Kesimi old bo’lak etagigacha turshadigan kuylak taqilmasini tikish uchun, old bo’lak chap tomoniga qirqimi buklangan qo’shimcha qatlam qo’yib, maxsus moslamasi bor qo’sh ignali mashinada bostirib tikiladi yoki ag’darma chok bilan universal mashinada tikiladi. Bunda qo’shimcha qatlamning ichki cheti qirqimidan 0,5 sm narida bostirib tikiladi. Old bo’lak o’ng tomonining cheti 0,5 sm bukib, buklangan ziyidan 0,1 sm narida universal mashinada tikiladi.
Nazorat savollari:
-
Ayollar kuylagida qanday taqilma turlari ishlatiladi?
-
Ayollar kuylagi bostirma qopqoqli taqilmasini tikish texnologiyasi.
-
Ayollar kuylagida bitta mag’izli taqilmalarga qanday ishlov beriladi?
-
Ayollar kuylagida kuylak chokiga “molniya” tasmali taqilmani tikish usuli.
-
Erkaklar kuylagining ostki qopqoqli taqilmasiga qanday ishlov beriladi?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Erkaklar kuylagining kesimi etagigacha tushadigan taqilmalarni tikish sxemasini chuzing
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 318-321 va 329-332 betlar.
2. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 206-210 va 223- 225 betlar.
10 – Ma’ruza
Mavzu: Ayollar va erkaklar kuylagi yoqalarini tikish.
Dars maqsadi: Ayollar va erkaklar kuylagi yoqa va yenglari turlari va ularga ishlov berish texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar: yoqa o’mizi, yeng o’mizi, yoqa qaytarmasi, ko’tarma, manjet.
Reja:
10.1. Erkaklar kuylagi yoqasiga ishlov berish va yoqa o’miziga o’tkazish.
10.2. Ayollar kuylagi yoqalariga ishlov berish ketma – ketligi va uni yoqa o’miziga o’tkazish.
10.1. Erkaklar kuylagi yoqasiga ishlov berish. Yoqa ko’tarmasi va qaytarmasi alohida bichilgan yoqani tikish va uni yoqa o’miziga o’tqazish.
Ustki yoqa qaytarmasiga qirqimlariga 0,7sm yetkazmay qotirma yopishtiriladi. Ustki va ostki yoqa qaytarmasi o’ngi tomoni ichkariga qaratilib juftlanadi va 0,7sm ag’qarma chok bilan tikiladi, joylarda 0,3sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi kesib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi va uning uchlari maxsus moslama yordamida to’g’rilanib, ustki yoqa tomondan 0,1sm ziy chiqarib dazmollanadi. Ustki yoqa qaytarmasi tomonidan fasonda ko’rsatilgandek, bezak bahya qator yuritiladi.
Ustki yoqa ko’tarmasiga ham ,qirqimlariga 0,5-0,7sm yetkazmay qotirma yopishtiriladi. Ko’tarmaning ostki qirqimi qotirma bo’ylab buklanib, 0,5sm bukma chok bilan tikiladi.
Yoqa qaytarmasini ostki hamda ustki ko’tarma bilan juftlab ,teskari tomondan ko’tarma qirqimlari atrofi bo’ylab, 0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga ag’dariladi, uchlari bir-biriga to’rg’ri keltirib, to’g’ri tikilgani tekshiriladi.tayyor yoqa dazmollanadi.
Ostki ko’tarma kertimlari to’g’ri keltirib yoqa o’miziga o’tqaziladi. Chokni ko’tarma tomonga yotqiziladi. Ustki ko’tarmaning pastki cheti ostki ko’tarmaga o’tqazilgan chokni yopadigan qilib bukiladi va buklangan ziydan 0,1sm naridan bostirib tikilib, ayni vaqtda ko’tarmaning yuqori cheti ham bostirib tikiladi. (24-a-rasm)
Ustki yoqasi adiplar bilan birga bichilgan yoqani tikayotganda adipning ichki chetiga bir tomoni yelim kukinli qo’shimcha qatlam qo’yib, adib ham, qo’shimcha qatlam ham maxsus moslamiali mashinada ichkariga bukilib tikiladi, yoki maxsus mashinada ikkala qirqimni birga yo’rmaladi. Ostki yoqa o’mizga o’tqaziladi.
Qo’shimcha qatlam qo’yilgan ustki yoqa bilan adiplar ostki yoqa bilan old bo’lakka o’ngi –o’ngiga qaratib qo’yiladi va ostki yoqa tomondan 0,7 sm bilan ag’darma chok bilan tikiladi. Burchak joylarda 0,3 sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi va yoqa o’ngi ag’darilib, chetlari to’grilanadi. Ustki yoqaning pastki cheti uning o’ngi tomondan o’miz chizig’i bo’ylab ort bo’lakka, yelka chokiga qadar bostirib tikiladi. Yoqaga fasonda mo’ljallangan kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. (24-b-rasm)
(a)
24 – rasm.
