217
Kreking mahsulotlari zmeyevik pechlaridan (2 va 3)
chiqadi va
chiqaruvchi reaksion kameraga (4) to‗planadi, u yerdan yuqori bosimli
bug‗lantirishga (7) o‗tadi. Bu yerda aralashmadan suyuq kreking–qoldiq
ajratiladi, undan keyin reduksion klapan orqali bug‗lantirish
kolonnasiga past
bosim bilan (12) kirib keladi.
Gazlar va bug‗lar bug‗lantirgichning (7) yuqori qismidan chiqariladi va
pastki kolonnaga (11) yo‗naltiriladi, yuqori qismidan
esa benzin fraksiyasi va
gaz chiqib ketadi. Bug‗lar kondensatsiyalanadi,
aralashma esa sovutgich-
kondensatorda (6) sovutiladi. Undan keyin esa gaz-suyuqlik aralashmasi gaz-
ajratgichda (5) gazga va benzin fraksiyasiga ajratiladi.
Gaz fraksiyasi gaz
qurilmasiga (GFQ) to‗planadi, benzinning balans miqdori-barqarorlashtirishga
beriladi. Nasos (8) yordamida benzin sug‗orish uchun kolonnaning (11)
yuqoridagi likopchasiga beriladi. Kolonnada (12) bosim pasaytirish hisobiga
kreking-qoldiqdan gazoyl‘
fraksiyasi ajratiladi; kondensatsiyalanmagan bug‗lar
kolonnadan (12) sovutish-kondensatorga (13) yo‗naltiriladi, kondensat esa qabul
qilgichda (14) to‗planadi.
Maqsadli mahsulot kolonnadan (12) olinadi, korrelyatsiya indeksini 95-100
bo‗yicha termogazoyl‘ bunday holda 24 - 27 % (massa ulushi bo‗yicha) ni
tashkil qiladi.