• 2.3. Tajriba sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi.
  • Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi




    Download 362.5 Kb.
    bet27/33
    Sana13.06.2021
    Hajmi362.5 Kb.
    #15004
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
    Akvarium texnologiyasi

    Akvarium uslubida guruhdan ixtiyoriy ravishda uch tarbiyalanuvchi tanlab olinadi. Bular gurux xonasining o‘rtasidan joy oladilar – go‘yoki akvariumdagi baliqlardek, qolgan tarbiyalanuvchilar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, kuzatuvchilar esa, davradagi guruhdoshlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javoblarini tinglab borishlari kerak.

    Avval akvarium baliqlari fikri taklif etiladi, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z fikrlarini taklif etishadi, shu fikrlarning eng yaxshisining muallifi o‘z fikrini taklif etmagan tarbiyalanuvchi o‘rniga kichik guruhga o‘tadi.

    Bu usul xuddi «Nima, qayerda va qachon?» degan o‘yin singari o‘tkazish mumkin, tarbiyachi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollarni beradi, tarbiyalanuvchilar berilgan savollarni bir daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar tarbiyalanuvchi borib o‘tiradi.



    2.3.Tajriba sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi.
    ‘’Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyasidan foydalanishning axamiyati’’ masalalari nazariy jihatdan bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida batavsil yoritildi. Malumki, Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan mashg'ulotlar o`ziga xos xususiyatlarga ega.Mashg’ulotlar jarayonida tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning qanday yo’llar va usullari orqali amalga oshirish mumkinligini bilish uchun quyidagi tajriba sinov ishlarini maqsad qilib qo’ydik.Tajriba sinov ishlarini Qarshi shaxridagi 17-sonli ‘’Turnacha’’ nomli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirdik.Tajriba sinov ishlari quyidagi ko’rinishda olib borildi .Men tajriba sinov ishimning boshida ikkta gurux ya'ni 1-o'rta gurux tajriba guruxi 2- o'rta gurux nazorat guruxi tarbiyalanuvchilarini tanlab oldim. Tajriba va nazorat guruxlarini avvalo kuzatdim.Tarbiyachi mashg'ulotlarda qanday texnologiyalardan foydalanishi, tarbiyalanuvchilarning bilish darajasi va xokazo.

    Xar ikki o'rta gurux tarbiyalanuvchilarida Elementar matematika mashg'ulotini olib bordim.Tajribamni boshlashdan oldin Elementar matematika mashg'ulotida tarbiyalanuvchilardan kichik savol javob o'tkazib oldik.Tajriba va nazorat guruxi tarbiyalanuvchilaridan elementar shakllarni, raqamlarni qay darajada tanishi va sanay olishi, xaqida ma'lumotga ega bo'ldim.





    Download 362.5 Kb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




    Download 362.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi

    Download 362.5 Kb.