Yubka yuqori chetiga korsaj tasma qo’yiladigan bo’lsa tasma uzunasiga, buklab dazmollanadi. Andaza qo’yib yubkadagi vitachkalar taxlamalar, yon choklar va hokazolar to’g’ri keladigan joylar belgilanadi. Belgilangan chiziqlar yubkaning vitachkalariga, choklariga to’g’ri keltirib qo’yilib, tasmaning bir cheti yubkaga, yubkaning teskarisidan tasma qirqimidan 0,2 sm, yubka qirqimidan esa 0,7 sm narida bostirib tikiladi.
.
38 – rasm. Yubkani yuqori chetiga korsaj tasma ulash
|
|
39 – rasm. Qaytarma belbog’ni yubkaga ulash
|
Bunda tasmaning bir uchi pastki taqilmadan 2,5 sm oshirib, ikkinchi uchi esa ustki taqilmadagi kertimdan 1 sm oshirib qo’yiladi va pastki taqilma ziyidan boshlab ustki taqilmadagi kertimgacha tikiladi. Tasma uchi ichkari tomonga 1 sm bukilib, maxsus mashinada temir ilgaklar tikiladi (38 – a rasm).Temir (lot. Ferrum), Fe - Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; atom massasi 55,847. Temir 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. Maxsus mashina bo’lmasa, temir ilgakning ikkita qulog’i va uchining bukilgan joyi 12-14 tadan qaviq solib qo’lda chtiladi. Tasma dazmoldan hosil bo’lgan izi bo’ylab bukilib, ilgakning qaytilgan uchi tagidan o’tkaziladi va yon ziylari qo’lda qaviq solib tikiladi (38 – b rasm). Tasmaning ulanmagan qirqimi yubka chetiga chiqarilib, undan 0,1 sm masofada bostirib tikiladi , shu bilan bir vaqtda tasmaning ikkinchi uchini bukib tikib yuboriladi. Tasmaning ustiga, uning eni o’rtasiga astarlik gazlamadan ikkita ilgak qo’yib keyin bostirib tikiladi (38 – в rasm)
Yubka yuqori cheti ulama belbog’li bo’lsa, belbog’ning o’ngi yubka teskarisiga qaratib qo’yiladi. Pastki taqilmasi ziyidan boshlab ustki taqilma ziyigacha 0,7 sm chok bilan tikib ulanadi. Shu bilan bir vaqtda ikkala ilgak ham tikib ketiladi. Belbog’ o’ngi tomonga, uning qirqimi ulangan chokidan 1 sm oshirib buklanadi va belbog’ uchlari 0,5 sm kenglikdagi ag’darma chok bilan tikiladi. Burchaklarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirib, undan ortiqchasi qirqib tashlanadi. Belbog’ burchaklari o’ngiga ag’darib to’g’rilanadi. Belbog’ ikkinchi qirqimi 0,7 sm buklanadi va belbog’ ulangan chokdan 0,2 sm pastroq tushirilib, shu buklangan ziyidan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi. Ayni vaqtda belbog’, uning yuqori va yon ziylari bo’ylab ulardan 0,2 sm masofada bostirib tikiladi.
Ustki taqilmaga andaza qo’yib, temir ilgaklar joyi belgilanadi. Temir ilgaklar taqilma bukish haqi bilan astari orasiga kiritilib, ularning bukilgan uchi taqilma buklangan ziyida hosil qilingan teshiklardan tashqariga chiqarilib, qulog’i va uchining bukilgan joyi 9-10 tadan qaviq solib qo’lda chatiladi.
Petlya joylari temir ilgaklar joyiga moslab belgilanadi. Taqilmaning ostki qismida petlyalar ipdan qilinadi. Korsaj tasmaga esa ikkita temir petlya chatiladi – temir petlyaning qulog’ini korsaj tasma qatlamlari orasiga kiritiladi va shu quloq, shuningdek, temir petlyaning ikki yoni 12-14 tadan qaviq solib chatiladi. Taqilma ostki qismining temir petlyalar yaqinidagi cheti tasmaga 5-6 qaviq solib chatiladi.
16.3. Yubka etagiga ishlov berish.
Yubka etagini bo’rlash uchun, uni old va ort bo’laklari o’rtasidan bukib, yon choklari simmetrik vitachka va boshqa choklari bir-biri bilan ustma-ust keltirilib, stolga yoyiladi , bunda yubkaning o’ngi tashqarida, teskarisi esa ichkarida bo’lishi kerak.
