4.2. Gazlmamalarni to’shash usullari.
Gazlamalar qavatini to’shash bichish sexidagi asosiy texnologik jarayon hisoblanadi. Gazlamalar “o’ngini pastga qaratib” va “o’ngini o’ngiga qaratib” yalang qavat qilib toshalishi mumkin. Gazlamalarni “o’ngini pastga qaratib o’shash” da gazlama qavatlarini soni juft yoki toq ekanligi hisobga olinmaydi. Gazlamalarni “o’ngini o’ngiga qaratib to’shash” da, to’shama qavatlarini juft bo’lishiga amal qilinadi. Toshamaning uzunligi bitta buyum gazlama sarfiga va joylashmadagi andozalar komplektiga bog’liq. To’shama uzunligi 8- 9 metrdan ortmasligi, balandligi esa 15 – 18 sm dan ortmasligi kerak. To’shamadagi qavatlar soni gazlama turiga bog’liq bo’lib:
- kostyumbob gazlamalar uchun 28 – 34 qavat
- drap gazlamasi 18 – 24 qavat
- ipak va astarli gazlamalar 50 – 60 qavat
- ip gazlamalar 100 – 120 qavat bo’ladi. Ipak, pilla tolasi - ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola; ipak qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil boʻladigan tabiiy toʻqimachilik xom ashyosi. Ipak - ipak qurti pillasini oʻrab turgan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin (ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat.
Gazlamarni qo’lda va mashina yordamida to’shash mumkin. To’shash jarayoni qo’lda bajarilganda ,stollar rulonni ochish qurilmasi, to’shama ortgi uchini qisib turuvchi lineyka, gazlama qavatini qirquvchi lineyka va old uchini qisib turuvchi lineyka bilan jixozlanadi. Bunda qavatlar minimal darajada tortilib, qiyshaytirmay va burishtirmay gazlama old uchini va bir tomondagi milkini tekislab to’shaladi. To’shayotganda tukli, taramli va boshqa turdagi gazlamalarni bichishning texnik shartiga (TSH) rioya qilinadi. Gazlamalar qo’lda uch xil usulda to’shlaladi:
1. Ketma-ket
2. Parallel
3. Aralash.
Ketma-ket to’shash usulida, avval bir stolga mo’ljallangan to’shamani to’la bajarib bo’lib, keyin navbatdagi stollarga birin-ketin to’shaladi. Bunda gazlama to’plari oxirigacha to’shalib bitishi kutilmay, bir to’shamadan ortib qolgan qismi keyingi stolga to’shash uchun olib qo’yiladi. Bunday usul bilan to’shashda ikki kishidan iborat to’shovchilar zvenosi bitta stolda baravar ishlaydi. Ular xar qaysi to’p gazlamadan mazkur ro’shamaga qancha mo’ljallangan bo’lsa, shuncha qavat to’shaydilar, keyin gazlama to’pini navbatdagi to’shamada ishlatish uchun olib qo’yadilar va bir to’shamani tugallagandan keyingina navbatdagisiga o’tib boradilar.
Avzalligi:
- bichiqchilik sexi satxidan samarali foydalaniladi;
- keyingi stollardagi to’shamalar tayyor bo’lishi kutilmay, to’shab bo’lingan stoldagi to’shama qirqilaveradi.
Kamchiligi:
- to’p o’ramini ochishni ko’p marta takrorlashdan bitta to’pni keyingi to’shamalarda ishlatish uchun bir necha marta olib qo’yiladi, natijada to’shash jarayoni ancha cho’zilib ketadi.
Parallel to’shash usulida xar qaysi gazlama to’pi oxirigacha bir nechta stolga bir vaqtda to’shaladi, to’shamalar barcha to’plar to’shab bo’lgandan keyin qirqiladi.
Avzalligi:
- bir to’p gazlama butunlay tugaguncha to’shaladi;
- qancha gazlama sarf bo’lishini hisoblash imkoniyati tug’iladi;
- hisob xaritasiga binoan to’shash usuli qisqaradi;
- to’qimachilik nuqsonlari anchagina bo’lgan gazlama to’plarini ratsional ishlatish uchun imkoniyat paydo bo’ladi.
Gazlamalarni aralash to’shash usuli parallel va ketma-ket to’shash usuling ikki yoki undan ortiq marta ketma-ket takrorlanishidan iborat.
