Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi




Download 3,74 Mb.
bet20/97
Sana20.05.2024
Hajmi3,74 Mb.
#246640
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
Оилавий низолар психолгияси

Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi
Romantik sevgi – ikki kishi o‘rtasidagi munosabatlarning eng ko‘p tarqalgan turi hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi – eng kam anglanadigan, odamning biologik ehtiyojlari bilan bog‘liq munosabatlardir. Bunday munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan o‘zlari ko‘rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko‘radi. Shu bois ham ko‘pincha romantik his-tuyg‘ularga asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo‘ladi, chunki real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o‘rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo bo‘lishi mumkin. Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi, hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari yolg‘onligini anglash unda juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo‘ladi, deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga, ichki hissiyotlarning ko‘p qirrali bo‘lishiga olib keladi. Masalan, tashqi ko‘rinishiga bee’tibor bo‘lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan, kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o‘rganib boradi. Sevgilisiga yoqishni astoydil xohlagan yigit esa ayrim zararli odatlaridan, masalan, dangasalik, ko‘p uxlash, tamaki chekish kabilardan voz kechib, yangidan turmush tarzini boshlashga azmu-qaror qilishi tabiiy. Yoki institutda o‘qishni o‘ziga ep ko‘rmagan yigit talaba qizni sevib qolib, u o‘qiydigan oliygohga ne-ne mashaqqatlar bilan kirib o‘qigani bilan bog‘liq misollar ham hayotda talaygina uchraydi.
L. Kameron-Benjler (1993) ning fikricha, romantik sevgi hissi rivojlanishining 7 bosqichi bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:
1. O‘ziga jalb etish – yangi tanishlarning bir-birlariga noverbal belgilar orqali qiziqishi borligini bildirish. Bu davrda sheriklar dilidagi istak va xohishlarini yangi tanishgan odamida mavjudligini tahlil etadi. Bunga odatda asosan odamdagi aql-zakovat, samimiyat, qo‘li ochiqlik, yumor hissi, ishonchlilik, dadillik, qizlardagi ibo kabi sifatlar sababchi bo‘ladi. Bu sifatlar hammaga yoqadigan sifatlar bo‘lgani uchun ham yangi tanishlar o‘zlarida aynan sherigiga yoqadigan shu sifatlarni namoyon etishga intiladilar.
2. Mashg‘ullik yoki rom bo‘lib qolish. Bu bosqichda tanishib ulgurgan yoshlar davomli uchrashuvlar natijasida bir-birlaridagi ijobiy sifatlarni anglab, bir-birlariga ko‘nika boshlaydi. Faqat e’tibor ijobiy, yaxshi sifatlarga qaratilgani bois sheriklar adashishlari ham mumkin, qolaversa, yangi tanishlar o‘zlarini biroz sun’iy tutib, asl qiyofalarini ataylab niqoblashga ham uringanliklari uchun mabodo salbiy sifatlar ham namoyon bo‘lib qolgan taqdirda ayrimlar ajrashib ketadilar, ayrimlar esa uchrashuvlarni davom ettiraveradilar.
3. Ko‘nikish – munosabatlardagi o‘ziga xos yangilikning kamayib borishidir. Endi boshida o‘zgacha joziba kasb etgan tashqi ko‘rinish, xusn, qaddi-qomat kabilar odatiydek idrok etilib, hissiyotlar tobora kamayib boradi.
4. Kutish – munosabatlarning muayyan bosqichida xayol-fantaziyadagi ideal obraz bilan real, kundalik hayotda tobora namoyon bo‘lib borayotgan asl nusxa o‘rtasida ayrim ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar ko‘zga tashlanishi bilan boshlanadi. Endi tobora kutishlar tizimida ko‘ngil qolish, afsuslanish kabi holatlar ham paydo bo‘lib, ong sherikdagi ayrim salbiy, yoqimsiz sifatlarni ham idrok qila boshlaydi. Bunga ayni shu davr ichida boshqalar bilan tanishish tajribasi ham sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, talaba yigitning boshqa bir shaharga olimpiadaga yoki xizmat safariga borishi, u yerda o‘zgacha nafosatli bir qiz bilan tanishib qolishi unda solishtirish imkoniyatini yaratadi, va qaytib kelgach, uchrashib yurgan qizidan ayni o‘sha sifatlarni kutadi, lekin topolmasa, undan ranjiy boshlaydi.
5. Ko‘ngil qolish – bu shunday bosqichki, unda xayajonli ishq-muhabbat hislari o‘rnini alam, g‘azab, aldanganlikni anglash egallay boshlaydi, sherik to‘g‘risidagi ijobiy obraz salbiy obraz bilan almashib boradi. Ko‘pchilik yoshlar ayni shu bosqichda bir-birlaridan ajralib qoladilar.
6. Haddan oshish yoki munosabatlar chegarasining darz ketishi – bosqichida sheriklardan biri (ba’zan ikkalasi bir vaqtda) munosabatlarga chek-chegara qo‘yish vaqti kelganligini anglab qoladi. Shu fikr paydo bo‘lgan ondan boshlab, ular yana bir karra qabul qilingan qarorning nechog‘li to‘g‘ri ekanligini o‘ylab ko‘rishadi. Odatda bu noo‘rin talablarni bir-biriga qo‘yish orqali hissiyotlarni tekshirish orqali ro‘y beradi. Masalan, “bu va yana bu takliflarimga ko‘nsaang, senga uylanaman, bo‘lmasa, oramiz ochiq” qabilida.
7. Munosabatlarning tugashi – bir-birlari bilan boshqa sira yuz ko‘rishmaslik bilan bog‘liq qaror chiqarishdan boshlanadi. Ayrimlar sherigining aybdor emasligini bilib tursa-da, munosabatlarni tugatgisi kelaveradi, ayrimlar esa bir-biridan ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, birgada yashayveradi. Bundaylar o‘zaro muomalani keskin kamaytirib, deyarli gaplashmay ham yashayveradi, bunday arazlashlar ko‘pincha u yoki bu tomonning depressiv holatini, asabbuzarlikni keltirib chiqaradi. Chunki odatda bunday holatda qolgan shaxs boshqa sevgilisi yo‘qligidan yoki yangi tanishlar ham shunday aldab ketishidan, bolasi taqdirini ijobiy xal qila olmasligidan juda qayg‘uradi va hatto kasalga ham chalinib qoladi.
Er va xotin o‘rtasidagi romantik munosabatlar yoki ishq-muhabbat aslida bir insonning boshqasi ustidan doimiy hukmronligi, bu hislardan o‘z manfaati nuqtai nazaridan foydalanishi demakdir. Bunday harakatlarning tipik misoli adabiyotda o‘z aksini topgan bo‘lib, bu – Don Juan obrazidir. U o‘z jinsiy mayllarini qondirish maqsadida yangidan-yangi qurbonlarni topadi va o‘z xohishi yo‘lida ularning his-tuyg‘ularini toptab ketaveradi. Yoki go‘zal va kelishgan ayol o‘z maftunkorligi bilan erkaklarni rom etish yo‘li bilan ularning xislarini jilovlab olishi mumkin. YA’ni, Shostrom degan olimning fikricha, har qanday ishq-muhabbatda ana shunday manipulyativ holatlar mavjud bo‘ladi.

Download 3,74 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Download 3,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi

Download 3,74 Mb.