1.2.1.3. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi
Po‘latpazlik sexlarida quymalar temperaturasi 800-8500 Сda prokat sexining qizdirish bo‘limiga tushadi va unda 1300-13500 С li pechlarda qizdiriladi. Qizdirilgan quymalar kranlar yordamida rolganga qo‘yiladi. Rolgan roliklardan iborat bo‘lib, quymani yoyish uchun blyuming yoki slyabingga uzatadi. Blyuming va slyabinglar o‘z navbatida quymani o‘lchamlari 350X350 dan to 150X150 mmga keltirilganidan so‘ng list prokat staniga yoki to‘xtovsiz ishlaydigan tayyorlovchi stanga uzatiladi. Bunda o‘lchami (50X50) keltirilib, berilgan uzunlikda qirqilib skladlarga topshiriladi.
Shunday qilib hozirgi prokat ishlab chiqarishi ikki sikldan iborat bo‘lib, quyma zagotovka va tayyor mahsulotidir. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi 16-rasmda ko‘rsatilgan.
16-rasm. Prokat ishlab chiqarish texnologiyasi.
Listlarni prokatka qilish. Hozirgi paytda listlarga talab tobora o‘sib bormokda, shu talabni qondirish uchun to‘xtovsiz va yarim to‘xtovsiz ishlaydigan stanlar mavjud bo‘lib, bitta stan yiliga 1 mln tonnagacha list chiqarishi mumkin.
Yupqa listlarni chiqarish uchun to‘xtovsiz ishlaydigan stanlar bo‘lib, kletda jo‘valar toza va dag‘al bo‘lib, toza kletdan o‘tganda listlar yuzasi toza bo‘ladi.
Listlarning yoyishda uni yuzini tozaligi katta rol o‘ynaydi. Zagotovka qizdirilganda uni yuzida oksidlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun uni yuzini tozalash kerak. Tozalash uchun list yuzalarini 15-20 % li H2SО4 bilan ishlob berilib tozalanadi, yuviladi va quritiladi.
1.2.1.4. Trubalarni yoyish
Trubalar xalq xo‘jaligini turli sohalarida keng ishlatiladigan material hisoblanadi.
Vazifasiga ko‘ra trubalar uglerodli, legirlangan konstruksion po‘latlardan va rangli metall qotishmalaridan yoyish, payvandlab va presslash usullari bilan olinadi.
Ishlab chiqarish usuliga qarab chokli va choksiz trubalar bo‘lishi mumkin.
Chokli trubalar uchun boshlang‘ich material - po‘lat listlardan tayyorlangan trubani yoyilmasi asosida kesib olingan zagotovka bo‘lib, uni maxsus qurilmalarda list yoyish stanlarida bukiladi va choklari payvandlanadi. Choklarni payvandlashni ikki usuli bo‘lib, birinchi usulda truba zagotovkasi qirralari maxsus qurilmalarda 1300-13500 С qizdirilib havo yoki kislorod berilib qirralari ulanadi. Bu usul bilan diametri 75-165 mmli trubalarni olish mumkin.
Ikkinchi usul bilan diametri 540-1620 mmgacha, qalinligi 5-20 mm bo‘lgan gaz, suv trubalari elektr yoyli payvandlash bilan olinadi.
Bu usul bilan mustahkam chokli trubalar olish mumkin.
Chokli trubalarni olish uch bosqichdan iborat:
-
Truba zagotovkasini qirqish stanlarida qirqish va zagotovkani list qayirish stanlarida egib, truba holiga keltirish;
-
Truba qirralarini payvandlash;
-
Payvandlangan trubani kalibrlab, list qayirish stanlarida truba zagotovkasini birin-ketin stankalardan o‘tkazib olinadi.
17-rasm. List qayirish stanlarida truba zagotovkasini olish
Truba qirralarni payvandlash elektr yoyi bilan yoki gazli payvandlash bilan bajariladi.
Truba qirralarini issiq holda payvandlab biriktirishlarda zagotovka maxsus pechlarda 1300-13500 С qizdirilib, havo yoki kislarod purkalib biriktiriladi.
Ba’zan issiqlik bilan payvandlashning maxsus konveyyer tipidagi ustanovkalarda ham bajarish mumkin.
Bunda truba zagotovkasi konus teshikdan o‘tkazilib, truba shakliga keltiriladi. Zagotovka pech kamerasiga yo‘naltirilib, kameraga kislorod yoki havo oqimidan o‘tkazilib, truba choki payvandlanadi va so‘ng kalibrlanadi.
