221
zichligi 2,04—2,08 g/sm
3
chegarasida bo‗ladi [15].
Koksda oltingugurtning tarkibi hamma vaqt kokslashning qoldiq
xomashyosidan yuqori bo‗ladi. Kam oltingugurtli neftning qoldig‗idan kam
oltingugurtli
koks olinadi, tarkibida 1,5% gacha oltingugurt bo‗ladi;
oltingugurtli qoldiqdan olingan koksda 2,0 - 4,5% (massasi bo‗yicha)
oltingugurt, yuqori oltingugurtli tarkibda esa - oltingugurt 4,0 % ni tashkil qiladi
(massasi bo‗yicha) [16]. Koksdagi kulchanlik miqdori katta qiymatda neftni
haydashdan oldin chuqur tuzsizlantirishga bog‗liq.
Sekin kokslash qurilmasi 300, 600 va 1500 ming.t quvvatda loyihalanadi.
5.8- rasmda quvvati 600 ming.t bo‗lgan qurilma keltirilgan va uning tarkibiga
to‗rtta kokslash kamerasidan tashkil topgan reaktor bloki,
ikkita quvurli
qizdiruvchi pech, fraksiyalash bloki va issiqlikni regeneratsiya qilish tizimi,
mahsulotlarni sovutish bloklari kiradi [17].
Xomashyo-gudron yoki kreking-qoldiq (yoki ularning aralashmasi) –
nasos (1) yordamida ikkita parallel oqimlarda pechning tagidan va shiftli ekranli
(2 va 3) pechlarga 350 - 380°С gacha qizdirib beriladi. Undan keyin xomashyo
kolonnaning pastki qismiga (9) yuqoridagi kaskad likopchasiga to‗planadi. Shu
yerning o‗ziga pastki qismdagi likopchaga ikkita parallel ishlaydigan
kameralarda (5) hosil bo‗lgan issiq gazlar va kokslash mahsulotining bug‗lari
to‗planadi. Kolonnadagi xomashyo kirib keluvchi gazlarni va bug‗larni oqimi
bilan uchrashishi natijasida bug‗ning og‗ir fraksiyalari kondensatsiyalanadi va
xomashyo bilan aralashadi. Shunday qilib
kolonnaning pastki qismida
retsirkulyat bilan xomashyoni aralashmasi aralashadi, amalda ikkilamchi
xomashyo hosil bo‗ladi. Agar xomashyo tarkibida yengil fraksiyalar yuqori
haroratli bug‗lar bilan kontakti natijasida kolonnaning yuqori qismidan (9)
bug‗lanadi va chiqib ketadi.
Ikkilamchi xomashyo kolonnaning pastki (9) qismidan nasos (6)
bilan
olinadi va zmeyevik pechiga (2 va 3) yuqoridagi konveksiya quvurlari, pechning
o‗ng tomonining ostiga va ship ekranlariga qaytariladi. Quvurning bu qism
reaksion zmeyevikka mansub bo‗ladi, bu yerda ikkilamchi xomashyo 490 -
222
510°С gacha qizdiriladi. Bu seksiyaning quvuri kokslanishini oldini olish uchun
shif ekraniga o‗ta qizdirilgan suv bug‗i beriladi,
turbulizator deyiladi va
ikkilamchi xomashyoning 3% miqdorida. Turbilizatorning uzatishi tufayli
oqimni reaksion zmeyevik orqali o‗tish tezligi kuchaytiriladi. O‗ta qizigan suv
bug‗lari bug‗lantirish kolonnasi orqali (10 va 11) berilishi mumkin.
Bug‗ suyuqlik aralashmasi pechlardan (2 va 3) ikkita parallel oqim bilan
to‗rt yurishli kranlar (7), ikkita ishlovchi kameralar (5) orqali chiqariladi; ikkita
boshqa kamera esa (5) bu vaqtda ishchi davrning sikliga tayyorlanadi. Qaynoq
xomashyo kameradan pastga beriladi va uni to‗ldiradi.
Kameraning hajmi
yetarlicha katta bo‗lib (ichki diametri 4,6-5,5m, balandligi 27-28m ) va unda
mahsulot uzoq muddat saqlanadi. Shu yerda xomashyo krekingga beriladi.
Parchalangan bug‗ning mahsulotlari to‗xtovsiz kameradan yuqoriga chiqariladi
va kolonnaga (9) to‗planadi, og‗ir bug‗lar esa qoldiqda qoladi. Suyuq qoldiq
asta-sekin koksga aylanadi.