Gazlamalarni to’shash jarayonida quyidagi texnik shartlarga rioya qilinadi:
1.Gazlamaning guli va tuki yo’nalishiga e’tibor berish.
2. Barcha qavatlarning milklarini to’shamaning bir tomoniga tekislab, bir – biriga to’g’ri keltirish.
3. Gazlama qavatlarini tartibli joylashtirish.
4. To’shama oxirida gazlama uchlari tutashgan joylarda gazlamani uzunasiga aniq perpendikulyar qirqish.
5. Gazlamadagi yo’l yo’l yoki katak gulini to’shamaning hamma qavatlarida ustma-ust bir biriga to’g’ri keltirish.
4.3. To’shamalarni bichish bosqichlari.
Bichish ishlarini mexanizasiyalash yuzasidan konstruktorlik buyrolarda va tikuv korxonalarida olib borilayotgan ishlardan biri - ko’p qavatli to’shash stollarini yaratishdir. Bunda stollarning qavatlari ma’lum tartibda o’rin almashib turadi. Har bir stolning konstruksiyasi ikkita texnologik zonadan iborat, ya’ni to’shash va bichish zonalari. Tikuvchilik sanoatida bunday stollarda ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stol, gazlamani to’shash va bichishga mo’ljallangan besh qavatli stol va yeti qavatli ANK agregati ko’proq ishkatiladi.
Ikki qavatli mexanizasiyalashtirilgan stolning konstruksiyasi gazlamalarni faqat ketma-ket usulda to’shashga mo’ljallangan. Ma’lumki parallel to’shash usulida hisob kartasida ko’rsatilgan to’shamaning hammasi bir vaqtda baravar to’shaladi. Ikki qavatli to’shash stolida esa to’shalib bo’lingan stol qavatida bo’sh stolga gazlama to’shab turiladi.
To’shamani tamg’alash. Detallarning to’g’ri komplektlanishi uchun bo’rda yoki qalamda yozilgan talonlar osib yoki yopishtirib, detallar tamg’alanadi yoki belgilanadi.
Gazlamalarni bichish. Bu jarayon ikki bosqichda avalga oshiriladi:
1. EZM-3, EZDM-3 ko’chma bichish mashinasida to’shamani qismlarga bo’lish va yirik detallarni qisman qirqib olish;
2. To’shamaning alohida qisnlaridan chizma chiziqlariga muvofiq yoki andozalarga muvofiq RL-4 lentali bichish mashinasida detallarni qirqib olish va h.k. bunda to’shamaning bo’lingan qismlarini statsionar lentali mashinaga to’shama stoli ustida surib, yoki aravachalarda tashib o’tkaziladi. To’shamadagi qavatlar bir-biriga nisbatan surilib qolmasligi uchun to’shama qisqichlar bilan puxtalab qo’yiladi. Bichilgan detallar sifati nazorat andazalari ustiga to’shamaning ustki, o’rtadagi va ostki qatlamlarini qo’yib ko’rib tekshiriladi.
3 - rasm 4 - rasm
-
Ko’chma bichsh mashinalari:
|
|
RL-4 lentali bichish mashinasi
|
a-EZM-3 vertikal pichoqli
|
|
|
b-EZDM-3 disk pichoqli
|
|
|
Hozirgi kunda katta tikuv korxonalarida detallarni bichish maxsus dasturlar bo’yicha EHM yordamida amalga oshiriladi. Gazlamalarni to’shash ham maxsus ikkita to’shash va bichish zonasiga ajratilgan stollarda to’shaladi. To’shama to’shash zonasida bajarilgandan so’ng bichish zonasiga havo bosimi yordamida o’tkaziladi. To’shamaning ustiga plyonka yopiladi va havo yordamida stolga surib qo’yiladi va plyonka tagidagi havo surib olinib, to’shama qavatlarini bir – biriga nisbatan siljimaslikka keltiriladi. Bichish golovkasining uchi to’shamaning ma’lum nuqtasiga o’rnatiladi. Dastur bo’yicha pichoqli bichish golofkasi detal shaklida trayektoriya bo’ylab harakat natijasida detallar bichiladi.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Detallarga razmer va rostlar bo’rlama namunasi bo’yicha qo’lda yozib qo’yiladi.
