|
Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika kafedrasiBog'liq Курс иши қўлланма4. Kurs ishining asosiy qismi. Rejadagi asosiy punktlarni о‘z ichiga oladi.
Unda tekshirilayotgan masalaning mavzusi va nazariyasi kо‘rsatiladi, mavjud
adabiyotlarning tanqidiy tahlili beriladi, muallifning о‘z nuqtai nazari bayon
qilinadi. Sо‘ngra mustaqil ravishda о‘tkazilgan tadqiqotning metodlari, tashkil
etilishi va natijalari bayon qilinadi.
Ishni mavzuga doir adabiyotlar bilan ishlashdan boshlash zarur. Bibliografik
ma’lumotlarning 3 xil manbasi ajratiladi:
a) birinchi (maqolalar, dissertasiyalar, monografiyalar va b.);
b) ikkinchi (bibliografiya, referativ jurnallar, ilmiy axborot va b.);
v) uchinchi (boshqa kitoblardan terib olib yozilgan asarlar, lug‘atlar va b.).
Bibliografik (qayerda, qanday manbalarda zaruriy ma’lumotlar bor) va sof
ilmiy - ma’lum bо‘lgan bilimlar mazmunini bildiruvchi ma’lumotlarni farqlash
kerak.
Kurs ishini yozish jarayonida sohaga oid ilmiy, ilmiy-pedagogik jurnallarni
kо‘rib chiqish zarur. Bunda jurnallarning yil uchun oxirgi sonida maqolalarning
mavzular bо‘yicha kо‘rsatkichi nashr qilinadi. Muayyan mavzular bо‘yicha
adabiyotlar tavsilotlari bilan tanishish ham foydadan holi bо‘lmaydi.
Tadqiqot mavzusi bо‘yicha ma’lumotlar yig‘ish natijasida quyidagilarga ega
bо‘lish lozim:
a) kim va qayerda (qaysi ilmiy muassasa, markazlarda) tadqiqot mavzusi
yuzasidan ishlagan va ishlamoqda?
b) ushbu ishlarning natijalari qaysi manbalarda e’lon qilingan?
v) mazkur natijalar nimalardan iborat?
Talaba tomonidan qо‘lga kiritilgan ma’lumotlar yozma ravishda qayd
qilinadi. Ularning uch turi mavjud.
Birinchi materiallarga bibliografik kartochkalardagi yozuvlar,
sitatalar, ilmiy filmlar, tadqiqot muammosiga doir alfavit katalog kiradi.
Ikkinchi materiallar ilmiy yoki metodik manbadagi ma’lumotlarni analitik-
sintetik qayta ishlash natijasi bо‘lgan yozuvlar, rejalar (sodda va murakkab), grafik-
sxemalar, mustaqil ravishda tuzilgan predmet- kо‘rsatkichlar, annotasiya, tezis,
konspekt va bonqalardan iborat bо‘ladi.
|
| |