18-rasm. Trubani issiq holda payvandlash sxemasi
1.Zagatovkasi
2..List qayirish konusi
3.Pech 4.Kislarod trubasi
5.Tayyor truba 5.Тайёр труба
6.Труба загатовкаси
Bundan tashqari elektrokontaktli elektroinduksion usullar bilan ham truba qirralarni payvandlash mumkin. Bu usullarda payvandlash flyus ostida bajariladi.
Keyingi vaqtda spiral chokli trubalar ham olinmokda. Bunda ham truba zagotovkasi kesib olingan po‘lat list polosalar bo‘lib, polosalar spiral shaklida burilib, truba shakliga keltiriladi va flyus ostida avtomatik elektr yoyli payvandlash bilan chok payvandlanadi. Bunda chok bir tekislikda bo‘lmaganligi uchun uning mustahkamligi yuqori bo‘ladi.
19-rasm. Spiral chokli truba
1.2.1.5. Choksiz trubalarni olish
Katta bosim sharoitida ishlaydigan trubalar (neft, gaz, suv qazib chiqaraladigan) issiq holda olinadi.
Yoyib olingan choksiz trubalarni tashqi diametri 25-800 mm, devorining qalinligi 2.7-75 mm, uzunligi esa 4-12 metr bo‘ladi.
Choksiz trubalar uchun boshlang‘ich material bo‘lib, og‘irligi 0.6-3 t, diametri 250-600 mm bo‘lgan olti qirrali va yumaloq kesimli po‘lat qo‘ymalar ishlatiladi.
Choksiz truba olish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda zagotovkani teshish stanlarida yoyilib, qalin devorli gilza shakliga keltiriladi va ikkinchi bosqichda gilza piligrim stanlarda yoyilib so‘ng kalibrlanadi.
Teshish stanlarida bir-biriga qiya o‘rnatilgan bir tomonga siljuvchi jo‘valar orasida yoyilib, dorn orqali o‘tkaziladi. Jo‘valarning qiyaligi 40 301- 60 301 burchakli bo‘lib, ular zagotovkani aylanma va ilgarilanma harakatini ta’minlaydi.
20-rasm. Teshish sxemasi
станини эскизи.
1.Zagotovka
2.Jo‘va
3.Dorn
4.Gilza
dж=900-1300 mm
n=100-180 ayl/m
n=60-120 ayl/m
Piligrim stanlari dual tipida bo‘lib, jo‘valar hosil qilgan ariqchalarni radiusi o‘zgaruvchanligidir-kalibrlari o‘zgaruvchan profilli bo‘ladi. Bunday stanlarda diametri 605 mm va uzunligi 30 m gacha bo‘lgan trubalar olinadi.
Piligrim stanlari jo‘valarda bandajlar bilan mustahkamlangan bo‘ladi.
21-rasm. Gilzani yoyish
1.Bandaj
2.Jo‘va
3.Dorn
4.Truba
5.Gilza
Truba zarur uzunlikda yoyilgandan so‘ng ular kerakli uzunlikda har xil usullar bilan kesilgan bo‘ladi.
Tayyor trubani shaklini, profilini o‘lchamlarini moslash uchun kalibrlovchi stanlarda kalibrlanadi.
Rangli metallar ham po‘lat singari yoyilib, har turli prokat mahsuloti, listlar va trubalarni olish mumkin.
1.2.1.6. Davriy prokat
22-rasm. Davriy prokat mahsulotlarini ko‘ndalang kesimi
Sanoatni yanada rivojlanishi detal va zagotovkalarga bo‘lgan talabni sezilarli oshishiga olib keldi. Ayniqsa, metalldan foydalanish koeffitsiyentini oshirish, metalni chiqitga chiqarishni kamaytirish, ish unumini oshirish uchun ko‘prok bolg‘alab olinadigan zagotovkalarni ixchamlashtirish uchun davriy prokat chiqarilmokda. Davriy prokatlash yo‘li bilan uzunligi bo‘yicha ko‘ndalang kesimi har xil bo‘lgan zagotovkalar, sharlar, shatun zagotovkasi va boshqalar olinadi.
Davriy prokatda ko‘ndalang va vintli yoyish usuli bilan olib boriladi. Ko‘ndalang yoyishda zagotovka ikkita bir tomonga aylanadigan jo‘valar orasidan o‘tadi.