40 – rasm. Yubka etagini tikish
Andaza qo’yilib, yuqoriga qaratib qo’yilgan tomonida qirqish va bukish chiziqlari belgilanadi. Pastga qarab turgan tomoni yuqoriga aylantirilib, unda faqat bukish chizig’i belgilanadi. Yubkaning taxlamalari bo’lsa, ularni ko’klab qo’yilgan iplar so’kib tashlanadi. Yubka choklari bukib dazmollangan bo’lsa, ular etak qirqimidan 8-10 sm masofada kertilib, shu oraliqdagi qismi yorib dazmollanadi.
Yubkaning etagi (40-a rasm) belgilangan chiziq bo’ylab buklanib, hosil bo’lgan ziydan 2 sm narida maxsus mashinada ko’klanadi. Klyosh yubkalar etagi ikki qator ko’klanadi. Bunda birinchi qator, press yostig’I ustiga qo’yiladi:
3. Old bo’lak ustiga bort qotirmasi yelim plyonkali tomonini pastga qaratib, ko’krak atrofi qabariqlari old bo’lak qabariqlariga buklangan ziydan 1 m narida, ikkinchi qator esa qirqimdan 1 sm narida o’tadi. Yubka etagi buklab, ko’klab olingandan keyin (ba’zan ko’klamasa ham bo’ladi) uning qirqim tomoni yana ichkari tomon buklanib, yashirin baxyali maxsus mashinada tikib qo’yiladi
Yubka tez titiladigan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etak qirqimiga astarlik gazlamadan mag’iz qo’yiladi yoki tasma tikiladi, shuningdek, uni universal mashinada bukib tikiladi yoki maxsus mashinada yo’rmaladi (40-rasm, b,v,g). Yubka zich to’qilgan jun gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, etagining bukish haqi yelimlab yopishtirib qo’yilsa ham bo’ladi (40-rasm, d), buning uchun uning chetiga yo’rmalgan qirqimidan 0,1 sm narida yelim plyonka qo’yiladi. Etak bukib ko’klanadi va presslab yopishtiriladi. Yubka ip gazlamadan tikilayotgan bo’lsa, uning etak qirqimi yashirin baxyali maxsus mashinada yoki universal mashinada tikib qo’yiladi. Bunda bukish haqi ko’klanmaydi. Yubkaning etagi dazmolda yoki pressda dazmollanadi.
Nazorat savollari:
1. Ayollar yubkasining siluetga ko’ra turlari .
2. Ayollar yubkasining birlashtiruvchi chok miqdoriga ko’ra turlari.
3. Ayollar yubkasi “molniya” tasmalai taqilmasiga ishlov berish usuli.
4. Ayollar yubkasi belbog’larini tikish usullari.
5. Ayollar yubkasi etagini tikish.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Ayollar yubkasi etagini tikish sxemalarini chizing.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 184 – 190 bet.
2. M. Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 202 - 209 bet.
3. I.N.Litvinova, Ya.A.Shaxova. “Ayollar sutki kiyimini tikish” Toshkent-O’qituvchi1997 yil. 186 – 188 betlar va 193 – 207 betlar.
17 – Ma’ruza
Mavzu: Erkaklar shimini tikish.
Dars maqsadi: Erkaklar shimi bo’laklari, taqilmasi, yuqori qismiga, poychasiga ishlov berish texnologiyasini o’rganish.
Tayanch iboralar: mag’izli ko’rinma, tugma qadash bo’lagi, izma yo’rmalash bo’lagi (gulfik), karsaj lenta
Reja:
17.1. Erkaklar shimi bo’laklari. Erkaklar shimi taqilmasiga ishlov berish usullari.
17.2. Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari.
17.3. Shim poychasiga ishlov berish.
17.1. Erkaklar shimi bo’laklari. Erkaklar shimi taqilmasiga ishlov berish usullari.
Erkaklar shimi quyidagi bo’laklarsdan iborat: old va ort bo’lak, belbog’, mag’izli ko’rinma, tugma qadash bo’lagi, izma yo’rmalash bo’lagi ya’ni (gulfik).
Gulfikka ishlov berishda tugma yoki“molniya” tasmali usul bilan ishlov beriladi. Ketma-ket ishlov berish mobaynida gulfikni o’ngiga uning astarini o’ngi qo’yib, qirqimlarini to’g’rilagan holda ichki qirqimini 0,4-0,5 sm da birlashtiriladi.
Gulfikni o’ngiga ag’darib, gulfik tomonidan 0,1-,0,2 sm kenglikda ziy chiqarib dazmollanadi va ustidan bostirma bezak chok tikiladi. Andoza orqali gulfikning belgilangan joyida izma o’rni belgilanadi va maxsus mashinada yo’rmalanadi. Old bo’lakni chap qismida taqilma o’rniga astar tagligi 0,5-0,4 sm kenglikda biriktiriladi.
Chok astar taglik tomonga bukib dazmollanadi. Old bo’lakning taqilma qismida biriktirish chokidan 0,2-0,5 sm oraliqda gulfikni astar ustiga tikib qo’yiladi va izmalar orasida 1 sm uzunlik bilan puxtalanadi.
41 – rasm. Shim tugma joyini tikish
|
42 – rasm. Shim gulfigini bostirma chok bilan tikish
|
43 – rasm. Chap old bo’lak taqilmasini tikish
|
44 – rasm. Tugma joyini shimning o’ng old bo’lagiga ulash
|
Erkaklar shimining “molniya” tasmali taqilmalarini tikish. (45 - rasm) Tugma joyini shimni old bo’lagiga biriktirish uchun ,tugma joyini tugma joyi astari bilan 0,5-0,7 sm kenglikda ag’darma chok bilan tikiladi va o’ngiga ag’darib avra tomondan 0,1-0,2 sm da ziy chiqarib dazmollanadi.
Tugma joyini taqilmaga 0,5-0,7 sm kenglikda biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi,tugma joyi astari ichki qirqimi 0,7-1 sm kenglikda bukilib ,ustidan biriktirma chokka 0,1 sm kenglik bilan bostirib chok tikiladi.Tugma joyi pressda dazmollanadi.. Andoza orqali tugma o’rni belgilanadi va tugma taqiladi.
Tugma joyini“molniya” tasmali ishlov berishda, karsaj lenta tugma joyining tashqi qirqimiga 0,5 sm da qo’yiladi va ustida qo’yma chok bilan birlashtiriladi. Avradan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lenta bilan tugma joyini ichki qirqimi maxsus mashinada yo’rmalanadi va kichik moslama yordamida, taqilma ichkariga bukilgan holda, uning tagiga tugma joyi qo’yilib bir vaqtning o’zida bostirma chok bilan biriktiriladi.
45 – rasm. Shim taqilmasiga “molniya” tasma qo’yib tikish.
17.2. Shimning yuqori qismiga ishlov berish usullari.
Shimning belbog’iga ishlov berishda, kamar tutkich bo’lagini ag’darma chok bilan ,qo’yma bostirma chok bilan maxsus mashinada, kengligi belgilangan holda birlashtiriladi. Old bo’lakni ort bo’lak bilan o’ngini o’ngiga qo’yib, 1 sm kenglikda yon qirqimi birlashtiriladi va chok yorib dazmollanadi. Bel aylanasi belgilangan holda ort bo’lakda o’rta chok o’rni belgilanadi. Kamar tutkichni yon cho’ntakni yuqorisiga old bo’lakning taxlama o’rniga, ort bo’lakning vitochka o’rniga qo’yib puxtalanadi. Belbog’ni astar va qotirma bilan ishlov berilsa, birdan astar qotirmaga biriktiriladi va shu chok atrofida astarni aylantirib ,ustidan bostirma chok tikib dazmollanadi. Belbog’ni shimning yuqori qismiga 0,7-0,8 sm kenglikdagi chok bilan biriktiriladi va chok yorib dazmollanadi. Belbog’ni kengligi teskari tomondan belgilanib, birlashtirma chizig’i chiziladi va shu chiziq ustidan qotirma bilan astarni o’ngini o’ngiga qo’yib birlashtiriladi.Tugma joyi bilan belbog’ burchagi chokka 0,-0,3 sm qoldirib kertim beriladi va o’ngini o’ngiga ag’darib burchaklari to’g’rilanadi. Belbog’ tomonidan 0,2-0,3 sm ziy chiqarib dazmollanadi. Belbog’ni biriktirma chok ustidan bostirma bezak chok bilan astar qayirmani biriktiradi. Belbog’ namlab isitib dazmollanadi.
