211
Chap tomondagi o‗t yoqiladigan kameradigi yon devor bo‗ylab va shipida
qizdiriladigan haydovchi radial quvurlar joylashgan, o‗ngdagi o‗t yoqiladigan
kameradigi–radiant
quvurlar soking-seksiyasi, rostlanadigan va mustaqil holda
issiqlikni seksiyaga olib kiradi. O‗t yoqiladigan kamera va mo‗ridan chiqib
ketadigan gazlar konveksiya kamerasiga ichki devorning pastki qismidagi qabul
qilgich orqali to‗planadi. Bu yerda mo‗ri gazlarini kiruvchi oqimi o‗zini
issiqligini xomashyoni isitishga beradi va sovitiladi (uning
uchun konveksiyali
zmeyevik mavjud bo‗lganda), suvni bug‗lanishi va suv bug‗larini qizishi bug‗li
qozon-utilizator yoki bug‗li qizdirgichlarning kamerada quvur elementlari
joylashtirilgan.
Xomashyoni soking-seksiyasida turish muddati sarfiga (zmeyevik pechiga
berishga), bug‗ va gazsimon uchastkadagi bosimga hamda radiant quvurlarga
kiritiladigan suv bug‗ining sarfiga bog‗liq bo‗ladi.
Soking seksiyasidan bosim
ostida chiqadigan reaksiya aralashmasiga retsirkulyatsiya suyuqligini kiritish
orqali sovutiladi.
Pech nazorat-o‗lchov asboblari va rostlagich bilan jihozlangan: radiant
quvur devoriga harorat ko‗rsatgich (HK); qizdiriladigan zmeyevikdan chiqadign
xom ashyoni haroratini rostlagich (HR); soking
seksiyasidan chiqadigan
visbreking mahsulotini haroratini rostlagich; chiqish chizig‗idagi bosimni
rostlagich (BR).
Xom-ashyoni kreking chuqurligi oshirilganda va quvur ortiqcha qizib ketganda
soking seksiyaning zmeyevik ichki yuzasidagi koks
yotqiziqlari kuchaytiriladi,
pechni ishchi oralig‗ini muddatini qisqartiradi. Visbreking qurilmasi
pechlaridagi radiant sirtlarni yuzasini issiqlik kuchlanishini taklif qilinadigan
qiymati quyidagilar: qizdirish seksiyasi 102—113 MDj/ms, soking-seksiya 68—
80 MDj/ms