Bunda jo‘valar maxsus qurilmalar yordamida oralardagi masofalarni o‘zgartiradilar. Qurilma shup bilan birikkan bo‘lib, kopiroval lineykaga mahkamlangan. Lineyka esa tortqiga mahkamlangan.
23-rasm. Davriy prokatni yoyish
1.2.2. Metallarni cho‘zish
Cho‘zish zagotovkani asta torayib boruvchi asbob teshigidan tortib o‘tkazib, deformatsiyalab shaklini o‘zgartirish jarayonidir. Plastik deformatsiyalab shaklini o‘zgartirish operatsiyasi bo‘yicha cho‘zishda zagotovkani ko‘ndalang kesimi kichrayib, uzunligi esa uzayadi. Bunda buyumni o‘lchamlari aniq berilgan geometrik shaklli, toza yuzali bo‘lib chiqadi (24-rasm).
24-rasm. Cho‘zish sxemasi
Cho‘zish asosan sovuq holda bajariladi. Rangli metallar va ularning qotishmalari, past va yuqori uglerodli po‘latlar hamda legirlangan po‘latlar sovuqlayin cho‘zib ishlash mumkin. Issiq holda cho‘zish juda kam hollarda bajariladi. Cho‘ziladigan po‘lat simlarining o‘lchami 1-1,6mm.
Cho‘zish natijasida olinadigan buyumlar kesimi 25- rasmda keltirilgan.
25-rasm. Cho‘zib olingan kesimlar
Cho‘zish yo‘li bilan har xil kesimdagi simlar va trubalar olinadi. Cho‘zish quyidagi hollarda bajariladi:
-
Ingichka, diametri 0.002-5 mm gacha bo‘lgan simlarni prokat usuli bilan olib bo‘lmaganli tufayli ularni cho‘zish orqali olinadi;
-
Cho‘zish yo‘li bilan yupqa devorli trubalar olinadi;
-
Diametri 100 mm gacha bo‘lgan har xil profili prokat usuli bilan olingan buyumlarni o‘lchamlari normallash va tozalash uchun cho‘zish qo‘llaniladi;
Fason kesimni buyumlar olish uchun ham cho‘zish dan foydalaniladi.
Cho‘zish uchun boshlang‘ich material bo‘lib prokat yo‘l bilan olingan har xil kesimli prokat mahsuloti xizmat qiladi.
Cho‘zishda material asta-sekin torayib boruvchi teshikdan o‘tishi natijasida deformatsiyalanadi. Cho‘zishda cho‘zish koeffitsiyenti:
bunda -cho‘zish koeffitsiyenti;
l0- zagotovkani cho‘zguncha uzunligi, мм;
l1- zagotovkani cho‘zgandan so‘ngi uzunligi, мм;
F0-zagotovkani cho‘zguncha ko‘ndalang kesimi yuzi, мм2;
F1- zagotovkani cho‘zilgandan keyingi ko‘ndalang kesimi yuzi, мм2.
Nisbiy cho‘ziluvchanlik
*100% .
26-rasm. Voloka kesimi.
buyum har safar cho‘zilganda =1.15-1.40 ga teng. Volokani ko‘ndalang kesim yuzi 26-rasmda ko‘rsatilgan.
I.Kirish zonasi. II.Deformatsiyalash zonasi. III.Kalibrlash zonasi. IV.Chiqish zonasi
Cho‘zish kuchi ishlayotgan materialning holati va xususiyati, shakli, asbobning turi, ishqalanish shartiga va boshqalarga bog‘liq bo‘lib, uning miqdori
Р=К*F1*G, кг
Bunda : К-koeffitsiyent bo‘lib, uning qiymati 0.5-0.7 ga teng;
F1-buyumni volokadan chiqqanidan ko‘ndalang kesimi yuzi;
G- buyumni cho‘zilgandan keyingi mustahkamlik chegarasi, kg/mm2 .
Cho‘zish uchun asbob va mashinalar. Cho‘zishda asbob sifatida volonka(ko‘z)dan foydalaniladi. U juda sodda asbob bo‘lib, teshikli halqa.
Buyumni volokadan o‘tkazish usuliga qarab, cho‘zish stanlari to‘rt xil bo‘ladi:
-
Barabanli cho‘zish stanlari;
-
Zanjirli cho‘zish stanlari (truba va murakkab profilli zagotovkalarni cho‘zish uchun);
-
Reykali cho‘zish stanlari;
-
Vintli cho‘zish stanlari.