Shim belbog’ini karsaj lenta bilan ishlov berish. Belbog’ni shimning yuqori qismiga 0,7-0,8 sm da biriktiriladi. Chok belbog’ tomonga bukib dazmollanadi. Belbog’ kengligi belgilanib, belgilangan chiziqdan 0,2 sm tashqarida karsaj lenta qo’yma chok bilan biriktiriladi va belbog’ tomondan ziy chiqarib dazmollanadi. Karsaj lentani 2-ochiq qirqimi belbog’ biriktirma chok ustidan bostirma baxya chok bilan biriktiriladi. Belbog’ oxiri ikki bukilgan holda, 0,5 sm kenglikda bichiladi. Burchagida kertim berib, yorib dazmollanadi va o’ngini o’ngiga ag’darilgan holda dazmollanadi. Burchak ochiq qirqimi puxtalama chok bilan 1 sm kenglikda mahkamlanadi.
Yangi texnologiya bo’yicha, ignali maxsus mashina bilan karsaj lentali belbog’ni moslama yordamida(mashinaning orqa tomoniga o’rnatilgan) va bir paytda kichik moslama orqali o’tkazib,shim yuqorisiga karsaj lentani o’ragan holda biriktiriladi va belbog’ namlab- isitib, press yordamida presslanadi.
a
46 – rasm. Avarsiga qotirma qo’yilgan astarli belbog’ni yoki tasmali belbog’ni shimga ulash:
17.3.Shim poychasiga ishlov berish.
Qaytarma manjetli pochaga tasma bilan ishlov berish. Shimning yuqori qismi tayyor bo’lgandan so’ng ,shim uzunligi razmeri olinadi va shu yerdan gorizontal chiziq bo’ylab bukish joyi belgilanadi. Agar shim qaytarma manjetli bo’lsa, u holda manjetni kengligi ikki baravar o’lchamda farq qiladi.
Manjetni ikkiga buklab, bukish burchagi tasmadan o’rtasi pocha qirqimiga to’g’rilanib, ikki ignali mashinada tasma shim pochasiga biriktiriladi.
Tasmadan 0,1-0,2 sm ziy chiqarib manjetni o’ng tomonga bukilgan holda dazmollanadi.
Agarda, shim manjetsiz bo’lsa, bukish burchagiga tasma ziy chiqaradigan masofa shim tomonga qo’yilib, ikki ignali mashinada biriktiriladi. Tasmadan ziy chiqarilib, shim pocha qirqimi dazmollanadi. Shimning ochiq joyi yo’rmalanadi va maxsus mashinada yashirin ko’rinmas chok bilan biriktiriladi.
Nazorat savollari:
1. Erkaklar shimining asosiy bo’laklari nimalardan iborat ?
2. Erkaklar shimining tugma va izmali taqilmalarini tikish usuli mazmuni.
3. Erkaklar shiminiung “molniya” tasmali taqilmasiga ishlov berish tartibini tushuntiring.
4. Shim yuqori qirqimiga ishlov berish usullari.
5. Shimning qaytarma manjetli poychasiga ishlov berish usuli.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Erkaklar shimining “molniya” tasmali taqilmalarini tikish sxemasini chizing.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1994 y. 166 – 182 bet.
2. M.Sh. Jabborova "Tikuvchilik texnologiyasi". 1977 y. 278 – 290 bet.
18 - Ma’ruza .
Mavzu: Ustki kiyimlar bortlarini tikish
Dars maqsadi: Bort tikish bosqichlari bilan tanishish , tikish usullari haqida nazariy bilimlarni egallash.
Tayanch iboralar: Bort qotirmasi, qil qatlam, universal mashina, yelka taglik
Reja:
18.1. Bort tikishning bosqichlari. Bort qotirmasi tayyorlash usullari.
18.2. Adip tayyorlash usullari.
18.3. Bort qotirmasini old bo’lakka ulash usullari.
18.4. Old bo’lakka adipni ulash.
18.5. Bort ziylariga ishlov berish usullari.
18.1.Bort tikishning bosqichlari. Bort qotirmasi tayyorlash usullari.
Bort kiyimning ko’p mehnat talab qo’iladigan va eng mas’uliyatli qismidir. Uni tikish nihoyatda ko’p operasiyalarda iborat. Kiyimni tashqi ko’rinishi va umuman qanchalik sifatli bo’lishi ,ko’p jihatdan bort tikish sifatiga, uning konstruksiyasiga, tikish texnologiyasiga va uni tikishda qanday yordamchi materiallar ishlatilganiga bog’liq bo’ladi.
