Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi




Download 362.5 Kb.
bet9/33
Sana13.06.2021
Hajmi362.5 Kb.
#15004
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Pedagogik muloqot funksiyalari. Tarbiyachining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi:

  • tarbiyalanuvchilarning psixik holatini mukammal bilishi;

  • o‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yishi;

  • ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etishi;

  • tarbiyalanuvchini erkin fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatishi;

  • salbiy holatlarni gurux jamoasi bilan birgalikda bartaraf etishi;

  • do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga o‘rgatish;

  • o‘zligini anglash, tarbiyalanuvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish.

Muloqot jarayonida tarbiyachi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib tarbiyalanuvchining psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. Tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat tarbiyalanuvchi bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, tarbiyalanuvchining yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi.

Tarbiyachi tarbiyaviy faoliyatni tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda tashkil etadi. Bunda guruxning faol a’zolari hamda norasmiy liderlari bilan o‘zaro muloqotning adolatli bo‘lishi muhim ahamiyatga ega: tarbiyalanuvchilarni tarbiyaning turli elementlarini ongli ravishda mustaqil bajarishga jalb etish, bunda tarbiyalanuvchilarga tashkilotchilik va ijro etish rollarini bajarishga imkoniyat yaratib berish lozim.

Tarbiyachining muloqoti tarbiyalanuvchining o‘zligini anglash funksiyasini takomillashtiradi.Bunda tarbiyachining vazifasi muloqot asosida tarbiyalanuvchilarga o‘zining "Men"ini anglashni, shaxs sifatida o‘z fikrini dadil va erkin gapirishni, jamoada o‘z o‘rnini bilishni, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatishi kerak.

Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan tarbiyachi ijodkorligining noyob namunasidir. Pedagog olimlar tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy asarlarida bayon etsalarda, muloqot avvalo, tarbiyachining shaxsiy psixologik xususiyati sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun tarbiyachiga yo‘nalish beradi xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, tarbiyachining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

1. Prognostik etap: tarbiyachi tomonidan gurux jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish.

2. Kommunikativ aloqa: tarbiyalanuvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.

3. Pedagogik jarayon: tarbiyachining hatti harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.

Muloqotning har bir bosqichida tarbiyachi nimani bilishi kerak?

Modellashtirish bosqichida xonaning barcha andozalarga javob berishi, har bir tarbiyalanuvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish, muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot tarbiyachi shaxsiga emas, balki tarbiyalanuvchi shaxsiga ham mos kelishini ta’minlash zarur.

Kommunikativ aloqa bosqichida gurux jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va tarbiyalanuvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.

Pedagogik jarayon bosqichida tarbiyachining faoliyati bevosita ta’lim- tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir yo‘nalishga solish, tarbiyalanchilar tashabbusini qo‘llab quvvatlash, gurux jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish kabi faoliyat olib boriladi.

Natijalar tahlilida tarbiyachi o‘z faoliyatiga xolisona baho berishi, yutuq va kamchiliklarni inobatga olib, kelgusi tarbiyaviy faoliyatida tanqidiy qo‘llashni bilishi lozim, ushbu etapda maqsad, reja va natijalarning birligi ta’minlanadi, o‘quv-tarbiya jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni, tashabbuskor bo‘la olishni bilishi kerak.

Muloqot turli rollar orqali shaxs faoliyati uchun ijtimoiy maydon yaratadi, shaxsning ijtimoiy xulq-atvorini rejalashtiradi. Tarbiyachi tarbiya jarayonida o‘zining shaxsiy tashabbuskor va rahbarlik rolini namoyish etadi. Mashg‘ulot jarayonida esa tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni tashkilotchi va ijrochi rollarida bo‘lishga imkoniyat yaratishi kerak. Muloqot asosida shaxs o‘zligini tanishni o‘rganadi. Tarbiyachi mashg‘ulotni rejalashtirar ekan, faqat o‘rganilayotgan mavzusi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tarbiyalanuvchilarni axborot ko‘lamiga jalb etishni o‘ylamasligi kerak, balki tarbiyachining yordamiga muhtoj bo‘lgan tarbiyalanuvchilarni topishi, ularga yordam berish uchun sharoit yaratishi, har bir tarbiyalanuvchining qiziqishini ta’minlovchi sharoitlarni ko‘ra olishi va o‘zaro hamkorlikni ta’minlashi lozim.

Pedagogik faoliyatda tarbiyachi muloqot asosida tarbiyalanuvchilar bilan yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, bu tarbiyachi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda tarbiya muammolari tarbiyachi hamda tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda tarbiyachi baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi. bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:



Download 362.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Download 362.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi

Download 362.5 Kb.