179
IV
– bob. TERMIK KREKING VA TERMIK DESTRUKTIV
JARAYONINING SANOATDAGI QURILMALARI
4.1. Termik kreking haqida tushuncha, kreking vaqtida uglevodorodlarni
o‗zgarishi, xom-ashyo va olinadigan mahsulotlar
Termodestruksiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik
ta‘sirida parchalanishi tushuniladi. Jarayonlar uch bosqichda o‗tkaziladi:
Suyuq neft mahsulotlari va xom-ashyosini yuqori bosim ostida (20-70
atm)
termokrekinglash
(visbreking)
neft
qoldiqlarini
past
bosimda
termokrekinglash. Suyuq va gaz holatidagi neft xom ashyosini yuqori haroratda
(450
0
С dan 1200
0
С) piroliz qilish.
Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470-540
0
С
gacha nisbatan
yengil xom ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun
ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlashda asosiy
mahsulot sifatida qozonxona yoqilg‗isi olinadi. Bunday jarayon og‗ir
qoldiq
xom ashyoni yengil sharoitda bir karrali termik parchalanishdir. Visbreking xom
ashyosi neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari
hisoblanadi.
Visbreking orqali xom ashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan
suyuq qozonxona yoqilg‗isi ishlab chiqarish uchun (1 variant), yoki
gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xom ashyosi bo‗lgan gazoyl ishlab
chiqarishni yo‗naltirish uchun (2 variant) o‗tkaziladi. Har ikkala variantda ham
yengil mahsulotlar gaz va benzin fraksiyalari hisoblanib odatda ularni chiqishi 3
va 8%dan oshmaydi. Viskreking qurilmasi kompleks
qurilmalar tarkibida bir
seksiyali ko‗rinishda kiradi. Masalan neftni atmosferali haydash, atmosferali
mazut visbreking gazoyl fraksiyasi uchun
visbreking mazutni vakuumli
haydash gazoyllarni ajralishi, kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida
gazoyl aralashmalarini terming krekinglash.
Gudronlarni krekinglash jarayoni 460-500
0
С harorat, 1,4-3,5 MPa bosim
sharoitida o‗tkaziladi. Kreking jarayoni issiqlik yutilishi (endotermik) reaksiyasi