Voloka tayyorlashda yuqori sifatli asbobsozlik legirlangan po‘latlardan foydalaniladi yoki qattiq qotishmalardan tayyorlanadi. Juda ingichka simlarni cho‘zishda olmosdan tayyorlangan volonkalardan o‘tkaziladi. Yumaloq kesimli buyum olish uchun voloka halqadan iborat bo‘lib, uni ko‘ndalang kesimi 27-rasmda ko‘rsatilgan. Bundan tashqari yig‘ma va rolikli volokalar ham mavjud.
1-O‘ram uchun baraban
2- Voloka
3-Tortuvchi baraban
4-Uzatma mexanizm
27-rasm. Bir barabanli stan va voloka sxemasi
Barabanli cho‘zish stanlari bir barabanli va ko‘p barabanli stanlarga (buyum birin- ketin bir necha volokadan o‘tib barabanlarga o‘raladi) bo‘linadi. Tortuvchi baraban diametri 120-1000 mmgacha bo‘ladi. Bir barabanli stanlarning quvvati 15 kvt, tezligi 240 m/min, ko‘p barabanli stanlarning quvvat 150 kvt ga, va tezligi 250 mm/s ga teng bo‘ladi.
Bir barabanli cho‘zish stanni boshlang‘ich materiali o‘rovchi barabanga solinib, uchi esa tortuvchi barabanga bog‘lanadi. Elektrodvigatel tortuvchi barabanni harakatga keltiradi va boshlang‘ich zagotovka asta sekin tortilib, tortuvchi barabanga o‘raladi. Bir barabanli cho‘zish stanlarida diametri d=4-25 mm simlar olinadi. Ko‘p barabanli stanlarda esa 4-6 mmli simlarni bir necha marta volokalardan qayta- qayta o‘tkazilib, ingichka simlar olinadi.
28-rasm. Ko‘p barabanli stan sxemasi
1, 2, 3, 4, 5, 6- cho‘zish ko‘zlari;
7, 8, 9- tortuvchi barabanlar;
10- uzatma;
11- elektrodvigatel;
12 –sim.
Cho‘zishdan oldin cho‘ziladigan materiallar yaxshilab kuyindi va changlardan tozalanadi va kavsharlanadi. Shundan so‘ng metalning ustki yuzi kislota va ishqorlar bilan yuviladi. Materialni 1000 С gacha qizdirib quritiladi quruq metalni yuziga ishqalanishini kamaytirish uchun moy surtiladi.
Moylagan vaqtda kuch kamroq, yuza toza, mustahkamligi yuqori bo‘ladi. Moy sifatida har xil mineral va o‘simlik moylari, grafit, sovun va boshqa emulsiyalar ishlatiladi.
Cho‘zish stanlari 4/600, 4/550 markalar bilan belgilanadi. Markadagi 4 raqami ko‘zlarning soni, 600 va 550 raqamlari esa tortuvchi barabanning diametrini (mm larda) ifodalaydi.
Har bir cho‘zish stanining harakat marshruti, ya’ni zagotovka volokadan o‘tib, uni o‘lchamini qabul qiladi.
Misol: d=4.2 mm sim 6 ta volokadan o‘tganda
4.23.873.463.02.62.252.0 м.
Diametri d=2.0 mmgacha cho‘ziladi. Bunda tortuvchi barabanni tezligi
V=400-600m/min
Zanjirli cho‘zish stanlari murakkab profilli zagotovkalarni va trubalarni cho‘zishi mumkin.
Stan boshlovchi (chervyak reduktori, yulduzcha ) va ergashtiruvchi yulduzchadan iborat bo‘lib, ular bir-biri bilan zanjir bilan birlashgan. Zanjirda 3-4 ta aravachali qisqich bo‘lib ular zanjir bilan birga harakat qiladi. Qisqich zagotovkani uchini ilib oladi va zanjirni harakati natijasida to‘g‘ri chiziqli harakat qiladi. Zagotovka zanjir chetiga kelganda mahsus ilgichlar zagotovkani stol ustidan tortib oladi.
29- rasm. Zanjirli cho‘zish stani
1. Stol;
2. Tortuvchi yulduzchalar;
3. Zanjir;
5. Ilmoq;
6. Qisqichli arava;
7. Tortiq;
8. Mexanizm;
9. Voloka;
10.Zagotovka.
30-rasm. Vintli cho‘zish sxemasi
1.vint;
2.gayka;
3.qisqich;
4.zagotovka;
5.voloka.