4.4. Bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari.
Bichiqlar razmer va rostlar bo’yicha komplektlanadi va sifati tekshiriladi. Detallar bog’lamining ustki, o’rtadari va ostki qavatlaridagi detallar sifati nazorat andazalar yordamida tekshiriladi. Tikish vaqtida detallar adashib ketmasligi maqsadida nomerlanadi. Detalarni nomerlash qo’lda yoki mashinada bajarilishi mumkin. Qo’da bo’r yoki qalam yordamida nomer qo’yiladi. 68 kl mashinasida nomer yozilgan qog’oz taloni tikiladi. Bundan tashqari “Meto” mashinasida buyoq yordamida nomer qo’yilishi mumkin.
Detallar komplekti bog’lanib bichiqlar omboriga joylanadi. Har bir boq’lam komplekt uchun yo’l varag’i 5 ta nusxada to’lg’iziladi va detallar bog’lamida biriktiriladi. Yo’l varag’ida buyum nomi, artikuli, razmer va rosti, bog’lamdagi buyum soni yoziladi. Bundan tashqari bu sexda yorliqlar, kal’kulyatsion talonlar nashr etiladi va bog’lam komplektiga biriktiriladi.
Nazorat savollari:
1. Bichish sexining asosiy vazifalari.
2. Gazlamalarni to’shash usullari va texnik shartlari.
3. Ketme-ket to’shash usulining avzaliklari va kamchiliglari.
4. Parallel to’shash usulining xusuiyatlari.
5. Aralash to’shash usulining mazmuni.
6. Buyum detallarini qirqib olish uskunalari tasnifi.
7. Detallarni komplektlash jarayoni tasnifi.8. Detallarni nomerlash operatsiyalari.
9. Bichish sexining yakunlovchi texnologik operatsiyalari.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Bichuv sexida amalga oshiriladigan ishlarni Klaster sxemasini tuzing..
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 1977 y.
2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.
3. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar ustki kiyimini tikish” Toshkent “O’qituvchi” 1997 yil
5 - Ma’ruza
Mavzu: Kiyim tikish usullari. Qo’lda bajariladigan qaviqlar va qaviqqatorlar.
Darsni maqsadi: Kiyim detallarini qo’l qaviqlari yordamida ipli birlashtirish bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tayanch iboralar: to’g’ri qaviq, qiya qaviq, qiya biriktirma qaviq, to’r qaviq, yashirin biriktirma qaviq, salqi qaviq , yolg’on qaviq, tepchima qaviq, hyalqa qaviq, to’r qaviq, payvandlab biriktirish .
Reja.
5.1. Kiyim detallarini ulash xusuiyatlari va tavsifnomasi, kiyim detallarini ulash usullari
5.2. Qo’lda bajariladigan qaviqlar va qaviqqatorlarining tuzilishi, ishlatilish sohasi
5.1. Kiyim detallarini ulash xususiyatlari va tavsifnomasi, kiyim detallarini ulash usullari.
Kiyim detallarini biriktirishning uch xil usuli mavjud:
1. Ip bilan biriktirish
2. Yelim bilan biriktirish
3. Payvandlab biriktirish
Ip bilan biriktirish usulida iplar tikuv buyum detallarini biriktirishda asosiy vosita hisoblanadi. Ip bilan biriktirishda turli xil iplardan foydalaniladi. Tabiiy (paxta, zig’ir, ipak), sintetik (poliamit, poliefir) va sun’iy (visokoza, polinoza,) iplari shunday iplar qatoriga kiradi.
Yelim bilan biriktirishda esa buyum detallari bir – biri bilan yelimli material yordamida biriktiriladi.
Payvandlab biriktirish kontaktdan chiqadigan issiqlik yoki qizdirilgan qattiq asbobni nur sochishi xisobiga kiyim detallarining biriktirilishidir.
Gazlamada igna hosil qilgan qishni teshiklar orasida iplar chatishuvining bitta tugallangan sikli qo’lda bajarilgan bo’lsa, qaviq deyiladi. Ketma-ket takrorlangan qaviqlardan qaviqqatorlari hosil bo’ladi.
5.2. Qo’lda bajariladigan qaviqlar va qaviq qatorlarining tuzilishi,
ishlatilish sohasi.
