|
a) yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fanBog'liq Курс иши қўлланмаa) yetakchi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan ilm-fan
yutuqlarining qisqa tahliliy tavsilotlarini о‘rganish (chunki ushbu
tavsilotlarning oxirida hal qilinishi lozim bо‘lgan muammolar albatta
kо‘rsatiladi);
b) oldin bajarilgan tadqiqotlarda o‘rganilgan muammolarga yaqin
mavzularni tanlash, bunda yangi, yana ham mukammalroq metodlardan
foydalanish;
v) oldin tadqiqotchilar tomonidan ilgari surilgan, ammo о‘rganilmagan
gipotezalarni tekshirish;
g) maxsus adabiyotlar va davriy hisoblash usullari faniga doir nashrlar
bilan muntazam tanishib borish:
d) dolzarb ahamiyatga ega, kam о‘rganilgan muammo va masalalarni
aniqlash maqsadida yetakchi olimlar bilan maslahatlashish.
Kurs ishi mavzusi aniqlanib, ilmiy rahbar bilan kelishilganidan so‘ng kurs
ishini bajarish bosqichlari aniqlashtirilgan kalendar reja ishlab chiqiladi. Mazkur
reja tadqiqot ishining borishini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi va talabaga kurs
ishini mustaqil hamda ongli ravishda bajarishiga yordam beraldi.
Kurs ishi qо‘yidagicha tuzilishga ega bо‘lishi mumkin.
1.Titul varog‘i. U qо‘yidagi talablar asosida shakllantiriladi. Yuqorida - oliy
ta’lim muassasa va kafedra nomi, varoqning о‘rtasida talabaning familiyasi, ismi,
otasining ismi, kursi va fakulteti yoziladi. Quyiroqda kurs ishining mavzusi, yana
о‘ngdan ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi, chapda uning ilmiy daraja
va unvoni kо‘rsatiladi. Pastda - kurs ishi yozilgan yil qayd qilinadi (1-ilova).
2. Mundarija, bunda kurs ishining rejasi va uning bob, bо‘limlari
kо‘rsatiladi. Mundarija kurs ishining tuzilishiga qat’iy mos bо‘lishi, qisqa, lо‘nda,
ketma-ketlikda va aniq tarzda uning ichki mantiqini ochib berishi zarur.
Shuningdek, unda ishning har bir bobi va paragrafi qaysi sahifadan boshlanishi aniq
kо‘rsatiladi (2-ilova).
1-ilova
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
|
| |