-rasm. Qizdirilmaydigan kamerali sekin kokslash qurilmaning texnologik sxemasi




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

5.8-rasm. Qizdirilmaydigan kamerali sekin kokslash qurilmaning texnologik sxemasi: 
1,6.12-15-nasoslar; 2,3-quvurli pechlar; 4-qabul qilgich; 5,5* -sekin kokslash kameralari; 
7-to‗rt yurishli kranlar; 8,19.21-havoli sovutish apparatlari; 9-rektifikatsiya kolonnasi; 
10,11-bug‗lantirsh kolonnalari; 16-sovutgich; 17-suv ajratgich; 18,20-issiqlik almashtirgich. 
Kolonnada (9) kokslangan mahsulotlar ajraladi. Kolonnaning yuqori 
qismidan benzin, suv va kokslangan gazlar chiqib ketadi. Bu mahsulotlar havoli 


223 
sovutish apparatlari (8) orqali o‗tadi, keyin esa suvli sovutgichga (16) 
qo‗shimcha sovutish uchun va suv-gaz-ajratgichga (17) to‗planadi, bu yerda 
suvli kondensatga, nobarqaror benzinga va yog‗li gazga ajratiladi. Nobarqaror 
benzinning bir qismi nasos yordamida (15) sug‗oruvchi sifatida kolonnaning (9) 
yuqoridagi 
likopchaga 
beriladi. 
Benzinning 
balans 
miqdori 
issiqlik 
almashgichdan (18) o‗tadi, u yerda yengil gazoylning issiqligi hisobiga 
qizdiriladi va barqarorlashtirish seksiyasiga uzatiladi. Suv-gaz ajratgichdan (17) 
chiqarilgan suvli kondensat nasos (14) yordamida issiqlik almashtirgich (20) 
orqali konveksiya seksiyasida joylashtirilgan pechlarga (2 va 3) bug‗li 
qizdirgichlarga beriladi.
Bug‗lantirish kolonnasidan (10 va 11) olib chiqiladigan yengil va og‗ir 
gazoyllar nasoslar (13 va 12) yordamida issiqlik almashtirgich orqali nobarqaror 
benzinni (18), suvli kondensatni (20) va havoli sovutish apparatlari (19 va 21) 
orqali rezervuarga beriladi. 
Jarayon davomida paydo bo‗lgan koksning hisobiga kamera to‗lgandan 
keyin, kamera ajratiladi va qoldiq suyuq mahsulotlarni va neft bug‗larini 
chiqarib yuborish uchun suv bug‗lari purkaladi. Chiqarib yuboriladigan 
mahsulotlar dastlab kolonnada (9) to‗planadi, keyin esa koksning harorati 
chiqarib yuborish uchun 400 - 405°С gacha pasaytiriladi, bug‗larning oqimi 
qabul qilgichni (4) shamollatadi. Suvning bug‗ini berish koksning harorati 
200°С gacha pasayguncha davom ettiriladi, keyin kameraga suv bug‗ini berish 
yangi berilgan suvning porsiyasi bug‗lari atmosferaga chiqarilguncha davom 
ettiriladi va bug‗lanish to‗xtaydi, qabul qilgichning to‗kuvchi quvurida (4) suv 
paydo bo‗lmasligi kerak. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Qizdirilmaydigan kamerali sekin kokslash qurilmaning texnologik sxemasi

Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish