Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning jonli




Download 362.5 Kb.
bet11/33
Sana13.06.2021
Hajmi362.5 Kb.
#15004
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning jonli muloqotini tashkil etish. I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida “Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi tarbiyachining bosh vazifasi tarbiyalanuvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik” ekanligini ta’kidladi.

Demak, Maktabgacha ta’lim muaassalari tarbiyachilarining ham asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim-tarbiya tizimida yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish komil inson tarbiyasiga mas’ul – tarbiyachi-tarbiyachilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati yuklangan.

Tarbiyaviy faoliyatni shakllantirish tarbiyachining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda tarbiyachi va tarbiyalanuvchining muloqoti ijobiy natijalar berishi uchun tarbiyachida tarbiyalanuvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak. Zero, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita – so‘zdir. Tarbiyachining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson bo‘ladi.



Download 362.5 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Download 362.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning jonli

Download 362.5 Kb.