Tuzilishi jihatidan qaviqlar oddiy va murakkab bo’ladi.Oddiy qaviqlarga qiya sirma qaviq ,to’g’ri sirma qaviq, qiya biriktirma qaviq, to’r qaviq, yashirin biriktirma qaviq, salqi qaviq va yolg’on qaviqlar kiradi. Bunday qaviqlar ust kiyimlar tikishda uning detallarini vaqtincha ko’klab qo’yish kuylak tikishda burmalar hosil qilish kabi maqsadlarda ishlatiladi. Ammo yo’l-yo’l yoki katak gazlamalardan tikiladigan kiyim detallarini ko’klashda ulanayotgan detallar yo’llarini to’g’ri keltirish uchun, yon choklarini ko’klashda mo’ljallangan mashina birgizish uchun to’g’ri sirma qaviq ishlatilishi shart.
Sirma qaviqni qanchalik yirik yoki mayda bo’lishi uchun nima maqsadda ishlatilayotganiga va gazlamaning turiga bog’liq. Misol: detallarni salqisiz ko’klanayotganda qaviq yirikligi 2-3 sm, salqi hosil qilib ko’klanganda esa 1-2 sm bo’ladi. Qaviq detallarini salqisiz sirtalishda 3-5, salqi hosil qilib sirtalishda 1,5-3 sm, bukib ko’klashda esa 1,5- 3 sm bo’ladi. (5 – rasm)
5 - rasm. Tog’ri va qiya sirma qaviqlar sxemasi
Yo’rma qaviq detallarni qirqimi tutilib ketmasligi uchun ishlatiladi. Bunda qaviq yirikligi gazalamani zichligiga bog’liq bo’lib, 0,5-0,7 sm bo’lib yo’rma kengligi esa 0,5 sm bo’ladi. Yo’rma qaviq chapdan o’nga qarab solinib, qaviqlar bir tomonga bir xilda og’ib turadi.
Qiya biriktirma qaviq detallar qirqimlarini bir-biriga ulash uchun ishlatiladi. Qiya birikma qaviq solish uchun igna ustki gazlamaga uning qirqimiga nisbatan 60-70 burchak hosil qilib sanchiladi. Igna ustki gazlamani to’la teshib o’tib ostki qatlamini yarim qalinligini teshib o’tadi. Qaviq ustki gazlama qirqimidan 0,2-0,4 sm masofada o’tishi kerak.
Yashirin birikma qaviq detallarining chetini bukib asosiy gazlamaga biriktirish uchun ishlatiladi. Yashirin biriktirma qaviq solish uchun ignaning detalning buklangan joyidan 0,1-0,5 sm masofada o’tkazib olib shu joy ruparasidan asosiy gazlamaning yarim qalinligi ilib olinadi. Har bir santimetrda 2-3 ta qaviq bo’ladi.
Iroqsimon biriktirma qaviq qirqimlarining ochiq yoki yopiq detallarining chetlarini biriktirish uchun qo’llaniladi. Iroqsimon qaviqlar chapdan o’nga bajarilib, ignaning sanchilishi esa o’ngdan chapga bo’ladi. Yuqorigi va pastki teshiklar bir-birining ro’parasida bo’ladi. Qaviqning yirikligi gazlamaning zichligiga bog’liq bo’lib, 0,5-0,7 sm ga yetadi. (6 – rasm).
-
Salqi qaviq belgi chiziqlarini bir detaldan ikkinchisiga ko’chirish uchun ishlatiladi. Bunda salqining uzunligi 0,5- 0,7 sm, qaviq takrorligi esa 5 sm da 4-5 dan bo’ladi. Unga ichkari tomon qilib qaychi bilan qirqiladi.
Tepchima qaviq ikkita detalni bir-biriga ulashda detallarga qo’shimcha qayishqoqlik berish va ularni ma‘lum holatda saqlanib turishi uchun ishlatiladi. Tepchib qavishda ust tomondagi gazlama to’liq teshilib, ost tomonidagi gazlamaning yarim qalinligi ilib olinadi. Gazlama qalinligiga qarab, har bir qaviq 0,5-0,7 sm bo’lishi mumkin. Qaviqlar orasidagi masofa 0.4-0.5 sm bo’ladi.
Yolg’on qaviq gazlamalar chetini zichlashtirish detal shaklini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Ip taqilgan igna gazlama olga tomon og’darilib sanchilib, pastdagi gazlamaning yarim qalinligi ilib olinadi va ignani yuqori tomon yo’naltirib gazlamadan chiqarib olinadi. Yolg’on qaviqda 33,65,75 ipak iplar ishlatilib, qaviqning yirikligi 0.3-0.4 sm bo’ladi.
