• MAVZU: WIMAX TEXNOLOGIYASI.
  • Qarshi filiali




    Download 180.41 Kb.
    bet1/5
    Sana15.04.2023
    Hajmi180.41 Kb.
    #51665
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-MI TX Nargiza
    5000 words in a month, Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini, jjj, 12-Mavzu Power Point dasturida ishlash. Reja Taqdimotlar uchun, 7, 3-AI TS, 1-AI TS, 1-MI O\'T Sherxon, 1-MI TX Nargiza, O\'RNATILGAN PROTSESSORLAR, Operation (1), ZI 2-A, 3-amaliy ish. Bulutli xizmatlar yordamida foydalanuvchi ma’lumot, P I B 1M




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    QARSHI FILIALI

    TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI VA KASBIY TA’LIM”


    FAKULTETI 4-BOSQICH KI 11-19 SIRTQI GURUH TALABASI
    TEMIROVA NARGIZANING
    TARMOQ XAVFSIZLIGI” FANIDAN TAYYORLAGAN


    MUSTAQIL ISHI
    Bajardi: Temirova N.
    Qabul qildi: Bekkamov.F.A.

    MAVZU: WIMAX TEXNOLOGIYASI.


    REJA:





    1. Wimax texnologiyasi.

    2. Wimax texnologiyasi rivojlanishi.

    3. Wimax texnologiyasi xususiyatlari va imkoniyatlari.


    WiMAX (inglizcha: Worldwide Interoperability for Microwave Access) — texnologiyasini rivoji hamda koʻtarilishi uchun 1999-yili IEEE 802.16 bazasi qoshida WiMAX-forum tashkil qilingan edi. Forumga Nokia, Harris Corporation, Ensemble, Crosspan hamda Aperto kabi mashhur kompaniyalar qoʻshilishgan. 2005-yil may oyiga kelib ushbu forumda 230 dan ortiq qatnashchilarni birlashtirgan. Oʻsha yiliyoq WSIS (World Summit on Information Society) tomonidan WiMAX texnologiyasiga quyidagi maqsad va vazifalarni qoʻygan.

    1. WiMAX yordamida kichik qishloqlar, uzoq regionlarda information hamda kommunikatsion texnologiyalarni rivojlantirish (koʻpgina chekka hududlarda telefon hamda kabel tarmoqlarning umuman mavjud emasligini hisobga olgan holda).

    2. WiMAX yordamida yer sharining yarim aholisini information hamda kommunikatsion texnologiyalarga yoʻlni ochish.

    WiMAX texnologiyasi ishlash prinsiplari: WiMAX sistemasi ikki asosiy qismdan iborat.

    1. WiMAX baza stansiyasi (yuqori qavatli binolar yohud maxsus ustinga oʻrnatilishi mumkin).

    2. WiMAX qabul qilgich (qabul qilgichli antenna, PC card yoki tashqi kartalar form faktori asosida).

    Baza stansiya hamda foydalanuvchi qabul qilgich qurilmasi oraligʻidagi bogʻlanish past chastotali diapason (2–11 GHz) orqali amalgam oshiriladi. Bunday bogʻlanish eng yaxshi sharoitlarda 20 Mb/s tezlikda maʼlumot uzatishga imkon beradi va toʻgʻridan-toʻgʻri signal koʻrishni talab etmaydi[1].
    Shuni yodda tutish lozimki, WiMAX texnologiyasi nafaqat „soʻnggi milya“, balki regional tarmoqlar (ofis hamda rayonlar)ni bir biri bilan bogʻlashda bemalol qoʻllash mumkin.
    Qoʻshni baza stansiyalari bilan OYCh (oʻta yuqori chastota 10–66 GHz) toʻgʻridan-toʻgʻri radioaloqa rejimida doimiy bogʻlanish oʻrnatiladi. Bunday bogʻlanishlar 120 Mb/s tezlikda maʼlumot almashish imkonini beradi. Albatta baza stansiyalarining toʻgʻridan toʻgʻri koʻrish orqaligina bir biri bilan maʼlumot almashinishi bu WiMAX ning minus tomoni. Lekin yuqori qavatli binolarda joy olgan baza stansiyalariga nima ham yuqorida bir-biri bilan bogʻlanishga orada toʻsiq boʻla olardi.
    Har bir baza stansiyasi yuqori polosali tezkor bogʻlanish orqali (T3 va shunga oʻxshash) provayder bilan doimiy bogʻlanib turadi. Bu bilan yuklanmani uyali aloqa topologiyasi asosida teng baza stansiyalariga taqsimlash mumkin.
    IEEE 802.16 tarmogʻi strukturasi odatiy mobil aloqa tarmogʻiga oʻxshab ketadi. Bu yerda ham baza stansiyalari 50 Km radiusda hizmat koʻrsata oladi.
    WiMAX texnologiyasi: WiMAX ning ishlash rejimlari.