Vintli cho‘zish stanlarida zagotovkani cho‘zishda gayka bilan mahkamlangan qisqich zagotovkani qisqich va gayka bilan birga to‘g‘ri chiziqli harakat qilishin ta’minlaydi.
31-rasm. Reykali cho‘zish stani sxemasi
1.Voloka;
2.Zagotovka;
3.Qisqich;
4.Reyka;
5.Yulduzcha.
1.2.2.1. Trubalarni cho‘zish
Trubalar ikki xil usul bilan cho‘ziladi, ya’ni quyidagi maqsadda, truba qalinligini o‘zgartirib va o‘zgartirmasdan cho‘ziladi. Agar truba dornsiz cho‘zilsa, uni tashqi va ichki diametri o‘zgarib, qalinligi o‘zgarmaydi. Agarda truba dorn ishtirokida cho‘zilsa, uning qalinligi ham o‘zgaradi.
32- rasm. Qalinligini o‘zgartirmay trubani cho‘zish
33-rasm. Qalinligini o‘zgartirib truba cho‘zish
Zagotovkani cho‘zish texnologiyasi.
Zagotovkani cho‘zishdan oldin, yumshatilib, strukturasi yaxshilanadi. Har gal buyum cho‘zilgandan so‘ng hosil bo‘lgan tirishish yumshatish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Cho‘zish jarayonining texnologiyasi bir necha operatsiyalardan iborat:
-
Cho‘zish uchun zagotovkani termik ishlash (yumshatish);
-
Zagotovkani qizdirish bilan uchini ingichkalash;
-
Zagotovka ustki yuzasini kislota va boshqa eritmalar bilan tozalash ( aks holda, volokaning ishchi yuzasini tezda ishdan chiqaradi);
-
Zagotovkani yuzini har xil moylar bilan moylash;
-
Zagotovkani volokadan o‘tkazib, tortuvchi barabanlarga mahkamlash;
-
Zagotovkani bir yoki bir qancha cho‘zish;
-
Tirishishni yo‘qotish uchun termik ishlash.
1.2.3. Metal va qotishmalarni presslash
Mashinasozlikda har turli profilli sortament zarur bo‘ladi va ishlatiladi. Bu buyumlarni asosan yoyish yo‘li bilan olinadi. Lekin sanoatda har turli profillarni olishni yana boshqa usullari mavjud. Ulardan biri presslash operatsiyasidir. Bu usulda asosan rangli metall va qotishmalardan zagotovkalar olinadi.
Presslash metalni instrument teshigidan matritsa ko‘zidan siqib chiqarish jarayoni bo‘lib, matritsani teshigini profilini shakli har xil bo‘lishi mumkin. Yumaloq, kvadrat, to‘rtburchak va xilma xil bo‘ladi. Presslash bilan po‘lat va rangli metall quymalarini yoki zagotovkalarini aniq profilga keltiriladi. Presslash bilan olinadigan profilni o‘lchamlari 5-250mm, ichi bo‘sh va to‘liq trubalarni olish mumkin. Olinadigan trubalar diametri esa 20-400 mm.
12- rasm. To‘g‘ri metodli presslash
1.Puanson;
2.Konteyner;
3.Matritsa;
4.Profil;
5.Matritsa ushlagich;
6.Zagotovka;
7.Xalqa.
Agar puanson aniq tezlik bilan harakat qilsa, uni presslash tezligi deb aytiladi. Metalni ko‘ndalang kesimi necha marta kichraysa, metal ko‘zdan shuncha marta tez chiqadi. Presslash buyumni qizdirilgan holida bajariladi. Presslash asosan katta kuchga ega bo‘lgan gidravlik presslarda bajarilib, uni kuchi 8000 tonnagacha yetadi.
Presslashning ikkita metodi bo‘lib, to‘g‘ri va teskari presslash bo‘ladi.
To‘g‘ri metodli presslashda puasonning harakati natijasida metal matritsaning ko‘zidan chiqadi. Jarayon oxirida press formada ozgina metal qoldig‘i qolib, bu qoldiq metalni shakllanishida ishtirok etmaydi. Metalni ko‘zdan chiqish yo‘nalishi pressni harakat yo‘nalishidek bo‘ladi.
