4.5 -jadval
Avtomobil benzinlari A-76, A-80, AI-93, AI-98 va ekstra yoki AI-95 markali bilan
chiqariladi.
A-76
A-80
AI-93
AI-98
Ekstra AI-95
O.S i.m.
-
-
93
98
95
mm
72
76
85
89
87
QTE, g/kg
0,41
0,41
-
0,82
yo‗q
Oltingugurt, %
0,10
0,1
0,1
0,1
0,05
188
Benzin A-80 - tayyorlash uchun A-76ga QTE (qo‗rg‗oshin tetroetil)
qo‗shiladi. QTE qo‗shmasdan A-80 olish uchun katalitik jarayon benzinlarini
ulushini ko‗paytiriladi. Ba‘zan qattiq rejimdagi platforming benzini qo‗shiladi.
Benzin AI-93 - asosan qattiq rejimdagi platforming benzinidan
tayyorlanib, kerakli fraksion tarkibini olish uchun neftdan to‗g‗ridan-to‗g‗ri
olingan benzindan biroz qo‗shiladi. Yana alkilat va izomerizatsiya mahsulotidan
qo‗shiladi.
Benzin AI-98 - buni tayyorlash uchun QTE qo‗shilmasdan tayyorlangan
AI-93 ga QTE qo‗shiladi.
Benzin ―EKSTRA‖ - AI-95. Bu maxsus texnik qo‗rsatma asosida
tayyorlanadi.
Benzinlarni qaynashi 35
о
С da boshlanib 185..195
о
С da oxiri bo‗lishi
mumkin. Shu bilan birga 10%, 50, 90, 97,5% hajmiy miqdorlarining qaynash
haroratlari ham belgilab qo‗yilgan.
Aviatsiya benzini. Oxirgi vaqtda porshenli dvigatellar yordamida uchuvchi
samoletlar kamayib bormoqda. Shu sababli, benzinni iste‘mol qilish ham
kamaymoqda.
Benzin B-70 - ba‘zi bir neftlar to‗g‗ridan-to‗g‗ri haydab olinadi va shu
bilan
birga
platformingdan
olingan
benzinni
tarkibidagi
aromatik
uglevodorodlarni bir qismi olib tashlangandan so‗ng qolgan qismi ishlatiladi.
Dizel yonilg‗ilar. Dizel yonilg‗ilari dizel matorlarida yoqiladi. Fraksion
tarkibi asosan 200-350
о
С ga tengdir. Dizel yonilg‗ilarining tarkibida parafin
uglevodorodlari nisbatan ko‗proq bo‗ladi. Yonilg‗ining bug‗lari va havoning
aralashmasi motor silindrlarida porshen yordamida siqilganda aralashma qattiq
qizib, tashqaridan uchqun olib kelmaganda ham alanga olib ketadi.
Bu xildagi yonilg‗ilarni tayyorlash uchun neftdan olingan dizel
yonilg‗isining fraksiyasi gidrochistka jarayonida tozalanib, har xil prisadkalar
(qo‗shmalar) qo‗shiladi.
Reaktiv dvigatellari uchun yonilg‗i. Bu xildagi yonilg‗i ikki guruhga
bo‗linadi:
189
1) товуш тезлигигача бўлган тезлик билан учадиган самолетлар
учун;
2) tovush tezligidan yuqori tezlik bilan uchadigan samoletlar uchun.
Ikkinchi guruhdagi yonilg‗ilar samolyot tovush tezligida ikki marotaba
oshiq tezlik bilan uchganda shuning xisobiga 150 - 180
0
С gacha isiydi. (tovush
tezligi 1200 km/soat).
Birinchi guruhga kiruvchi yonilg‗ilarni markasi T-1, TS-1 va RT va
ikkinchi guruhlarniki - T-8 va T-6.
Yonilg‗i T-1-kam oltingugurtli neftlardan haydab olinadigan kerosin (150-
280
0
С) fraksiyasi, kristalga tushish harorati -60
0
С dan past. Oltingugurtning
miqdori 0,1% mass.gacha.
Yonilg‗i TS-1 - oltingugurtli neftlardan olinadi, fraksiya 150-250
0
C ga
teng. Oltingugurtning miqdori 0,25% mass.gacha
Yonilg‗i RT- hamma neftlardan gidrochistka yordamida olinadi.
Yonilg‗ining issiqlikka chidamligi yuqori S~0,1% prisadka qo‗shilgan fr.135-
280
0
С
Yonilg‗i T-8 -Kerosin fraksiyasining gidrotozalash qilib olinadi.
Qaynashning boshlanish harorati birmuncha yuqori fr. 165-280
0
С, issiqlikka
chidamliligi yuqoriroq.
Yonilg‗i T-6 - neftdan to‗g‗ri olingan yoki ikkilamchi qayta ishlashdan olingan
gazoylni tozalangan va to‗yintirilgan fraksiyasi (195-315).
Bu yonilg‗ilarga bir va birnecha xildagi prisadkalar qo‗shiladi.
Oldingi boblarda qayd qilib o‗tganimizdek zavodlarda, masalan Farg‗ona
neftni qayta ishlash zavodida neftdan atmosfera bosimida benzin va dizel
yonilg‗isi fraksiyalarini ajratib olingandan keyin vakuum sharoitida ishlaydigan
qurilmalar mazutdan har xil turli moy fraksiyalari olinadi. Bu fraksiyalarni
tarkibidagi yuqori molekulali aromatik va parafin uglevodorodlar ajratib
olingandan qolgan qismini gidrotozalash qurilmalarida tozalanadi. Buni biz moy
komponentlari deymiz.