Bort qotirmasi old bo’lakning shakli buzilib ketmasligi uchun xizmat qiladi. Kiyimning turiga va modeliga qarab ,bort qotirmasi qo’shimcha qatlamlar qo’yib yoki qo’shimcha qatlamlar qo’ymay tikiladi.
Bort qotirmasini tikib tayyorlash. Bort qotirmasining uloqlarini va vitachkalarini universal mashinada yoki siniq baxyaqatorli maxsus mashinada, qo’yma chok bilan yoki tagiga ip gazlama parchasi qo’yib, tutashtirma chok bilan tikiladi. Vitachkalari qotirmaning yuqori qirqimidan boshlab tikiladi. Vitachka qo’yma chok bilan tikilganda, chokning kengligi vitachka qirqimining yuqori uchidan 1sm bo’lib boshlanib, pastki uchidan 1sm o’tib yo’q bo’lib ketadi. Bort qotirmasini qil qatlam hamda yelka taglik qo’yib bort qotirmasining ko’krak atrofidagi asosiy qismidan belgilangan joylarga qil bo’ylama, qil qatlam qo’ygandan keyin yelka taglik qo’yib, shu taglikning oval qirqimidan 0,5sm masofada bostirib tikiladi. Qotirmaning qil qatlamli tomoni pastga qaratilib, baxyaqator yuritiladi. birinchi baxyaqator yelka qirqimidan 4-5 sm narida, qil qatlamning o’rtasiga tushiriladi, qolgan baxyaqatorlar birinchisiga parallel qilinib, bir-biridan 1-2 sm oraliqda yuritiladi, bunda qil qatlam bort qotirmadan ko’ra bo’shroq tutib tikiladi. (47 - rasm)
Qil qatlam chetlariga ip gazlama,(cheklama) uning o’rtasiga qil qatlam qirqimlariga to’g’rilanib, bostirib tikiladi. Bunda bort qotirmasining ko’krak qismi bo’rtib turishi uchun, qil qatlamning yon qirqimlari 0,5 - 0,7 sm solqi qilinib, cheklama qirqimlaridan 0,2 sm narida baxyaqator yuritiladi.
Bort qotirmasi qil qatlam tikilayotganda ,uning yuqori qismiga yelka taglik qo’yib, universal mashinada siniq baxyaqator yuritib, bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator yelka qirqimi bilan yeng o’mizi qirqimiga 4 sm, yoqa qirqimi o’mizi qirqimiga esa 6 sm yetkazilmaydi, siniq baxyaqatir uchlari orasidaqi masofa 2 sm ga teng bo’lishi kerak. Keyin bort qotirmasiga dazmolda yoki maxsus yostiqlari bor pressda namlab– isitib ishlov beriladi.
Dazmolda ishlov berishda, o’ng va chap tomon bort qotirmalari ularning qil qatlamlari ichkariga qaratib juftlanadi. Keyin namlab, ikkala qotirma tomonidan kirishtirib dazmollanadi, shunda ikkila bort qotirmasi simmetrik bo’lib chiqadi va ularning hosil qilingan shakllari turg’un bo’lib qoladi.
47 – rasm. Bort qotirmasini tikish
a – qil qatlam va yelka taglik qo’yib tikiksh
|
b – qil qatlam va ikkinchi qotirma qatlam qo’yib tikish
|
в – yelka taglik qo’yib qil qatlamsiz tikish
|
Pressda ishlov berishda ikkala bort qotirmasi, ularning qil qatlamlari ichkariga qaratib juftlanadi. Press ostki yostig’ining bo’rtgan joyiga bort qotirmalarining bo’rtgan joyi to’g’rilab qo’yiladi. Keyin presslansa, bort qotirmasining mo’ljallangan shakli hosil bo’ladi.