To’rsimon qaviq mashinada baxyaqaviq yuritish qiyin bo’lgan yoki yuksakroq chuziluvchanlik talab etiladigan choklar bor joylaridagi detallarni doimiy ulash uchun ishlatiladi.To’r qaviq har xil qilishda ip gazlama qalinligi to’la teshib o’tib qaytadi va yana gazlamadagi oldingi teshikdan o’tadi. Qaviqning teskari tomonidagi yirikligi o’ng tomondagiga nisbatan ikki barobar ortiq bo’ladi. Qaviq yirikligi gazlama qalinligiga bog’liq bo’lib 0.1-0.4 sm ga yetadi.
To’r qaviq mashinada baxyaqator yuritish qiyin bo’lgan yoki yuksakroq cho’ziluvchanlik talab etiladigan choklar bor joylardagi detallarni doimiy ulash uchun ishlatiladi. Qaviq yirikligi 1,1-1,5 sm,bunda 10-13 ta ip bilan qaviladi.
Halqa qaviq izmalarini yoki titiladigan gazlamalardan olingan detallar qirqmalarini yurmash uchun ishlatiladi. Halqa qaviq hosil qilish uchun, igna gazlamaga uning chetidan 0,3sm beriroqqa sanchiladi, keyin ignaning ko’zi tomonidagi ipni igna ichiga chapdan o’ngga aylantirib tashlab, hosil bo’lgan halqa bir sharoitda tortiladi. Yo’rma halqa mustahkamroq bo’lishi uchun hosil bo’ladigan jim -jima burtibroq turishi uchun, kiyim izmalari bo’ylab ularning qirqimidan 0,1-0,2 sm masofada ikki bo’lakdan 110-120 ip yoki maxsus shnur qo’yiladi.
Nazorat savollari:
1. Kiyim detallarini biriktirishning qanday usullari mavjud ?
2. Kiyim detallarini yelimlab biriktishning ahamiyati.
3. Payvandalab biriktirish usuli qanday avzallikka ega?
4. Qaviq deb nimaga aytiladi ?
5. Qaviqqator deganda nima tushuniladi.
6. Qaviqlar turlari, qo’llanmilsh doirasi
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Qo’l qaviqlarini tuzilish turiga ko’ra klaster sxemasini mustaqil chizib kelish.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. Toshkent “O’qituvchi” 1989 y.
2. M.Sh. Jabborova “Tikuvchilik texnologiyasi” Toshkent. “O’zbekiston” 1994 y.
3. A.T.Truxanova “Tikuvchilik texnologiyasi asoslari” T. “O’qituvchi” 1997 yil
4. Y.X.Melikov “Laboratorniy praktikum po texnologii shveynix izdeliy” M. “Leg prom bit izdat” 1982
6 – Ma’ruza
Mavzu: Mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari.
Dars maqsadi: Mashinada bajariladigan baxya va baxyaqatorlari turlari bilan tanishtirish, ularning ishlatilish sohasi va tikilish texnologiyasi haqidagi bilimlarni shakllantirish.
Tayanch iboralar: biriktirma chok, yorma chok, quyma chok, bostirma chok, tutashtirma chok, qo’sh chok, ichki chok, ziy choklar, mag’iz chok, ag’darma chok, bukma chok, taxlama, bo’rtma chok.
Reja:
6.1. Mashina choklari turlari.
6.2. Birlashtiruvchi choklar tuzlishi va ishlatilish sohasi.
6.3. Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi.
6.4. Bezak choklari va qo’llanish sohasi.
6.1. Mashina choklari turlari.
Kiyim choklari kiyim qismlarining ip yoki sim yordamida birlashgan joylari demakdir. Mashina choklari konstruktsiyasi va vazifasiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: birlashtiruvchi chok- kiyim detallarini birlashtirishga, ziy chok -detal ziylarini ishlashga va qirqmalarini titilib ketishidan saqlashga, bezak choklar.
6.2. Birlashtiruvchi choklar tuzilishi va ishlatilish sohasi.
Biriktirma chok tikuvchilikda eng ko’p tarqalgan chok bo’lib, detallarning yon, yelka va boshqa qirqimlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. U yorib yoki bir tomonga yotqizib dazmollanadi. (8 - rasm)
8 - rasm . Biriktiruvchi chok turlari
Yorma chok bir vaqtning o’zida ham biriktiruvchi, ham bezovchi chok xizmatini o’taydi. Bunday chokni bajarish uchun detallarni biriktirma chok bilan tikib olib, shu chok ikki tomonga yotqiziladi va gazlama o’ngi tomonidan biriktirma chokning ikki yoniga undan 0,2 sm masofada baxyaqator yuritib chiqiladi.
