206
5.3-rasm. Ikki pechli, tashqariga chiqarilgan reaksion kamerali kreking -
qurilmasining sxemasi:
P-1-og‗ir xomashyo pechi-yengil kreking pechi; p-2-yengil xomashyo pechi-
chuqurlashtirilgan kreking jarayoni pechi; p-1-tashqari chiqarilgan reaksion kaiyera; K-2
yuqori bosimli parlatkichi; K-3-kondensator -xolodil‘tori; YE-4-ishqoriy cho‗ktirgich; YE-1-
yuqori bosimli gaz almashtirgich; T-2- kondensator -xolidil‘tor; YE-4-ishqoriy cho‗ktirg‗ich;
M-1-aralashtirgich; N-1-N-7-nasoslar
Har xil sifatdagi qoldiq xom-ashyolarni qayta ishlashning texnologik
sxemasining soddaligi va silliqligi.
Gudronlarni visbreking natijasida qozon yoqilg‗isini
tayyorlashda kam
qovushqoqli distillyat qo‗shilmasini sarfi keskin kamayadi. Yuqori haroratli
alangalanish yoqilg‗isin olishda visbreking qoldiq mahsulotida og‗ir benzin
fraksiyalarini tarkibi chegaralanadi.
Visbreking jaryonini 2-chi varianti bo‗yicha olib borishda visbreking-
mazutdan vakuum-gazoylni ajratish uchun qurilmaga qo‗shimcha
vakuum
seksiyasi o‗rnatiladi. Jarayon natijasida vakuum-gazoylning xom-ashyodagi
potensial tarkibi 25 - 40%ga (hajmiy) [3] oshadi.
Ba‘zi bir zavodlarda 2-chi variant bo‗yicha og‗ir qoldiqning bir necha
qismi vakuum kolonnasining pastki mahsuloti hisoblanadi va yoqilg‗i sifatida
shu zavodning o‗zida
foydalaniladi, qoldig‗iga kam qovushqoqli mahsulot
qo‗shilgandan keyin tovar mazuti rezervuariga meyoriy qovushqoqlik bo‗yicha
207
yo‗naltiriladi.
Quyidagi 5.1-jadvalda visbrekingda qo‗llaniladigan xomashyoning tavsifi,
mahsulotni chiqishi va sifati to‗g‗risidagi ma‘lumotlar keltirilgan.