    • WiMAX da quyidagi rejimlar mavjud.

    • Fixed WiMAX — fiksatsiyalangan aloqa

    • Nomadic WiMAX — seansli aloqa

    • Portable WiMAX — siljish rejimidagi aloqa

    • Mobile WiMAX — mobil aloqa.

    Fixed WiMAX fiksatsiyalangan aloqa 10–66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. Ushbu chastotali diapason kuchli soʻnish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning toʻgʻridan toʻgʻri bir biriga koʻrish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo boʻlmish signalning koʻpnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mb/s gacha koʻtarilishiga olib keladi.
    Nomadic WiMAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga koʻchib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi mumkin. Ushbu rejim asosan portative qurilmalar uchun keng qoʻllaniladi.
    Portable WiMAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda foydalanuvchining joydan-joyga koʻchish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. Toʻgʻri, ushbu rejimdan shaharda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish biroz muammoni tugʻdiradi.
    Mobile WiMAX. 802.16e-2005 standartida ishlab chiqilgan boʻlib, foydalanuvchining joydan-joyga koʻchib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha boʻlganda sifatli aloqani taminlay oladi. Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab oʻtishimiz mumkin.

    1. Koʻp nurli signal tarqalishi hamda shaxsiy xalaqitlarga bardoshliligi.

    2. Kanalning yuqori oʻtkazuvchanligi.

    3. Time Division Duplex (TDD) texnologiyasi yordamida assimetrik traffikni qayta ishlab, kanallarning estafeta shaklidagi sessiyasi orqali antenalarning boshqaruvini osonlashtiradi.

    4. Hybrid-Automatic Repeat Reqest (H-ARQ) texnologiyasi esa foydalanuvchining tezkor joydan-joyga koʻchishidagi aloqani stabilligini tamillab beradi.

    5. Yuklanmaning kattaligida ham foydalanuvchi qurilmasidan kanalning yuqori tezlikdan eng maksimal darajada foydalana olishi.

    6. Kutish rejimida energiyaning minimal darajadagi sarf harajati

    7. Network-Optimized Hard Handoff (HHO) texnologiyasi kanaldan kanalga ulanishdagi vaqtni 50 millisekund va undan kam vaqtni tashkil etishida.

    8. Multicast and Broadcast Service (MBS) texnologiyasi DVB-H, MediaFLO hamda 3GPP E-UTRA fuksiyalarini oʻzida jamlagani.

    9. Smart Antenna texnologiyasi kanallar aro sessiyalarning ulanishida subkanallar hamda estafeta shaklidagi yuborishni taʼminlaydi.

    10. Fractional Frequency Reuse texnologiyasi kanallarning qayta ishlashidagi minimal yoʻqotishlarni boshqara olishni taʼminlaydi[2].