Bort qotirmasini yelimlab yopishtirib tayyorlash. Bort qotirmasi uloqlarining va vitachkalarining qirqimlari tutashtirilib, yelimli gazlama parcha qo’yib dazmollab yopishtiriladi.Qotirmaning adip qaytarma qismi yelka tagligining bir tomoniga yelim surtilgan yoki yelim kukun sepilgan qotirma gazlamasidan alohida-alohida bichiladi. Qil qatlam ham yelim qoplangan gazlamadan bichiladi. Yig’ish bilan bir vaqtda maxsus yostiqlari bor pressda bort qotirmasinig kerakli shakli hosil qilib boriladi. Yostiqlar ostkisi qabariq, ustkisi botiq yoki ostki botiq, ustkisi qabariq sathli bo’lishi mumkin. Bort qotirmasini yig’ishdan oldin qil qatlamning yon va pastki chetlariga bir tomoniga yelim qoplangan, kengligi 1,5-2 sm cheklama qo’yiladi. Cheklama uzunasiga o’rtasi qil qatlam qirqimiga to’q’rilab qo’yib, dazmollab yopishtiriladi. (48 - rasm)
48 – rasm. Yelimlab yopishtiladigan bort qotirmasi
Pressning ostki yostug’iga bort qotirmalaridan bittasi qo’yiladi. Uning ustiga belgilarga moslab qil qatlam yelimli tomoni pastga qaratib qo’yiladi, keyin ikkala yelka tagligi yelimli tomonlari tashqariga qaratib juftlab qo’yiladi. Bular ustiga ikkinchi qil qatlam yelimli tomoni yuqoriga qaratib qo’yiladi. Nihoyat bularning hammasi ustiga ikkinchi bort qotirmasi qo’yiladi. Presslab ,detallar yopishtiriladi va qotirmaning kerakli shakli hosil qilinadi.
Tayyor bo’lgan bort qotirmalari 5-6 juftdan pachkalanadi va eng yuqoridagi detal ustiga bortlar, yoqa o’mizlari, kiyim etagi, o’mizlar qirqiladigan chiziqlar, shuningdek, izma, cho’ntak va qotirma old bo’lakka hamda yon cho’ntaklar bo’ylamasi uchlariga ulanadigan joylar belgilab qo’yiladi. Bort qotirmalari maxsus qisqichlar bilan qisilib, belgi chiziqlar bo’ylab, bichish mashinasida qirqiladi. Yelim plyonka qo’yiladigan joylar teshgich yordamida belgilarga moslab teshiladi.
18.2. Adipni tayyorlash usullari.
Gazlamani tejash maqsadida adip bir nechta bo’lak qilib bichiladi. Bo’laklar gul va yo’llari bir-biriga mos keladigan qilib, kengligi 0,5-0,7 sm chok bilan ulanadi. Keyin choklar yorib dazmollanadi.
Guli yoki yo’li ko’zga aniq tashlanib turadigan gazlamalardan bichilgan adiplar old bo’lakka ulanishidan oldin, ular 0,8 -1,2 sm kirishtirib dazmollanib, adip qaytarma shakliga keltiriladi. Adipning ichki chetlari yordamchi andazada bo’rlab olinib, qirqib tashlanadi. Adipni ild bo’lakka maxsus mashinada ko’klanadigan yoki ko’klanmasdan maxsus mashinada ag’darma chok bilan tikilganda, adip old bo’lakka to’g’ri ulanishi uchun, uning tashqi qirqimiga andaza qo’yib burlab olinadi yoki kontril kertiklar qirqiladi.
Adipda bezak sifatida yoki tugmalash uchun izmalar bo’lishi mumkin. Bu izmalar adipning qaytarma qismida bo’lishi yoki yashirin izma sifatida adipning o’zida bo’ladi.
18.3. Bort qotirmasini old bo’lakka ulash usullari.
Vitachkalari, cho’ntaklari, bo’rtma choklari, taxlamalari tayyor bo’lgan old bo’lakka namlab-isitib ishlov beriladi. Bunda materiali yupqa kiyimlarning o’ng va chap old bo’laklari bir vaqtda, ularning teskarisi tashqariga qaratib juftlanib, kirishtirib dazmollanadi. Gazlamasi qalin kiyimlar old bo’laklari esa alohida-alohida kirishtirib dazmollanadi.
Old bo’lakning ko’krak atrofidagi joylarini maxsus taxta qolipga qo’yib, kirishtirib dazmollash to’rt bosqichda bajariladi:
1.Old bo’lakning yelka qirqimining yuqori burchagi va bort chetining bel chizig’igacha bo’lgan qismi taxta qolipning oval chetiga to’g’rilab qo’yiladi. Bort qaytarmasidan hosil bo’lgan solqilik kirishtirib dazmollanadi.
2.Old bo’lak bort qismi taxta qolip ustiga surilib, bort chetidagi solqi kirishtirib dazmollanadi.
