196
Xomashyo (mazut) nasos N-1 yordamida issiqlik olmashuvchi apparat T-
1 orqali beriladi; xom ashyoning bir qismi (1/3) issiqlik olmashuvchi apparatdan
so‗ng kolonnaning K-3
pastki qismiga beriladi, qolgan qismi past bosimli
bug‗latuvchi K-4 ga beriladi. Xom ashyoni ikki qismga taqsimlanib berilishi K-
3 va K-4 apparatlarida hosil bo‗ladigan bug‗larning ortiqcha issiqlig‗idan
foydalanish imkoniyatini beradi. Bug‗latuvchi K-4 da og‗ir gazoyl fraksiyalari
bilan aralashgan xom ashyo ham K-3 kolonnasiga yuboriladi. Kolonna K-3 ning
ostki qismidan xomashyo va og‗ir retsirkulyat aralashmasini nasos N-2
ѐрдамида печ P-1ga yuboriladi. Kolonna K-3 ning yig‗uvchi likopchasidan
gazoyl fraksiyasini ikkinchi nasos N-3 yordamida pech P-2
ga chuqur kreking
qilish uchun beriladi.
Yengil va chuqur krekingning mahsulotlari ikkala pech P-1 va P-2 lardan
alohida turgan reaksiya kamerasi K-1 ga ketadi. Kolonna K-1 da kreking
reaksiyasi chuqurlashadi. Yuqori bosimda ishlaydigan bug‗latuvchida kreking
qoldiq ajratiladi. Kolonna K-1 dagi bosimni ((2 MPa) bug‗latuvchi K-2 dagi
bosimgacha (1 MPa) reduksion ventil yordamida pasaytiriladi. Bug‗latuvchi K-2
dan kreking qoldiq past bosimli bug‗latuvchi K-4 ga o‗zi oqib tushadi. Bu yerda
kreking-qoldiqdan gazoyl fraksiyalarini bug‗lari ajralib
chiqadi va kelayotgan
xomashyo bilan aralashadi. Fraksiyalarning suyuqlikka aylanishga ulgurmagan
qismi bug‗latuvchi K-4 ni ustki qismidan chiqib, kondensator-sovutgich T-2 da
sovutiladi, past bosimli gaz ajratgichli YE-2 dan o‗tib mernikka keladi, shu bilan
bir vaqtda kolonna K-4 ni sug‗orish (tepa qismidan berish) qilish uchun
ishlatiladi. Bug‗latuvchi K-2 da ajralib chiqqan bug‗lar kolonna K-3 da
keladi va
u yerda ajratiladi.
O‗ta og‗ir fraksiya suyuqlikka o‗tadi va og‗ir xomashyo pechi P-1 ga
retsirkulyant sifatida beriladi. Kolonna K-3 ning yig‗uvchi likopchasidan yengil
gazoyl fraksiyalarining kondensati olinadi. Bu kolonnaning tepa qismidan
benzin distillyatning bug‗lari va gaz chiqib, kondensator-sovutgich T-3 dan
o‗tadi, sovutgich T-5 da sovitilib yuqori bosimli gazajratgich Ye-1
da gaz va
suyuqlikka ajratiladi. Ajralib chiqqan gazlarni fraksiyalarga ajratuvchi
197
absorbsion qurilma (AGFU) ga yuboriladi. Benzin tindirish kolonnasiga
yuboriladi. Tindirish kolonnasida ajralib chiqqan gazlar ham AGFU ga beriladi.