184
4.2- jadval
Xom ashyoni
pechdan chiqishdagi harorati,
0
C
460-475
Mazutga nisbatan suv bug‗i sarfi, % (mass)
Radiant quvurlarda
1,5-2,0
Bug‗latgichning pastida
5,5-2,0
Bug‗latgichda qoldiqni bo‗lish vaqti, min
40-120 min
Bug‗latgichdagi ortiqcha bosim, MPa
0,2-0,3
Bug‗latgichdagi bug‗lar tezligi, m/s
0,26
Oltingugurtli mazutni destruktiv haydashda olinadigan mahsulotlar % (mass) miqdori
quyidagi jadvalda keltirilgan.
4.3-jadval
Chiqishi, % (mass)
Oddiy haydash
Destuktiv haydash
Gaz
-
1,70
Benzin (205
0
C gacha)
-
3,84
205-350
0
C fraktsiya
4,7
11,83
350-550
0
C fraktsiya
51,9
60,39
550
0
C
qoldiq
43,4
22,24
Jami :
100,0
100,0
4.4. Termogazoyl ishlab chiqarish uchun
termik krekinglash
Termik kreking jarayonining asosiy maqsadi
texnik uglerod ishlab
chiqarish uchun xomashyo ishlab chiqarish hisoblanadi. Xomashyo sifatida og‗ir
katalitik gazoyllar aralashmasi va moylarni selektiv tozalashdan olingan
distillyatli ekstraktlar ishlatiladi. Kreking jarayonida termogazoyldan tashqari,
gaz, benzin fraksiyasi va kreking qoldiq olinadi. Termogazoylning asosiy sifat
ko‗rsatgichlari quyidagilar hisoblanadi: korrelyatsiya indeksi,
oltingugurt
miqdori, fraksiya tarkibi qovushqoqligi va qotish harorati. Xomashyo 1 – nasos
orqali so‗rib olinib 20-issiqlik aralashtirgichda kreking qoldiq issiqligi hisobiga
qizdirilib 11-rektifikatsiya kolonnaga ikki oqimda pastki seksiyasiga beriladi. 11
– kolonna yarim yopiq likopcha bilan ikki qismga bo‗lingan: bug‗lar pastki
qismidan yuqori qismga o‗tadi, suyuqlik esa kolonnani ichidagi karmanlarda
yig‗iladi. Bu yerdan suyuqlik 9-nasos yordamida olinib, 3 – zmeyevikli pechga
185
beriladi. Kolonnaning pastki qismidan xomashyoning og‗ir qismi 10-nasos
yordamida olinib 2-zmeyevikli pechga beriladi. 2-3 zmeyevikli pechdan
chiqayotgan kreking mahsuloti 4-reaksiyalash kameraga va undan so‗ng 7-
yuqori bosimli bug‗latgichga o‗tadi.
Bu yerda aralashmadan suyuq kreking qoldiq ajratilib reduksion klapan
orqali 12-past bosimli bug‗lanuvchi kolonnaga tushadi. 7-kolonnani
yuqoridan
chiqayotgan gaz va bug‗lar 11-kolonnani pastiga yuboriladi. 11-kolonna
yuqorisidan benzin va gaz fraksiyalari chiqib, 6-sovutgich kondensatorda
sovutiladi va 5-gaz-ajratgichda aralashma gaz va benzinga ajratiladi. Gaz
gazlarni fraksiyalash qurilmasiga benzin esa barqarorlashtirishga yuboriladi. 8-
nasos yordamida benzinning bir qismi 11-kolonna yuqorisiga sug‗orishga
beriladi. 12-kolonnada bosimning pasayishi hisobiga kreking qoldiqdan gazoyl
fraksiyasi
ajraladi.
12-kolonnada
kondensatsiyalanmagan bug‗lar 13-
kondensator sovutgichda sovutilib kondensat 14-yig‗gichda yig‗iladi.
Bu yerda kondensatning bir qismi sug‗orish maqsadida 15-nasos orqali
12-kolonna yuqorisiga qaytariladi balansdan tashqarisi chiqarib yuboriladi.
Kreking qoldiq 16-nasos bilan olinib 17-vakuumli kolonnaga beriladi.
Termogazoyl 17-kolonnaning 17-tarelkasidan
oraliq mahsulot sifatida
chiqariladi. Kokslanishni oldini olish maqsadida kreking – qoldiqga
qovushqoqligi kam bo‗lgan mahsulot bilan aralashtiriladi. Kreking – qoldiq
bitum ishlab chiqarishda ishlatiladi. Vakuum kolonnada termogazoylni chiqishi
72% (mass xom-ashyo).
187
4.4-jadval
Qurilmaning material balansi
I
II
Olingan xomashyo
100,0
100,0
Olingan
mahsulot, % (mass.)
Gaz
5,0
5,0
Boshlang‗ich fraksiya
1,3
1,3
Benzin fraksiyasi
20,1
20,1
Termogazoyl
24,2
52,6
Kreking qoldiq
48,3
19,9
Yo‗qotishlar
1,1
1,1
Jami :
100,0
100,0
4.5. Tovar yonilg‗ilar, avtomobil va aviatsion benzinlarni, surkov
moylarini tayyorlash.
Avtomobil va aviatsion benzinlar. Benzinlar karbyuratorli motorlarda
yoqiladi. Motor silindrida benzin bug‗lari havo bilan aralashtirib porshen bilan
siqiladi. Tashqaridan alanga berilganda aralashma yonadi. Bu benzinlar har xil
komponentlarni aralashtirib tayyorlanadi.
Buning uchun neftdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri olingan benzin,
katalitik kreking,
riforming, kokslash, gidrokreking jarayonlaridan olingan benzin fraksiyasi, shu
bilan birga
alkillashtirish, polimerlash va boshqa jarayonlardan olinadigan
benzin fraksiyalaridan foydalaniladi.
Бензин А-76 - asosan katalitik kreking va oddiy platforming
jarayonlaridan olingan benzinlar aralashmasi hisoblanadi.