• Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
  • Mavzuning o‘rganilganlik darajasi.
  • Bitiruv malakaviy ishining maqsadi.
  • UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR..............................................-53




    Download 362.5 Kb.
    bet2/33
    Sana13.06.2021
    Hajmi362.5 Kb.
    #15004
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
    UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR..............................................-53

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI.............................-55
    ILOVALAR..................................................................................................-58

    Kirish

    Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasida tarbiyachi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyatlar yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz»1. Ushbu fikrlardan bugungi kun tarbiyachisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.

    Zamonaviy tarbiyachi qanday bo‘lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko‘plab olimlarning, ziyoli ahlining, hatto ota-onalarning diqqat e’tiborida bo‘ldi. Tarbiyachilar uchun metodik qo‘llanmalar, mashg'ulotlar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo‘yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kundagi global o‘zgarishlar, fan-texnika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr tarbiyachisidan pedagogik mahoratni, o‘tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o‘z ishini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo‘lishni talab qiladi.

    Maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tarbiyachilar tarbiya shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Zero, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.

    Shaxsni har tomonlama barkamol inson darajasida tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, juda qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.Ushbu tajribalar tarbiyalash shakllarida foydalaniladigan pedagogik qonuniyatlari, prinsiplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, qadimdan buyuk allomalar vatani bo‘lib kelgan O‘zbekistonda yosh avlod tarbiyasi mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etishi muqarrar.Tarbiyachi – O‘zbekistonning porloq kelajagini barpo etuvchi, dunyoga mashhur mutafakkir va olimlarning davomchisi bo‘lgan yosh avlod tarbiyasi uchun javobgar shaxsdir. Shunday ekan, tarbiyachining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi, uning tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar o‘rtasidagi obro‘-e’tibori hozirgi zamon talablariga mos bo‘lishi shart.

    Tarbiyachilar barkamol avlod ta’lim-tarbiyasi uchun javobgar shaxs bo‘lib, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahoratini ham namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi sifatida barkamol avlod tarbiyasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.

    Pedagogik mahoratga ega bo‘lish, tarbiyachilar uchun tarbiya samaradorligini ta’minlovchi zamin bo‘libgina qolmasdan, ayni vaqtda uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini ham oshiradi, tarbiyalanuvchilarga unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.

    Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.

    O‘z davrlarida Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy SHeroziy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘z asarlarida tarbiyachilik kasbi, uning mashaqqatlari, shuningdek, tarbiyachi shaxsida aks etishi zarur bo‘lgan sifatlar xususida qimmatli ma’lumotlarni o‘z asarlarida bayon qilishgan. Binobarin, pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo‘lmagan tarbiyachi tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ham ega bo‘lolmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachi bolani tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo‘lishi, har qanday pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan ziddiyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg‘orligi, jamiyat taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda tarbiyalanuvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu g‘oyalarni hayot bilan bog‘lay olishi lozim.

    Fikrimizcha,”Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati”, malakaviy ishi mavzusi sifatida belgilanishi muhim dolzarblik kasb etadi.

    Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Shu nuqtai nazardan mazkur masala yuzasidan maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini pedagogik jihatdan tarbiyalash masalalari, ularni pedagogik-psixologik jihatdan tadqiq etish va uning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan, tarbiya jarayoniga samarali ta’siriga bag‘ishlangan bir qancha olimlarimiz tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

    Ta’lim-tarbiya tizimiga pedagogik texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan bajarilgan ilmiy tadqiqotlardan pedagog olimlarimiz M.Ochilov, U. Maxkamov N. Ochilova, M. Maxkamova, A. Abduqodirov. A. Pardayev, R. Ishmuhammedovlarning e’tirof etish maqsadga muvofiq.

    Bitiruv malakaviy ishi mavzumizni Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyalaridan foydalanish ahamiyati tarzida belgiladik.

    Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini yoritib berish Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning mazmuni va yo‘llari..



    Download 362.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




    Download 362.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR..............................................-53

    Download 362.5 Kb.