Quyma chok ochiq qirqimli bo’lishi mumkin. Quyma chok hosil qilish uchun bir detal ikkinchisining ustiga 1 sm o’tkazib tikiladi. Chokning vazifasi va gazlama turiga qarab, bezak baxyaqatorlar kengligining 0,5-1,5 sm ko’proq’i bukiladi. Bezak baxyaqator esa kiyim fasoniga qarab detalning bukilgan chetidan 0,2-0,5 sm masofada bo’ladi.(9-rasm)
9 - rasm. Qo’yma chok
Bostirma chok biriktirma chokning bir turi bo’lib, paltoning yon, ort bo’lak o’rtasidagi choklarini tikish uchun ishlatiladi. Bostirma chok ochiq qirqimli yoki bir qirqimli yopiq bo’lishi mumkin. Ochiq qirqimli bostirma chok detallar o’ngi bilan bir-biriga qaratilib, bezakbaxyaqator kengilining 0,5 sm ortiq chok solib biriktiriladi. Yopiq qirqimli bostirma chok tikish uchun detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki detal ustki detal qirqimiga nisbatan baxyaqator kengligidan oldinroq chiqarilib ustma-ust qo’yiladi. (10 - rasm.)
10 - rasm. Bostirma chok
Tutashtirma chok yupqa gazlamalardan tikiladigan kiyimlar bort qotirmasining qism va vitochkalarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Ikki detal qirqmalarini bir-biriga taqab, kengligini 2-2,5 sm bir tomoniga yelim surtilgan gazlama taglik ustiga qo’yiladi va dazmollab yopishtiriladi.
Qo’sh chok (11 - a-rasm) ust kiyimlarini astarsiz yoki faqat belgacha tushadigan qilib tikishda, cho’ntak xaltalarini tikish, shuningdek ko’rpa- yostiq jildlari, choyshablar tikish uchun ishlatiladi. Qo’sh chok hosil qilish uchun, detallar teskari tomonlari bir-biriga qaratilib, 0,3-0,5 sm kenglikda biriktirma chok bilan tikib olinadi, keyin detallarning o’ngi ag’darilib ,detallar chetidan 0,6-0,7 sm masofada ikkinchi qator tikiladi.
11- rasm.Qo’sh chok
|
12 – rasm. Ichki chok turlari
|
13 – rasm. Qulf chok
|
Ichki chok ich kiyimlar va ip gazlamalardan astarsiz kiyimlar tikishda ishlatiladi. Detallar o’ngi bir-biriga qaratilib, ostki detal chetini ustki detalga nisbatan 0,5-0,7 sm oldinroq chiqarib ustma-ust qo’yib tikiladi, keyin detallar orasi ochiladi, o’ngini pastga qaratib yoziladi, ostki detalning oldinroq chiqarilgan cheti bukilib tekislanadi va bukilgan chetidan 1-1,5 sm 2 qator tikiladi. (12 - rasm)
6.3. Ziy choklarning tuzilishi va ishlatilish sohasi.
Ziy choklar detal qirqimlarini titilib ketishidan saqlash va yoqa, bort, cho’ntak, yeng uchi, kiyim etagi kabi detallar chetlarini tikishga mo’ljallangan bo’lib, uning bukma chok, mag’iz chok, ag’darma chok turlari bor.
Bukma chok ochiq qirqimli, yashirish qirqimli va mag’izli bo’ladi. Ochiq qirqimli chok qalin gazlamalardan kiyim tikishda ishlatiladi. Yopiq qirqimli bukma chok erkaklar kuylaklari, ayollar kuylaklari tikishda, ayollar kuylaklari etagini, yeng uchlarini, choyshab chetlarini tikish kabi ishlarda qo’llaniladi. Bunda tikilayotgan detal uchini ikki qavat qilib bukib, yashirin qaviq bilan yoki universal mashinada bostirilib tikiladi. Mag’iz qirqimli bukma chok ust kiyimlarni tikishda, yupqa palto etaklari kabilarni tikishda ishlatiladi. Bunda asosiy detalning o’ngiga tasma qo’yib yoki maxsus gazlama parchalaridan mag’iz qo’yib 0,3-0,4 sm kenglikda ulanadi.
14 - rasm. Bukma chok
turlari
|