Tovar moylarni tayyorlash. Tovar surkov moylari odatda turli distillyat va
190
qoldiq fraksiyalardan olingan moy komponentlarini aralashtirib olinadi. Surkov
moylarining sifatini yaxshilash uchun ularga 3-8%, ba‘zan 17% gacha xar xil
prisadkalar – maxsus kimyoviy birikmalar qo‗shiladi.
Zavodlardagi aralashtirish stansiyalarda maxsus avtomatik usulda
ishlovchi moslamalar yordamida bir vaqtda kerakli moy komponentlari va
prisadkalar mo‗ljaldagi miqdorda aralashtiriladi. Aralashtirish uzluksiz ravishda
olib boriladi. Aralashmadan analizga olinadi va uni sifatini tekshirib turiladi.
Har bir turdagi surkov moyini olish uchun qancha miqdorda va qaysi moy
komponentlaridan olinishini maxsus texnika talablarida qayd qilingan bo‗ladi.
Motor moylari transportda qishloq xo‗jaligida ishlatiladigan va boshqa
mashinalardagi porshenli dvigatellarda ishlatiladi. Motor moylari neftdan
olinadigan moylarni umumiy miqdorini 50% dan ortiqrog‗ini tashkil etadi.
Motor moylari oltita guruhga bo‗linadi (A,B,V,G,D, va Ye). Bular 100
0
C dagi
qovushqoqligi bilan farq qiladi.
Tovar moylarni M-8A, M-10B kabi belgilar bilan yuritiladi. М-motor
moyi, 8 yoki 10-100
0
Сdagi qovushqoqligi, A, B, . . . moy guruhdir. B, V va G
guruhlari yana ikkiga bo‗linadi: 1- karbyurator va 2 - dizel dvigatellari uchun,
masalan М-10B
2
.
Aviatsiyadagi porshenli dvigatellar uchun asosan yuqori qovushqoqli,
yaxshilab tozalangan moylar ishlatiladi: MS-14, MS-20, MS-22 (S-selektiv
erituvchi bilan tozalangan).
Turboreaktiv moylarga alohida talab qo‗yiladi. Dvigatellarning
ishlaydigan muhitini harorati - 60
0
С, dvigatelni o‗zi esa ishlash davomida 140-
160
0
С gacha qiziydi. Moylar oksidlanishga qarshi turg‗unligi yuqori bo‗lishi
lozim. Past va yuqori haroratda qovushqoqligi kam o‗zgarishi, mexanizmlarni
yuzasini yaxshilab moylashi kerak.
Shular bilan bir qatorda, xalq xo‗jaligi uchun industrial, transmissiya,
turbina, kompressor moylari, elektroizolyatsiya va gidravlik tizimlarda
ishlatiladigan moylar ham ishlab chiqariladi.
Plastik surkov moylari. Plastik surkov moylari neft mahsulotidan olinib,
191
quyuq xolatda bo‗ladi. Ularning tarkibida 70-90% suyuq moy, 10-13% quyuq
qismi va 1-15% moylash qobiliyatini yaxshilashini ta‘minlaydigan prisadka va
boshqa qo‗shimchalar bor. Suyuq qismini asosan neftdan olingan industrial
moylar tashkil etadi. Ba‘zi podshipniklar yuqori tezlik bilan va har xil haroratda
ishlaydi. Bu xildagi podshipniklarni moylarini asosan sun‘iy moylar tashkil etadi
( polisiloksanlar, murakkab efirlar, poliglikollar). Sun‘iy moylarni tannarxi juda
qimmat. Ba‘zan neft va sun‘iy moylar aralashmasi ishlatiladi.
Quyuq qismi yuqori molekulali yog‗ kislotalarini tuzlari, neftdan
olinadigan qattiq uglevodorodlar va shunga o‗xshashlardan iborat. Plastik
moylar harorat o‗zgarishi bilan o‗zlarining surkov qobiliyatini yo‗qotishi
mumkin emas Bu narsa sodir bo‗lmasligi uchun plastik moylarni
tayyorlanayotgan vaqtda kerakli moddalar qo‗shiladi.
Plastik moylar ishlash jarayonida haroratni pasayishi bilan ularning
qovushqoqligi ortadi, harorat ko‗tarilishi bilan qovushqoqlik kamayadi. Ayni
vaqtda plastik moy surilgan narsa kuchli tezlik bilan aylanadi va qovushqoqlikka
ta‘sir etadi. Demak qovushqoqlik harorat va tezlikni ta‘siriga juda ham
ta‘sirchan bo‗lishi mumkin emas Plastik surkov moylari uzoq vaqt saqlanganda
ularning tarkibidagi suyuq qismi sizilib chiqmasligi lozim. O‗z og‗irligi hisobiga
bu voqea sodir bo‗lmasligi uchun moylar kengroq idishlarda saqlanadi.
Yuqori harorat (qisqa muddat ichida) ta‘sirida moyning sifati
o‗zgarmasligi lozim. Moylar havodagi kislorod va metall yuzlarning ta‘siriga
berilmasligi lozim, boshka so‗z bilan aytganda kerakli meyorda kimyoviy
turg‗unlikka ega bo‗lishi kerak.
|