Erkaklar kuylagi yoqa qaytarmasini ko’tarmaga, ko’tarmani esa yoqa o’miziga o’tkazish
|
|
Ustki yoqasi asip bilan birga bichilgan yoqani tikish
|
10.2. Ayolar kuylagi yoqalariga ishlov berish ketma – ketligi va uni yoqa o’miziga o’tkazish.
Ko’tarma yoqaga ishlov berish. Ko’tarma yoqaga ishlov berishda yoqa o’mizini formasiga qarab,andoza orqali ustki va ostki yoqa bichiladi.Uning orasiga qotirma asosiy yoki yordamchi gazlamaga qo’yiladi. Ko’tarma yoqani o’ngiga o’ngini qo’yib, yuqori va ikki cheti 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan birlashtiriladi. Burchaklariga kertim berib, yoqa o’ngini o’ngiga ag’dariladi.Ustki ko’tarma yoqadan 0,1 smda ziy chiqarib dazmollanadi. Ostki ko’tarma yoqani yoqa o’miziga 0,7 sm kenglikda biriktiriladi va chok yoqa tomonga bukib dazmollanadi. Ustki ko’tarma yoqani yoqa o’miziga qo’yib, ortiqcha kenglikda ichkari tomonga bukiladi va bukilgan ziydan 0,1 sm da bostirma chok tikiladi. Yoqa namlab, isitib dazmollanadi.
Qaytarma yoqalarga ishlov berish. Qaytarma yoqalarga ishlov berishda birlashtiriladi va dazmollanib yoqa o’miziga 2 qavati qo’yiladi. Latskanning yuqori qismi kertim berilgan joydan adip bilan old bo’lak yoqa o’mizini orasiga yoqani qo’yib birlashtiriladi. Adip tugagan joydan ustqi yoqa chokka 0,1 sm yetkazmay kertim beriladi va ostki yoqa ort bo’lak pastak qirqimiga biriktiriladi. Adip bilan yoqa o’ngiga o’ngi o’girilib ustki yoqani ort bo’lagi rostok o’miz qirqimiga qaytarib bostirma chok bilan biriktiriladi.
Yoqasi yo’q kuylaklarda yoqa o’mizi mag’izining ichki qirqimlari maxsus mashinada yo’rmaladi yoki 0,5 -0,7sm bukib, universal mashinada tikiladi. Tayyor mag’iz, uning on’gini kiyimning o’ngiga qaratib o’miz chetiga qo’yiladi va 0,7sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Mag’iz kiyimning teskarisiga ag’darib o’tqazilib, ag’darma chok tog’rilanadi va keyin mag’izga bostirma chok bilan tikiladi. Bunda bahyaqator ag’darma chokdan 0,2-0,3sm masofada bo’ladi. Mag’izning ikki chetlari qo’lda qaviq solib yoki yashirin bahyali maxsus mashinada puxtalab chatib qo’yiladi.
Yoqa o’mizi mag’iz chok bilan tikiladigan bo’lsa, bunga qo’yiladigan mag’iz bir yoki qo’sh qavat bo’lishi mumkin. Mag’iz bir qavat bo’lganda, uning o’ngi pastga qaratilib yoqa o’mizining o’ngi ustiga qo’yiladi va 0,5-0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Mag’izni o’miz atrofiga o’rab, kiyim teskarisiga o’tkaziladi, chok to’g’rilanadi va kiyim o’ngidan ag’darma chok yonida bahya qator yuritiladi.
25 – rasm.Yoqa o’miiga mag’izni biriktirish
|
|
| Agar mag’iz qo’sh qavat bo’lsa, uning ochiq qirqimlari o’ngi tomoni bilan yoqa o’mizi on’giga qo’yib, 0,5-0,7sm ag’darma chok bilan tikiladi. Qolgan ishlar xuddi bir qavat mag’izni yoqa o’miziga tikishdek davom ettiriladi.
Nazorat savollari:
-
Erkaklar kuylagi yoqasi turlari.
-
Yoqa ko’tarmasi va qaytarmasini tayyorlash.
-
Ko’tarma qaytarmali yoqa yoqa o’miziga qanday tartibda o’tkaziladi?
-
Ayollar kuylagi yoqa o’miziga ishlov berish usullari.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Ustki va ostki yoqani birlashtirish sxemasini chizing.
2. Ko’tarmasi va qaytarmasi yaxlit bichilgan yoqani tayyorlash ketma-ketligini tuzing.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 214-217 va 231-233 bet.
2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 321-326 betlar.
11-Ma’ruza
Mavzu: Ayollar va erkaklar kuylagi yenglarilarini tikish.
Dars maqsadi: Ayollar va erkaklar kuylagi yenglari turlari va ularga ishlov berish texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar: yeng o’mizi, o’tqazma yeng, reglan yeng, manjet.
Reja:
11.1. Yeng turlari va yeng uchlarini tikish usullari.
11.2 Yenglar taqilmalarini tikish.
11.3 Manjet tikish va yengga ulash
11.4 Yengni yeng o’miziga o’tkazish.
11.5 Yengsiz ko’ylaklarning yeng o’mizini tikish
Ko’ylaklar bichimi yeng konstruktsiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, 2 choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi.
Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm. bukilib va bukish chiziq’i bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi ( a ). Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopik qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi (b). Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klanmay maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi ( v ).
Yeng uchida bukish haqi qoldirmay bichiladigan yenglarning uchiga maq’iz qo’yib tikiladi. Maq’iz aq’darma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi maq’iz tomonga qaytarilib, aq’darma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda maq’izga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi ( g ). Yeng uchini maq’iz chok bilan tikishda, maq’iz buklagich yordamida bukilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi (d). Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib bukilib, bir yula ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi (e). Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. bukilib, bostirib tikiladi (11.1-расм, ж).
11.1-rasm Yenglar uchini tikish.
11.2 Yenglar taqilmalarini tikish
Manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining davomida yoki yaxlit detalning kesimida tikilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta maq’iz qo’yib tikiladi. Bunda maq’iz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Maq’izning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi (11.2-rasm.).
11.2-rasm Yeng qirqimiga bitta maq’iz 11.3-rasm. Yeng kesimini
qo’yib tikish. mag’izsiz tikish.
Kesimdagi taqilmani maq’izsiz ham tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishda qirqiladi va oxirida to’q’ri burchak ostida 0,5-0,7sm qirqma hosil qilinadi. So’ngra qirqmaga parallel qilib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi. Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va yuqori qismi to’q’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi (11.3-rasm).
Yengning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan maq’iz bilan aq’darma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi. Maq’izga chok solib puxtalanadi (11.4-rasm.)
Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin .
11.3 Manjet tikish va yengga ulash
Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda qotirma buklama chok bilan ulanadi ( a ). So’ngra yon tomonlari aq’darma chok bilan tikiladi( b ). Burchaklaridagi chok hakidan 0,2 sm. qoldirib ortiqchasi qirqib tashlanadi va manjet o’ngiga aq’dariladi. Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi (11.5-rasm, v)
11.5- rasm. Manjet tayyorlash.
Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yo’rmalash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm. oraliqda bostirib tikiladi (11.6-rasm).
Tikish-yo’rmalash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi ( 11.6-rasm). Qaytarma manjetli yengni tikishda birta bo’lakdan iborat manjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi. O’ngiga aq’darilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi (11.7-rasm).
11.6-rasm. Manjetni yeng uchiga tikish- 11.7-rasm. Qaytarma manjetli
yo’rmalash mashinasida ulash. yengni tikish.
Erkaklar kuylagi manjetli yengiga ishlov berish.
Buning uchun avval manjet tayyorlanadi. Ustki manjetga qotirmani manjet qirqimlariga 0,5sm yetkazmay yopishtiriladi, ostki va ustki manjet o’ngi ichkariga qaratilib ostki manjet tomonidan 0,6sm ag’darma chok bilan tikiladi. Manjetni o’ngiga ag’darib, ikki buklab tepa qirqimlari tekislanadi.Manjetning o’ngi tomonidan tepa qirqimiga 1,5sm yetkazmay bezak bahya qator yuritiladi.
Yeng uchiga ostki manjet biriktirma chok bilan tikiladi, bunda yeng uchida modeliga muvofiq taxlama yoki burma hosil qilinishi mumkin.Ustki manjet o’ng tomonidan qirqimi ichkariga bukilib, ostki manjet ulangan chokni yopadigan qilib bostirib tikiladi. (11.8 - rasm)
Kuylak yenglari manjetsiz bo’lsa, ularning uchi universial mashinada ikki marta bukib tikiladi.(11.9 - rasm). Bezak tasma qo’yiladigan kuylaklarda yengi uchiga ham tasma qo’yiladi. Tasmani buklagich moslamasi bor bo’sh ninali mashinada yeng uchini bukish bilan birga qo’shib bostirib tikiladi.
11.8– rasm. Yengga manjetni ulash
|
|
11.9 – rasm. Manjetsiz yengni tikish
|
11.4 Yengni yeng o’miziga o’tkazish.
Yengni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi va yeng tomondan maxsus 302 kl. mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tqaziladi. Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi).
Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’q’ri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yo’rmalanadi.
11.5 Yengsiz ko’ylaklarning yeng o’mizini tikish
Yeng o’mizini maq’izli chok yoki maq’iz qo’yib aq’darma chok bilan tikish mumkin. Maq’izli chok bilan tikishda, yelka qirqimlari tikilgandan keyin maq’izni maxsus buklagich yordamida bukib, uning orasiga yeng o’mizi qirqimini to’q’rilab, bitta baxyaqator yuritib tikiladi (11.10.a .rasm ).
Yeng o’miziga maq’iz qo’yib aq’darma chok bilan tikishda asosiy detalning o’ngiga maq’izning o’ngini qaratib, qirqimlarini to’q’rilab aq’darma chok bilan tikiladi. Chok haqini maq’iz tomonga bukib, aq’darma chokdan 0,1 sm oraliqda maq’izga bostirib tikiladi. Maq’iz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Maq’izning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm. kenglikda bukib tikiladi (11.10.b .rasm ).yoki maxsus 51-A kl. mashinasida yo’rmalanadi.
11.8 rasm Yengsiz ko’ylaklar yeng o’mizini tikish
|