3.Old bo’lak, uning yelka qirqimlari bilan yoqa o’mizini dazmollayotgan ishchi tomonga qaratib, taxta qolip ustiga qo’yiladi va yoqa o’mizidagi solqi kirishtirilib dazmollanadi.
4.Old bo’lak, uning yeng o’mizi qirqimini dazmollayotgan ishchi tomonga qaratib va ko’krak o’rtasini taxta qolipning oval qismiga to’g’rilab qo’yib, yeng o’mizi tomonidagi solqi kirishtirib dazmollanadi.
Old bo’lakka pressda shakl berishda maxsus qabariq yoki botiq yostiqlar ishlatiladi. Bunda, ikkala old bo’lak teskarisi tashqariga qaratib juftlanadi va press yostig’iga qo’yib, solqisi bir tekis taqsimlanib, kirishtirib dazmollanadi.
Ko’klab ulash usuli. Old bo’lak bort qotirmasining qil qatlami ustunga qo’yilib, old bo’lak bilan bort qotirmasining chetlari va ko’krak bo’rtmalari bir-biriga moslanadi. Old bo’lak o’ngidan bostirib ko’klanadi.
a в
49 – rasm. Old bo’lakka bort qotirmasini:
a – ko’klab ulash
|
|
в – yelimlab ulash
|
Ikkinchi baxyaqator yoqa o’miziga, adip qaytarmasining qayrilgan ziyiga va bort chetiga parallel qilib,ulardan 3-4 sm masofada yuritiladi. Uchunchi baxyaqator yelka qirqimidan 5-6 sm pastroqda o’mizning qirqimidan va bort qotirmasining ichki qirqimidan 3-4 sm narida, shu qirqimlarga parallel qilib yuritiladi.
Bort qotirmasi yoqa o’mizining cheti, yelka cheti, o’miz cheti va bort cheti bo’ylab old bo’lakka moslab qirqiladi. Adip qaytarma qaviq qirqilgandan keyin, har qaysi old bo’lak uning qotirmasi tomondan yuqorida ko’rsatilganidek, to’rt bosqichda dazmollanadi.
Yelimlab ulash usuli.Yelimlab ulashdan oldin, ikkala old bo’lak ularning teskarisi tashqarisiga qaratilib juftlanadi, ustiga andaza qo’yib, yoqa o’mizining , adip qaytarmasi, borti va etagining konturlari aniq belgilab chiqiladi. Old bo’laklar cheti bichish mashinasida yoki qaychida belgi chiziqlar bo’ylab qirqib tashlanadi. (49 – b rasm)
Old bo’lakka bort qotirmasi quyidagicha yelimlab ulanadi:
1.Old bo’lakning yuqori vitachkasi va bo’rtma choki bor joylariga teskarisi tomondan yelka qirqimidan 7-8 sm qochirib yelim plyonka qo’yiladi;
2. Old bo’lak bilan bort qotirmasi maxsus yostiqlari bor pressda ulanadi. Buning uchun, old bo’lak teskarisi yuqoriga qaratilibmoslanib qo’yiladi. Bunda, qotirma bilan old bo’lak chetlari ulanish oldidan qirqib qo’yilgan bo’lsa, bort qotirmasiga qo’yilgan uqaning chetlari old bo’lak qirqimlaridan quyidagicha oraliqda joylashtiriladi:
a) Bort chetlari uqaga yaqinlashtirilib, ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa, yoqa o’mizida 0,7-1 sm, adip qaytarmasi uchi va adip qaytarmasidan 0,5 sm , bortda 0,7 sm, etakda , etakning bukish chizig’i bo’ylab;
b) Bort chetlari uqa ustidan ag’darma chok bilan tikiladigan bo’lsa, yoqa o’mizida 0,6-0,9 sm, adip qaytarmasi uchidan, adip qaytarmasida, bortda 0,4 sm, etakda etakning bukish chizig’idan 0.4 sm pastda bo’ladi.
Old bo’lakka bort qotirmasi, izmalar teshigiga qo’yilgan gazlamalar parchalari, yon cho’ntak bo’ylamasi presslab yopishtiriladi. Bort qotirmasining adip qaytarma qismi oldindan qotirmaga yopishtirmagan bo’lsa, old bo’lakka qabariq shaklidagi maxsus yostiqli pressda yopishtiriladi.
|