Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasi




Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana04.01.2024
Hajmi462,23 Kb.
#130031
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Курс иши қўлланма

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI FAKULTETI 
AMALIY MATEMATIKA KAFEDRASI 
Usmonov Sardorning 
“ODDIY DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI EYLER USULI BILAN 
YECHISH” 
MAVZUSIDA YOZGAN 
KURS ISHI 
Rahbar: 
Djabbarov O. 
Qarshi-2023 
 
 
2-ilova 


 
Mavzu:
 Oddiy differensial tenglamalarni Eyler usuli bilan yechish 
Reja: 
Kirish 
1. Oddiy differensial tenglamalar haqida umumiy ma’lumot 
2. 
Eyler usuli 
3. 
Eyler usulining dasturi 
Xulosa 
Adabiyotlar rо‘yxati: 
3. Kirish. Ishning bu qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning asosiy 
xarakteristikalari (tadqiqotning muammosi, obyekti, predmeta, kо‘rib chiqiladigan 
muammolar, maqsad-vazifalari, gipotezasi) kо‘rsatiladi. 
Kirishda, shuningdek, tadqiqotning asosiy g‘oyasi haqida ham ma’lumot 
beriladi. Bu qismda adabiyotlarga havolalar berish va, ayniqsa, kо‘plab sitatalarni 
keltirish shart emas. Ishning kirish qismi A-4 formatli, 2-3 varog‘dan iborat 
bо‘lishi zarur. 
Kirish qismida quyidagilar yoritilishi lozim: 
mavzusining dolzarbligi;
ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari; 
mavzuning о‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili; 
mavzusining ilmiy yangiligi; 
tadqiqot predmeti va obyekti; 
tadqiqotning ilmiy ahamiyati. 
Tadqiqotning asosiy harakteristikalari tо‘g‘ri shakllaitirilganligini bilish 
uchun quyidagi savollarga javob berishga harakat qilinishi kerak: 
-tadqiqot muammosini aniqlashda - oldin о‘rganilmagan muammolardan qaysi 
birini о‘rganish zarur? 
-tadqiqot mavzusini tanlashda - tadqiqot muammosi kurs ishi mavzusida о‘z 
aksini topganmi? 
-dolzarblikni asoslashda - nima uchun aynan shu muammoni bugun о‘rganish 
shart? 
- tadqiqot obyektini belgilashda - nima tekshiriladi? 
-tadqiqot predmetini aniqlashda - obyektning qaysi yangi jihatlari, 
munosabatlari, aspektlari, tomonlari, funksiyalari tadqiq qilinishi zarur? 
-tadqiqot maqsadini shakllantirishda - maqsadga erishish uchun nima qilish 
kerak? amalga oshiriladigan vazifalar vositasida maqsadga erishish mumkinmi? 
-tadqiqot gipotezasini ilgari surishda - tadqiqot maqsadiga erishish uchun qaysi 
yо‘ldan borish zarur? 
-ochiq himoyaga olib chiqilayotgan holatlarni aniqlashda - tadqiqotning 
obyekti va predmetida boshqalar sezmagan qanday xususiyatlar bor? va h-k. 
Kurs ishi talabalarni tadqiqotga jalb qilishning birinchi bosqichi bо‘lganligi 
tufayli unda barcha xarakteristikalarni kо‘rsatib berish shart emas. Ularning 
ayrimlarigina, xohishga kо‘ra, aniqlashtirilishi mumkin (masalan, gipoteza). 


Xarakteristikalarni shakllantirish ilmiy rahbar malakasi, mahorati, talabaning 
tayyorgarligi, tadqiqot mavzuning spesifikasi va boshqa vaziyatlarga bog‘lik 
bо‘ladi. 

Kurs ishi mavzusini kelgusida chuqurroq, kengroq doirada о‘rganib, uni 
bitiruv malakaviy ish sifatida davom ettirmoqchi bо‘lgan talabalar tadqiqot ilmiy 
tuzilmasining barcha qismlarini jiddiy о‘ylab kо‘rishi zarur. 

Download 462,23 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasi

Download 462,23 Kb.
Pdf ko'rish