Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi




Download 362.5 Kb.
bet10/33
Sana13.06.2021
Hajmi362.5 Kb.
#15004
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Kommunikativ muloqot.

Interaktiv muloqot.

Perseptiv muloqot.

1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi bir - birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.

2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga kirishuvchi tarbiyachi o‘zaro ta’sir etishda, ularning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, hatti - harakat va xulq atvori bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.

3. Perseptiv muloqotda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi, anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.

Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, tarbiyachi tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.



Download 362.5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Download 362.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi

Download 362.5 Kb.