-bob. Bosim ostida ishlov berish asoslari




Download 1.66 Mb.
bet9/50
Sana24.03.2017
Hajmi1.66 Mb.
#1471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
1-bob. Bosim ostida ishlov berish asoslari

1.1.Umumiy ma’lumotlar

      1. Bosim bilan ishlov berishning mohiyati va ahamiyati

Metallarni bosim ostida ishlash mohiyati shundan iboratki, plastik metal va qotishmalar tashqi kuch yoki bosim ta’sirida tashqi shaklini o‘zgartiradi va ta’sir to‘xtatilgandan so‘ng shu shaklini saqlab qoladi, ya’ni plastik deformatsiyalanadi. Shunga ko‘ra mo‘rt metallar (cho‘yan, bronza)ni bosim ostida ishlab bo‘lmaydi.

Metallarni bosim ostida ishlash ko‘p vaqtlardan buyon ma’lum bo‘lsada, bu usul eng progressiv hisoblanadi. Chunki metalni chiqindiga chiqarish kam miqdorda, ish unumi katta va olingan mahsulot yuqori bo‘ladi. Chunki bosim ostida ishlash natijasida metalni fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi.

Bosim ostida metal ishlansa, uni shaklini o‘zgartirishdan tashqari, uning ichki tuzilishi hamda xossalari ham o‘zgaradi.

Metallarni bosim ostida ishlash usuli bilan 80 % ko‘proq eritilgan po‘lat qayta ishlanadi. Rangli metall va qotishmalarni 60 % dan ko‘p qismi, shuningdek, plastmassalar va metalmaslarni ko‘p qismi bosim ostida ishlanadi.

Bosim ostida ishlash bilan og‘irligi 10 g dan 100 tonnagacha bo‘lgan zagotovkalar, yarim fabrikatlar, buyumlar, detallar olinadi.

Bosim ostida ishlash juda murakkab jarayon bo‘lib, buyumni tashqi sirtida va ichida ancha o‘zgarishlar bo‘ladi. Buyumda fizik va mexanik o‘zgarishlar sodir bo‘lishiga olib keladi. Detal tashqi kuch ta’sirida avval elastik, so‘ng plastik deformatsiyalanadi.

Plastik deformatsiyani ikkita qonuni bor:



  1. Hajmlarining o‘zgarmasligi qonuni, ya’ni metalni bosim ostida ishlanganga qadar bo‘lgan hajmi bosim ostida ishlangandan keyingi hajmga teng bo‘ladi.

V0 = V1

  1. Kichik qarshilik qonuni.

Deformatsiyalangan metal qaysi tomonda qarshilik kichik bo‘lsa, o‘sha tomonga oqadi.

1-rasm. Deformatsiya natijasida jismning oqishi

Metallarga bosim ostida ishlov berish (MBIB) – metallarni plastik deformatsiyalash usuli bilan mashinasozlik profillari va zagotovkalar olish jarayonidir.

Deformatsiya – tashqi kuchlar ta’sirida jismning shakl va o‘lchamlarini o‘zgarishidir.

Kuchlanish – tashqi kuch ta’siri ostida jismda vujudga keladigan yoki materialda xajm o‘zgarishi bilan bog‘liq sodir bo‘ladigan fizikaviy – ximiyaviy jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan ichki kuchlar o‘lchovidir.

Elastik deformatsiya deb, kuch ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyaning ta’sir to‘xtatishi bilan to‘liq yo‘qolishiga aytiladi.

Plastik (qoldiq) deformatsiya esa kuch ta’sirida vujudga kelgan deformatsiyaning, kuch ta’siri olingandan keyin ham saqlanib qolishidir.

Metallarga bosim ostida ishlov berish jihozlariga metallarga bosim bilan ishlov berish mashinalari kiradi. Metallarga bosim ostida ishlov berish asboblari MBIB mashinalarida o‘rnatiladigan va deformatsiyalanadigan metalga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan moslamalar kiradi.

Metalning quyma strukturasi – suyuq metalning kristallanishi natijasida olingan metal tuzilishi; dendrit (kristal) – quyma metalning strukturasini tashkil etuvchisi hisoblanadi.

Metalning deformatsiyalangan strukturasi – metalning quyma strukturasi bir marta yoki ko‘p marta plastik deformatsiyalash natijasida olingan metal tuzilishi; don (kristallit) – deformatsiyalangan metalning struktura tashkil etuvchisidir.

Plastik deformatsiyalanish darajasi – jismning deformatsiyalanishi natijasida o‘lchamlarini o‘zgarishini ko‘rsatuvchi o‘lchov birligidir.

Deformatsiya tezligi – vaqt birligi ichida deformatsiya darajasini o‘zgarishidir.

Deformatsiyalanish tezligi – deformatsiyalaydigan asbobning harakat tezligi.

MBIB – metal materiallardan buyumlar (mahsulotlar) olishning keng tarqalgan va ilg‘or usullaridan biridir.

Bu usul metalning plastiklik xossasiga asoslangan.

MBIB – ikkita asosiy maqsadni ko‘zlaydi:

1) Oddiy shaklli zagotovkalardan fason buyumlar olish

2) Quyma metalning mexanik xossalarini oshirish uchun kristallik (tuzilishini) strukturasini yaxshilash; Quyiladigan po‘latning 90 % i, rangli metall va qotishmalarning 55 % i bosim ostida ishlov beriladi.

MBIB jarayonlarini keng tarqalishi quyidagicha tushuntiriladi:

1) Jihozlarning yuqori unumdorligi, bunda bosim bilan ishlov berish mashinalarning ishchi organlari harakatning oddiy turlari – aylanma yoki ilgarilanma harakat qilib, bu harakat yuqori chastotalarda bajariladi.

2) Plastik deformatsiyalashdan so‘ng metall mexanik xossalari oshishi evaziga buyum (mahsulot)ning ishonchliligini ortishi;

3) Jarayonning tejamkorligi, MBIBda chiqindilar 20-25% dan ortmaydi, ko‘p hollarda 5-10% bo‘ladi.




      1. Download 1.66 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Download 1.66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Bosim ostida ishlov berish asoslari

Download 1.66 Mb.