Тескари
35-rasm. Teskari metodli presslash
1.Puanson;
2. Konteyner;
3. Puanson;
4. Profil;
5. To‘siq;
6. Zagotovka.
To‘siq metodli presslashda matritsa pressning ichi bo‘sh puansonga mustahkamlanib birgalikda harakat qiladi va qo‘ymani siqadi, bosadi va metalni matritsa ko‘zidan chiqaradi. Metalning matritsadan chiqishi yo‘nalishi puason harakati yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Bu usulda faqat metalning ko‘zdan chiqishi uchun qarshilik bo‘ladi, xolos.
To‘g‘ri metodli presslashda yuqoridagi qarshilikdan tashqari quymani konteyner yuzasi orasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi ham mavjud. Shuning uchun kuch 20-30 % katta bo‘ladi.
To‘g‘ri va teskari presslashda ham anchagina chiqindi chiqadi. To‘g‘ri metodli presslashda quymani 12-15 % (25%)i, teskari metodli presslashda esa 5-6 % (12%) i chiqindiga chiqadi.
Teskari usulli presslash metodi hamma joylarda ishlatiladi, chunki puansonni konstruksiyasi juda ham murakkabdir.
Presslash vaqtida metalni qizdirishga va kuyindiga e’tibor beriladi, chunki kuyindi matritsani ishini yomonlashtiradi.
Presslash yo‘li bilan ko‘proq rangli metallardan trubalar, har xil o‘lchamlardagi zagotovkalar olinadi.
Presslashning afzalligi:
-
Boshqa usullar bilan olingan mahsulotga qaraganda presslash bilan olinadigan mahsulot sifati yuqori bo‘ladi;
-
Kam unumli pardozlash operatsiyasini bajarmasa ham bo‘ladi;
-
Ish unumdorligi yuqori;
-
Murakkab profilli zagotovkalarni olish mumkin.
Kamchiligi:
Instrumentning tez va ko‘p yeyilishi;
Ko‘p metalni chiqindiga chiqishi, ba’zan 25-30% metal forma hosil bo‘lishda ishtirok etmay, chiqindiga chiqadi.
Presslash bilan olingan buyumlar profili 36-rasmda ko‘rsatilgan.
36-rasm. Presslash bilan olingan mahsulotlarni turlari
Presslash bilan olinadigan buyumlarning o‘lchamlarini aniqligi, yuzasini tozaligi, zagotovka yuzasini tozaligi katta rol o‘ynaydi.
Qizdirilgan zagotovka yuzi kuyindilardan albatta tozalanishi kerak, aks holda matritsani ham tezda ishdan chiqaradi. Presslash uchun boshlang‘ich material sifatida og‘irligi 0.1-3 tonnagacha bo‘lgan yumaloq va olti qirrali quyma material ishlatiladi. Konteynerga o‘rnatish uchun zagotovka yaxshilab tozalanadi, qizdiriladi, so‘ngra zagotovka yuzasi oksidlardan yaxshilab tozalanadi.
37-rasm Matritsani kesimlari
Presslashda matritsa ko‘zini profili har xil bo‘lib, bitta matritsada bir nechta teshik bo‘lishi mumkin. Matritsa materiali yuqori sifatli legirlangan po‘latdan tayyorlangan.
Matritsa ko‘zini shakli va parametri 37-rasmda ko‘rsatilgan.
Presslash kuchi
, кг
г- press shaybaga kuchlanish, kg/mm2;
Fk-konteynerning ko‘ndalang kesim yuzi.
bunda Fn- konteneynerning ko‘ndalang kesimi yuzi, sm2;
Fm-matritsaning ko‘ndalang kesimi yuzi, sm2.
Metalni matritsadan chiqish tezligi metal va qotishmalarni turiga qarab, har xil: duralyumin uchun 4-6 sm/s, alyuminiy 8 sm/s, mis va uni qotishmalari 12-15 sm/s bo‘ladi. Alyuminiy (Aluminium), A1 -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 13, atom massasi 26,9815; Aluminiy lot. alumen (achchiqgosh) so‘zidan kelib chiqqan. Tabi-atda bitta barqaror izotop holida (AG‘ 100%) uchraydi, bir necha sun’iy radio-aktiv izotoplari bor, ular orasida eng ahamiyatlisi A12’ (yarim yemirilish dav-ri 7,4-105 y.). Presslash gorizontal va vertikal presslash mashinalarida bajariladi. Olinadigan trubani diametri 20-400 mm bo‘ladi.
38-rasm. Trubalarni presslash sxemasi
1. Puanson;
2. Konteyner;
3. Matritsa;
4. Chiqayotgan truba;
5. Zagotovka;
6. Nina.
|