    Hozirgi vaqtda simsiz aloqa tizimlari bizning hayotimiz faoliyatining barcha sohalariga
    tezlik bilan kirib bormoqda va ko‘plagan zamonaviy xizmatlar taqdim etmoqda, Bu tizimiar
    yordamida multimedia, interaktiv va personal kontentlarga tezkor va qulay ulanish, an'anaviy nutq
    aloqasini ta’minlash yoki mahalliy va global jamoalar doirasida axborot al mashinuvini amalga
    oshirish mumkin.
    WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) – katta masofalarda
    qurilmalaming keng spektri uchun (ishchi stansiyalar va portativ kompyuterlardan tortib mobil
    telefonlargacha) yuqori tezlikli universal simsiz aloqani taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan
    telekommunikatsiya texnologiyasi hisoblanadi hamda IEEE 802.16 standafliga asoslanadi.
    WiMAX, 2001 yili iyunda WiMAX texnologialarini ilgari surish va rivojlantirish maqsadida
    tuzilgan WiMAX Forum tashkiloti tomonidan yaratilgan [1], [2], [3].
    WiMAX tmmoqlariga abonentlar kirishining turg‘un (IEEE 802.16d-2004 standarti) va
    mobil (IEEE 802.16e-2005 standarti) variantlari mavjud [4], [5]. Turg‘un kirish statsionar
    antennalar yordamida amalga oshirila& va ko‘p davlatlarda bu tarmoqlarga 3,5 GGts yoki 5GGts
    chastotalar diapazoni ajratilgan. Kirishning mobü variantida esa, abonent terminali Wi-Fi
    terminaligajuda o‘xshash hamda bu tarmoqlarga 2,3 GGts, 2,5 GGts va 3,4-3,8 GGts chastotalar
    diapazonlari ajratilgan [6], [7]. Butun WiMAX oilasiga ma’lum xarakteristikalar to‘plami
    xarakterli bo‘lsada, uning versiyalari bir-birlaridan sezilarli darajada farq qiladi [8].
    Yo‘qorida ta’kidlanganlardan tashqari, WiMAX texnologiyasi asosidagi tarmoqlar
    foydalanuvchilar uchun quyidagi qulaylik va afzalliklarni [9], [10], [11] taqdim etadi:
    – abonent komplektining ixchamligi;
    – abonent uskunasini o‘matish osonligi, o‘rnatish vaqti 10-20 daqiqadan oshmaydi;
    – abonent qurilmasidan föydalanish osonligi; tayanch stansiyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri
    ko‘rinish imkoniyati bo‘lmaganda ham ishonchli aloga mavjudligi;
    – kompleks xizmatlar ko‘rsatish imkoniyati, ya’ni uskuna bir paytning o‘zida sifatni
    pasaytirmasdan. telefoniya xizmatlarini, Internetga kirishni va korporativ tarmoqlarni tashkil
    etishni ta’minlaydi;
    – xizmatlarning mobilligi, ya’ni ma’lum bir kompaniya (abonent) WiMAX tarmog‘i bilan
    qamralgan hududda istalgan yangi joyga ko‘chib o‘tganda, o‘rnatilgan sozlashlar saqlanadi va
    ishlash jarayoni davom etadi.
    WiMAX texnologiyasi nna’lumotlarni paketli kommutatsiya bilan uzati'shga asoslangan
    [12], [13]. Bu WiMAX tarmoqlarining tashqi tarmoqlar bilan birga ishlash qulayligini ta’minlaydi.
    WiMAX texnologiyasi Wi-Fi kirish nuqtalarini bir-biriga va boshqa Internet segmentlariga
    ulash, belgilangan zaxira liniyalari va DSL kabi simsiz keng polosali kirishni ta’minlash,
    ma’lumotlarni uzatish va telekommunikatsion xizmatlarda yuqori tez.likdagi servislarni taqdim
    etish, geografik joylashuviga bog‘liq bo‘lmagan kirish nuqtalarini yaratish masalalarini yechish
    uchun qo‘llaniladi [14], [15], [16]. Bu texnologiya Wi-Fi texnologiyasiga nisbatan Internetga
    vuqori tezlikda kirish imkonini beradi [17]. Bu esa texnologiyani DSL texnologiyasiga asoslangan
    kirish tałmoqlari, ajratilgan liniyalar, shuningdek, lokal tarmoqlar orasida magistral kanallar
    sifatida qo‘llash imkonini yaratadi.
    WiMAX tarmoqlarining Wi-Fi tarmog‘idan yana bir afzalligi shundaki, unda aloqani uzoq
    masofalarga yetkazib berish imkoniyati mavjud [18], [19]. Aloqa radiusi o‘nlab kilometrgacha,
    axborot uzatish tezligi 70 Mbit/s gacha yetishi mumkin va xizmat ko‘rsatish radiusini
    kengaytiruvchi sotali strukturani qo‘llaydi [20], [21]. Wi-Fi tarmoqlaridagi abonentlarning
    tasodifiy ulartishi va tarmoqga raqobatli kirish kabi kamchiliklar WiMAX texnologiyasida bartaraf
    etilgan, ya’ni abonentlar ulanishi aniq tartiblangan. Shuningdek, WiMAX tarmog‘ida
    kriptoxavfsizlik darajasining yo‘qoriligi hisobidan aloqa xavfsizligi ancha mustahkamlangan [22].
    308
    WiMAX simsiz aloqa texnologiyasi ta’lim, meditsina, ishlab chiqarish va industriya
    sohalarida yuqori sifätdagi xavfsiz aloqani ta’minlovchi keng polosali ulanishning vakili
    hisoblanadi va bularning barchasi kelajakda WiMAX texnologiyasining rivojlanishini ko‘zda
    tutishga asos bo‘ladi.

    Download 180.41 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 180.41 Kb.