Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/307
Sana04.01.2024
Hajmi15,32 Mb.
#130098
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

Jami 
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
5.9-rasmda sekin kokslash jarayonining to‗g‗ri haydash qoldig‗i va 
kreking-qoldiqning material balansi va kokslash xomashyosini (20°С da) 
chiqishini zichlikka bog‗liq ma‘lumotlari keltirilgan.
 


225 
5.9-rasm. To‗g‗ri haydalgan (a) va kreking qoldiqni (b) kokslanishini material 
balansi: 
1-gaz; 2-benzin (С
5
- 200
0
Сdagi fraksiyasi); 3-koks; 4- 200
0
Сdan yuqori qoldiq; 
yo‗qotilishning farqi (amaldagi, hamda yo‗qotilish, koksni bug‗lantirish uchun joy mavjud va 
koksli kamerani progresi). 
 
5.6. Kokslash jarayonining maqsadi, olinadigan mahsulotlar, 
jarayonning turlari 
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlardan hosil bo‗lgan qoldiq 
fraksiyalar va ba‘zi bir og‗ir fraksiyalarni kokslash jarayoniga berib, bu 
fraksiyalardan neft koksi va suyuq mahsulotlar olinadi. Chiqindi sifatida 
uglevodorodlardan iborat koks gazi olinadi. 
Mazutni yuqori haroratli kreking yoki visbkreking jarayonlarida qayta 
ishlaganimizda kam miqdorda yengil fraksiya (20-30% ) massalar hosil bo‗ladi 
va qolgan asosiy qismi bug‗ qozonlari yoqilg‗isi sifatida ishlatiladi. Kokslash 
jarayonida biz koks olish bilan bir vaqtda ko‗proq yengil fraksiyalar olamiz. 
Oltingugurtli neftdan olingan gudronni qaynash harorati 460
0
С dan yuqori 
bo‗lib, kokslash jarayonida qayta ishlaganda quyidagi mahsulotlar olinadi (%
mass.): 
Koks - 24 


226 
Benzin 205
0
С gacha - 16 
Kerosin-gazoyl‘ fraksiyasi - 26 
Og‗ir gazoyl‘ ( 350
0
С dan yuqori ) -23 
Qolgani gazsimon moddalar.
Olingan benzin fraksiyasi gidrotozalash jarayonida tozalanganda berilgan 
xomashyoga nisbatan 80% katalizat olinadi: 
16х0,8 = 12,8% mass. 
Kerosin gazoyl‘ fraksiyasini tozalanganda 95% katalizat qoladi: 
26х0,95=24,7% mass. 
Og‗ir gazoylni katalitik kreking jarayoniga berilganda undan 60% yengil 
fraksiyalar olinadi: 
23х0,60=13,8% mass. 
Demak gudronga nisbatan: 
12,8+24,7+13,8=51,3% mass. yengil fraksiyalar olinadi. 
Neftdan olingan koksni sifati ko‗mirdan olingan koksni sifatiga nisbatan 
yuqoridir. Shu sababli neftdan olinadigan koks alyuminiy sanoatida ishlatiladi. 1 
t. alyuminiy olish uchun 550-600 kg koks ishlatiladi. Bundan tashqari 
grafitlangan elektrod, kremniy va kal‘siy karbidlari va agressiv moddalarni 
saqlash uchun ishlatiladigan maxsus idishlarni olishda po‗latdan foydalaniladi. 
Sanoatda kokslashning quyidagi jarayonlari mavjud: 
1. Uzlukli jarayon; 
2. Yarim uzluksiz jarayon; 
3. Uzluksiz jarayon; 
Kublar yordamida olib boriladigan uzlukli jarayon 
Bu jarayon past samaradorli bo‗lib, kam miqdordagi xomashyolarni qayta 
ishlashda qo‗llaniladi - masalan piroliz smolasini qayta ishlashda. Kokslash 
kubi vertikal ravishdagi silindrsimon apparat bo‗lib diametri 2 - 4,5 m, 
balandligi 10 - 13 m.ni tashkil etadi. 
Xomashyo kubga joylashtiriladi va tagidan qizdiriladi. Harorat 300
0
С ga
borganda xomashyodan bug‗lar chiqa boshlaydi va sovutgich tizimiga 


227 
yuboriladi. 360 - 400
0
С larda bug‗larni ajralib chiqishi ko‗payadi va 450
0
С 
gacha davom etib keyin kamayadi. Bundan so‗ng kubdagi qoldiq yana 2-3 soat 
qizdiriladi, so‗ngra harorat pasaytiriladi. Buning uchun forsunka o‗chiriladi. 
Kubga suv bug‗i beriladi. Harorat 300
0
С gacha pasaygandan so‗ng sovuq havo 
beriladi. Hosil bo‗lgan koks maxsus lyuklar orqali tushiriladi (2-4 soat 
sarflanadi). 
Bu usulda olinadigan koksning tarkibidagi yengil uchuvchan moddalarni 
miqdori kamligidadir. Bu usul piroliz smolasidan maxsus kokslar (elektrod va 
konsturksion koks) olish uchun ishlatiladi. Xomashyo - piroliz smolasi, aromatik 
uglevodorodlarga boy moddalardir. Oxirgi vaqtda sifatli koksga talab oshib 
borayotganligi sababli, piroliz smolasi yarim uzluksiz usulda qayta 
ishlanmoqda. 
Koks olishning kimyoviy jarayonida xomashyodagi moy va smolalar asta-
sekin asfaltenlarga o‗tib keyinchalik karbomidlarga aylanadilar. Jarayonni oxirgi 
mahsuloti karboidlar va yuqori haroratga chidamli aromatik moddalarga boy 
moylardir. 
Uzluksiz usulda - olinadigan koksni miqdori nisbatan ko‗p bo‗ladi. 
Bitumdan 30% koks olinsa, yarim uzluksiz usulda shu bitumdan 21% koks 
olinadi. 
Uzlukli jarayon - nisbatan pastroq haroratda olib boriladi, ammo koksni 
qublardan qo‗l kuchi bilan tushirib olinadi. 
Isitilmaydigan kameralarda olib boriladigan yarim uzluksiz kokslash 
jarayoni. Bu usul sanoatda keng qo‗llaniladi. Koksni kameradan tushirib olish 
mexanizatsiyalashtirilgan. Koks donalari yirik bo‗ladi va odatda 25 mm va 
undan kattaroq bo‗ladi. Olinadigan koksning miqdori uzlukli usulda olingan 
koksni miqdoridan kamroq, uzluksiz usuldagidan ko‗proq. Texnologik sxemada 
xomashyoni og‗ir fraksiyasini serkulyatsiya qilish ko‗zda tutilgan. Sanoatda 
yiliga 300, 600 va 1500 ming tonna xomashyo qayta ishlaydigan qurilmalar bor. 

Download 15,32 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307




Download 15,32 Mb.
Pdf ko'rish